Mavzu: Sonli tengsizliklar va ularning asosiy xossalari. Darsning maqsadi


Download 26.55 Kb.
bet3/9
Sana16.11.2021
Hajmi26.55 Kb.
#175091
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari)

Darsning usuli: savol-javob, misol va masalalar yechish.

  • Darsning jihozi: DTS ko‘rgazmalari, tarqatma materiallar, kichik testlar.


    DARSNING BORISHI:


    1. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, tozalikni tekshirish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga ruhiy jihatda tayyorliklarini aniqlash.




    1. O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:

    Savol: ikki noma’lumli birinchi darajali tenglamaning grafigi deb nimaga aytiladi?

    Javob: ikki noma’lumli birinchi darajali tenglamaning grafigi deb, bu tenglamaga x va y koordinatalarini qo‘yganda uni to‘g‘ri tenglikka aylantiruvchi nuqtalar to‘plamiga aytiladi.

    Savol: tenglamalar sistemasini yechishning grafik usuli qanday bo‘ladi?



    Javob: tenglamalar sistemasini yechishning grafik usulida dastlab, sistema har tenglamasining grafigi yasaladi, so‘ngra yasalgan to‘g‘ri chiziqlar grafiklarining kesishish nuqtasining koordinatalari (agar ular kesishsa) topiladi. Grafiklar kesishish nuqtalarining koordinalari shu tenglamaning yechimi bo‘ladi.

    Savol: tenglamalar sistemasining nechta yechimga ega ekanligi nimaga bog‘liq?



    Javob: tenglamalar sistemasining nechta yechimga ega ekanligini grafiklar yordamida osongina aniqlash munkin. Buning uchun tenglamalar sistemasi grafiklarining o‘zaro joylashuvining quyidagi 3 ta holatini bilish lozim:

    - agar tenglamalar sistemasining grafiklari kesishsa, ya’ni bitta umumiy nuqtaga ega bo‘lishsa,u holda tenglamalar sistemasi bitta (yagona) yechimga ega;

    - agar tenglamalar sistemasining grafiklari o‘zaro parallel bo‘lishsa, ya’ni ular umumiy nuqtaga ega bo‘lishmasa, u holda tenglamalar sistemasi yechimlarga ega bo‘lmaydi;

    - agar tenglamalar sistemasining grafiklari ustma –ust tushsa, u holda tenglamalar sistemasi cheksiz ko‘p yechimga ega bo‘ladi.

    Savol: masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?



    Javob: masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish uchun dastlab, noma’lumlar uchun belgilashlar kiritiladi, keyin masala mazmuniga mos tenglamalar sistemasi tuziladi, so‘ngra tenglamalar sistemasi yechiladi. Masala shartiga qaytib javob yoziladi. Ba’zan, sistema yechib bo‘lingandan keyin yana ayrim mulohazalar va hisoblashlar olib borishga to‘g‘ri keladi.



    1. Download 26.55 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling