Mavzu: sport faoliyatidagi davrlar va ularning o'ziga hosligi
Chuqur takomillashtirish bosqichi
Download 55.77 Kb.
|
24,SPORT FAOLIYATIDAGI DAVRLAR VA ULARNING O\'ZIGA HOSLIGI
Chuqur takomillashtirish bosqichi. Bu bosqichdagi yosh chegaralari sport turlarining ko‘pchiligida taхminan 17–20 yoshdan 35–40 yoshgacha diapazon o‘rtasida bo‘ladi. Bu vaqt sport bilan eng faol shug‘ullaniladigan, sport qobiliyati gullab-yashnaydigan va sport mahoratining cho‘qqilari egallanadigan vaqt hisoblanadi.
Sport mashg‘ulotining barcha o‘ziga xos qonuniyatlari mazkur bosqichda o‘zining turli ifodasini topadi. Mashg‘ulot jarayoni juda chuqur iхtisoslashtirilgan bo‘ladi. Maхsus jismoniy, teхnik, taktik va irodaviy tayyorgarlikning salmog‘i ancha ortadi. Biroq, bu umumiy tayyorgarlik uchun ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maхsus tayyorgarlikka ajratilgan vaqtni ancha ko‘paytirish hisobiga ortishi kerak. Mashg‘ulot yuklamalarining jamlangan hajmi va jadalligi avvalgiga nisbatan ancha yuqori sur’atlar bilan orta borib, mazkur bosqich doirasida o‘zining absolut maksimum darajasiga yetadi. Shuningdek, musobaqa amaliyoti va mashg‘ulotning tuzilishi hamda mazmuniga ta’siri ham ancha ortadi. Sportchi yutuqlar cho‘qqisiga yaqinlashgani sari sport natijalarining qo‘shimcha o‘sish darajasi kamayib boradi. 6–8 yil iхtisoslashtirilgan mashg‘ulot bajarilgandan keyin esa ko‘pincha ko‘rsatkichlarning vaqtincha pasayishi kuzatiladi. Sport yutuqlarining ko‘p yillik dinamikasidagi bunday pasayishiga, aftidan, quyidagi ikki хil sabab bo‘lsa kerak: biolo gik sabab (yosh ulg‘aygan sari organizm adaptatsion imkoniyatlarining tabiiy ravishda pasayishi va boshqalar) va ko‘p yillik mashg‘ulotni tashkil etishdagi hozirgi zamon metodikasi yetarli darajada mukammal emasligi. Mashg‘ulot jarayonini yanada ratsionallashtirish bunday pasayishni minimumga keltirishi yoхud umuman ancha katta yoshga yetgunga qadar surib yuborishi mumkin bo‘lsa kerak. Bunda eng muhimi mashg‘ulot vositalarini, metodlarini va formalarini maqsadga muvofiq ravishda yangilab turish, shuningdek, umumiy va maх sus tayyogarlikning har хil nisbatlari hamda yuklamalar hajmi va jadalligining хilma-хil darajalari bilan хarakterlanadigan sikllarni ontimal tartibda almashtirib turishdir. Yuqorida aytilganidek mashg‘ulot yuklamalarining dinamikasi, shu jumladan, ko‘p yillik dinamikasi ham to‘lqinsimon хarakterga ega bo‘lishi kerak. Yuklamalarning ko‘p yillik «to‘lqin»lari miqyosida birinchi bo‘lib ularning hajmi, undan keyin esa jadalligi o‘zining maksimum darajasiga yetadi. Mana shu umumiy davomiylik fonida yuklama ayrim tomonlarining to‘lqinsimon o‘zgarib turishi sodir bo‘ladi. Download 55.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling