Ular anchagina: arava, aroba, shoki, shoyi, gadoy, gadoi, boaql, baaql kabi. - Ular anchagina: arava, aroba, shoki, shoyi, gadoy, gadoi, boaql, baaql kabi.
- Birlashtiruvchi ma’nosi bilan o`zaro bog`lanuvchi so`zlar gruppasi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki va undan ortiq so`zlardan tashkil topadi: osmon, ko`k, samo, falak (to`rtta so`z), qiziq, g`alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib (yettita so`z).
- Sinonimik qatorni tuzilishda ma’lum chegaraga va aniqlikka ega bo`lgan, stilistik jihatdan "betaraf" so`z dominanta deb yuritiladi: yurak, ko`ngil, qalb, dil qatorida dominanta yurak.
- Sinonimik munosabat, odatda, bir so`z turkumi doirasida bo`ladi; ulug`, buyuk, katta, (sifat), odam, inson, bashar (ot).
- Sinonimik qator barcha mustaqil va yordamchi so`zlar, shuningdek, modal so`zlar doirasida uchrashi mumkin.
- Bu o`rinda so`zlardagi leksik semantik guruh va sinonimik qator tushunchalari o`zaro yaqinligi, ammo ular bir-biridan farq qilinishini aytish lozim. Leksik semantik guruh tushunchasi "si.nonimik qatoridan ancha keng. U o`z ichiga "sinonimik qator" tushunchasini to`la qamrab oladi: ninni - chaqaloq - go`dak - bola - yigit - qiz –erkak - ayol kabilar bir leksik semantik guruhni tashkil etadi. Lekin sinonimik qator emas. LSG ichida sinonimik qator bo`lishi mumkin: ninni-chaqaloq-go`dak.
Sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashilsa, sinonimiya hodisasi tez anglashiladi. - Sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashilsa, sinonimiya hodisasi tez anglashiladi.
- Bunda leksik oppozitsiyalar (qarama-qarshi belgilar) asosiy rol o`ynadi. Jumladan, xushbo`y, hidli, muattar sinonimik qatori "ijobiy belgi" semasi bilan bir xil, ammo "kitobiy"lik semasi bilan hidli va muattar so`zlari qarama-qarshi (oplozitiv)dir. Ana shunday ma’lum bir juz’iy semalar bilan farqlanuvchi so`zlar s.inonimlikni ta’minlaydi. Shuning uchun ham sinonimik qatorni tashkil etuvchi so`zlar qaysidir jihatlari bilan bir-birlaridan farqlanganligi uchun tilda alohida leksik birlik sifatida yashaydi.
- Sinonimik qatordagi so`zlar quyidagi hodisalar nuqtai nazaridan o`zaro farqlanadilar:
- 1) emotsional-ekspressiv bo`yoq nuqtai nazaridan: neytral yoki emotsional-ekspressiv bo`yokdor so`zlar bo`ladi: yuz-neytral, bashara-bo`yoqli. 2) qo`llanish uslubiga ko`ra: inson, bashar sinonimik qatoridagi bashar-poetik uslubga xos.
- 3) adabiy tilga munosabatiga ko`ra: adabiy yoki dialektal: qidirmoq-adabiy, istamoq-dialektal.
Do'stlaringiz bilan baham: |