mavzu soliq solishning soddalashtirilgan tartibi reja
Yagona soliq to’lovi ob'yekti
Download 28.42 Kb.
|
16-мавзу mavzu soliq solishning soddalashtirilgan tartibi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushgan tushum deganda
Yagona soliq to’lovi ob'yekti (soliq solinadigan aylanma) bo‘lib yalpi tushum hisoblanadi.
Quyidagilar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi: tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qo’shilgan qiymat solig’ini, aktsiz solig’ini va benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni chegirgan holda (ushbu soliqlarni to’laydigan soliq to’lovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushgan tushum deganda: qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot korxonalari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum summasi deganda o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblangan yalpi tushum; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun - tovar oboroti; mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi; vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatadigan yuridik shaxslar uchun - ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul mukofoti summasi; lotereya o’yinlarini tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun - o’yin chiptalarini ularda ko’rsatilgan narx bo’yicha tarqatishdan tushgan tushum tushuniladi; tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tannarxidan yoki olish bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qiluvchi, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun - agar boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Bunda baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi. O’zi ishlab chiqargan tovarlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan narxlar bo’yicha, shu jumladan tannarxidan past narxlar bo’yicha eksport qilish masalalarini ko’rib chiquvchi maxsus vakolatli organning qarorlari asosida ushbu tovarlarning tannarxidan past narxlar bo’yicha xorijiy valyutaga eksport qilinganda, soliq solish maqsadida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarni realizatsiya qilishning haqiqiy bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu norma ekologiya, sog’lomlashtirish hamda xayriya jamg’armalariga, madaniyat, sog’liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi; Download 28.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling