- FE’L: -ay -aylik -ay-aylik
- Yoz-gin-ingiz Yoz-sin –ingiz
- -sin-sin (lar) -sin- sin (lar)
- Omonim so`z bir necha so`z turkumiga ham tegishli bo`lishi mumkin:
- Ter -im, -imiz Ter -dim, -k
- -ing, -ingiz -ding,- dingiz
- -i, -lari -di, -di (lar)
- Bu tip so`zlar faqat o`zak holatida omonimlikni tashkil etadi O`zlarining boshqa shakllariga ko`ra omonimiya bo`lmay qoladi. Chog`ishtiring: yozni-yozsin; yozga-yozdi so`zlari o`zaro omonim emas.
Omofoniya - grekcha bir xil tovush demakdir. Aytilishi bir xil bo`lib, ma’nosi va yozilishi har xil bo`lgan so`zlarga omofonlar deyiladi. - Omofoniya - grekcha bir xil tovush demakdir. Aytilishi bir xil bo`lib, ma’nosi va yozilishi har xil bo`lgan so`zlarga omofonlar deyiladi.
- Omofonlar bir xil so`z turkumiga ham, har xil so`z turkumiga ham oid bo`lishi mumkim. Masalan: to`n (kiyim), ton (ovoz);
- yot (begona), yod (xotira);
- urush (война), urush (harakat nomi);
- yetti (7), yetdi (bordi);
- Tursun (ism), tursin (fe’l).
- Omofondagi o`zaro farq ular tarkibidagi bir fonemada bo`ladi. Lekin bu fonemalar biror fonetik xususiyati jihatidan bir-biriga yaqin turadi: tub-tup, yod-yot, sudxo`r-sutxo`r, bob-bop, sud-sut kabi.
Omografiya - grekcha bir xil yozaman, bir xil yozuv demakdir. Yozilishi bir xil bo`lib, ma’nosi va talaffuzi har xil bo`lgan so`zlar omograflar deyiladi. Masalan: tol (daraxt), tol (qurilish ashyosi), tok-(uzum), tok (elektr toki), tom (uy), tom (kitob, asarlar majmuasi), - Omografiya - grekcha bir xil yozaman, bir xil yozuv demakdir. Yozilishi bir xil bo`lib, ma’nosi va talaffuzi har xil bo`lgan so`zlar omograflar deyiladi. Masalan: tol (daraxt), tol (qurilish ashyosi), tok-(uzum), tok (elektr toki), tom (uy), tom (kitob, asarlar majmuasi),
- Omograflar yoki omogrammalar aynan bir so`zda urg`uning turlicha holatlarda turli bo`g`inlarga tushishi bilan vujudga keladi. Omograflar shu xususiyati bilan omonimiyadan farq qiladi. Masalan: olma (ot), olma (fe’l), tugma (predmet), tugma (harakat), boshlar (predmet), boshlar (harakat). Omograflar faqat ikki so`zdan iborat bo`ladi;
- Bog`da gullar ochilgan,
- Hidi har yon sochilgan. (Qo`shiq)
- Har yurakning o`z bahori bor,
- Har bir qalbda ishq bo`lar mehmon
- Har yurakda gullar muhabbat,
- Bo`ston etar uni begumon. (H.Olimjon)
Do'stlaringiz bilan baham: |