asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Ushbu daromad turlariga:
-
asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;
-
mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
-
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
-
tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;
-
inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;
-
hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi daromadlar;
-
majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar.
-
talablardan o'zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo’yicha olingan daromadlar;
-
ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o’rnini qoplash tarzidagi daromadlar;
-
xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;
-
birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
-
undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va penya, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida qarzdor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar va penya;
-
kursdagi ijobiy farq;
-
dividendlar va foizlar;
-
royalti;
-
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.
Quyidagilarga soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydi:
-
ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag‘lar;
-
muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablag‘lar (mol- mulk yoki mulkiy huquqlar);
-
shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
-
realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to‘lash (bo‘nak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
-
mulk huquqi ularga o‘tgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
-
budjetdan berilgan subsidiyalar;
-
agar mablag‘larni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
-
olingan grantlar va insonparvarlik yordami.
Soliq kodeksining 356-moddasiga ko’ra soliq solinadigan bazani aniqlash uchun yalpi tushum summasidan quyidagilar chegirib tashlanadi:
-
davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar;
-
to’lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;
-
dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan bo’lsa, o’sha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda i lgari soliq solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga to‘lov manbaida umumiy asoslarda soliq solinadi;
-
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;
-
ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
-
mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan boshqa daromadlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |