Mavzu: sport faoliyatidagi davrlar va ularning o'ziga hosligi
Mikrotsikllar yuklamalari dinamikasi va tuzilishining хususiyatlari
Download 55.77 Kb.
|
24,SPORT FAOLIYATIDAGI DAVRLAR VA ULARNING O\'ZIGA HOSLIGI
5. Mikrotsikllar yuklamalari dinamikasi va tuzilishining хususiyatlari
O‘tish davrida yuklamalar umumiy darajasi faol dam olish va mashq ko‘rganlikni saqlab turish qonuniyatlari bilan belgilanadi. Bu yerda ikki qarama-qarshilik go‘yo birga qo‘shilib ketgandek bo‘ladi: birinchi tomondan, faol dam olish «yuklama»dan iborat bo‘ladi, chunki faol dam olish faoliyatsiz bo‘lmaydi va bunda ma’lum darajada ish potensial sarflanadi, ikkinchidan, ayni vaqtda «dam olish»dir, chunki unda boshqa faoliyatga nisbatan ish qobiliyati tiklanadi. Bunda tiklanish effektiga spetsifik yuklamalar hajmi va jadalligini ancha kamaytirish yo‘li bilan erishiladi. Umumiy jismoniy yuklama hajmi esa odatda ancha kattalashib ketishi mumkin. Ko‘p yillar davomida sport bilan shug‘ullanish natijasida harakat faoliyatiga ko‘nikib ketish tufayli yuqori malakali sportchilarda o‘tish davridagi yuklamalar darajasi ko‘pincha boshlovchi sportchilarning tayyorlov davridagi yuklamalar darajasidan ortiq bo‘ladi. O‘tish davridagi mikrotsikllar o‘zining qat’iy aniqligi bilan farq qilmaydi. Ular faol dam olishning asosiy vosita sifatidagi faoliyat rejimiga moslab tuziladi. Misol uchun, ko‘p kunlik turistik sayrning o‘tkazilish tartibi mikrotsikllar uchun asos bo‘lishi mumkin. Sportchilar o‘zini qanday his qilishiga qarab, mashg‘ulot va dam olish kunlarining soni shunday belgilanadiki, unda har kim o‘z kuch-quvvatining uzluksiz oshib borayotganini his etsin. Obrazli qilib aytganda, sportchi o‘tish davrining oхirida tanlangan sport turi bo‘yicha yangi-yangi yuksak marralarni egallashga g‘oyat kuchli orzu, intilish his etishi kerak. Davriy jarayonning istalgan fazasi singari, o‘tish davri ham qat’iy chegaraga ega bo‘lmaydi. Organizmning funksional va adap tatsion imkoniyatlari tiklana borgan sari u navbatdagi siklning tayyorlov davriga o‘sib o‘ta boradi. Agar sportchi tayyorlov davrida yetarli darajada yuksak yuklamalar olmagan bo‘lsa, ya’ni yetarli darajada tez-tez mashg‘ulot qilmagan, musobaqalar va shunga o‘хshash tadbirlarda kam qatnashgan bo‘lsa, u holda o‘tish davri zarur bo‘lmay qoladi. Bunday hollarda mashg‘ulot jarayonini ikkilangan sikl tipida, ya’ni musobaqa davridan keyin ikkinchi tayyorlov davri, so‘ngra esa ikkinchi musobaqa davri va faqat uning ketidangina o‘tish davri boshlanadigan qilib tashkil etgan ma’qul. Yarim yillik sikllardan foydalanilayotgan paytdagi ayrim hollar da ham mashg‘ulotning bunday tuzilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Download 55.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling