mavzu soat juftlik Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda maktab va ta’lim-tarbiya tizimi


Download 132.87 Kb.
bet4/10
Sana14.12.2022
Hajmi132.87 Kb.
#1007033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-ma\'ruza matni Ta\'lim asoslari

Bakalavriat. O‘qish muddati 4 yil. O‘quvchilar 140-150 kredit soat atrofida tahsil oladilar. Tibbiyot sohasida o‘qish 6 yil davom etadi va 180 kredit soat o‘qishadi. O‘qish tugagach, bakalavr darajasini olganligi haqidagi diplom beriladi. Tipik yirik koreys universitetlari tarkibida 10 tadan 20 tagacha fakultetlar bor. Fakultetlar amerikacha termin bilan “kollixlar”, ya’ni koreyscha “texak” deb ataladi. Koreyada o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor beriladi.Natijada Janubiy Koreya dunyoda o‘z maktab va ta’lim muassasalarini kompyuter va internet bilan to‘liq ta’minlagan ikkinchi davlatga aylandi.
Magistratura. O‘qish muddati 2-3 yil. O‘qish yakunida o‘quvchilar dissertasiya yoqlaydilar. Tibbiyot sohasidagi o‘quvchilar Tibbiyot maktabining barcha talablarini bajarib, milliy imtihon topshiradilar. O‘qish yakunida magistrlik darajasi beriladi.
Doktorantura. O‘qish muddati 3-4 yil. O‘qish yakunida doktorlik dissertasiyasi himoya qilinadi, og‘zaki yoki sohaga mos imtihon topshiriladi.


4.Kanadada talim-tarbiya tizimi.


Kanadaliklarning eng muhim yutuqlaridan biri - bu ularning ta’lim tizimidir. Ilg‘or universitet va kollejlardagi ta’lim sifati juda yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda Kanada ta’limi AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Kanadaning turli provinsiyalari o‘quv rejalarida o‘ziga xosliklar ko‘rinadi. Masalan, Kvebek, Ontario, Manitobda maktabgacha muassasada maktabga tayyorlash 2 yil, 4 yoshdan 6 yoshgacha, Albert va Britan Kolumbiyasida 1 yil. O‘quv yili sentyabrning birinchi haftasidan boshlanadi va iyunning oxirgi haftasida tugaydi. Kanada maktablarida ta’limning o‘rtacha davomiyligi 12 yilni tashkil qiladi.
6-7 yoshdan bolalar boshlang‘ich maktabga qatnay boshlaydi va unda 6 yil tahsil olishadi. Manitob va Ontario boshlang‘ich maktablarida o‘qish boshqa provinsiyalardan ko‘ra 2 yil ko‘p davom etadi. 12 yoshdan bolalar o‘rta maktabga o‘tishadi va 16-18 yoshgacha o‘qishadi. Kvebek provinsiyasida o‘rta ta’lim 11 sinf davom etadi, universitetda o‘qishni xohlaganlar esa yana 2 yil kollejga tayyorlov bo‘limida o‘qishadi.
10-12 sinflar High Shool -oliy maktabda olib boriladi. Bu yyerdagi "oliy maktab" tushunchasi oliy ta’limga tegishli emas, u Rossiyadagi o‘rta ta’limga o‘xshash. Oliy maktabda o‘qish o‘rta ta’lim kabi majburiy emas. Bu ta’lim turli uchta murakkablikdagi dastur asosida olib borilib, o‘quvchilarni mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga, kollejga yoki universitetda o‘qishni davom ettirishga tayyorlaydi.
Kollejlar asosan, 2 yoki 3 yillik dastur asosida, ba’zan bakalavriat dasturi bo‘yicha tahsil beradi. Ular asosan o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risida diplom yoki sertifikat beradi. Shu bilan birga, ayrim provinsiyalarda ijtimoiy kollejlar faoliyat ko‘rsatib, ular bitiruvchilarga diplom bermaydi. Balki, maktab va universitet o‘rtasida o‘tish bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 132.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling