Mavzu: sportning tashqi savdosini moliyalashtirish reja


Sport magazinlarining savdo personali


Download 265.53 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi265.53 Kb.
#1534559
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-10-11-Maruza

9.4. Sport magazinlarining savdo personali:
bazaviy va maxsus talablar
Sport magazinlarining savdo xodimlari asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Biznesning samaradorligi, uning rentabelligi va istiqbollari xodimlarning o‘z vazifalarini qanchalik yaxshi bajarishiga bog‘liq.
Savdo ishi amaliyotida magazinni joylashtirish joyini tanlash bo‘yicha barcha harakatlar, merchendayzing xarajatlari, reklama va marketing tadbirlari savdo xodimlarining bilib-bilmay qilgan xatolari, kadrlar menejmenti malakasizligi tufayli samarasiz bo‘lib chiqqan holatlar ko‘p.
Sport biznesi tashkilotchilari ko‘pincha savdo xodimlarini ishga yollashda boshlang‘ich talablar bilan cheklanib, u yoki bu sabablarga ko‘ra (bilmaslik, tejab qolish va h.k.) maxsus malakaviy xislatlarga ‘tibor qaratmaydi.
Yollanma xodimlarga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar odatda universal xarakterga ega bo‘ladi. Eng ideal variantda ish beruvchi mehnat bozorida quyidagi mezonlarga javob beradigan xodimni qo‘lga kiritishni istagan bo‘lardi:
a) intizomli, halol va odobli;
b) fizicheski i moralno zdorov;
v) chuqur bilimga ega va professional jihatdan yetuk;
g) ijodiy va o‘qishga intiladigan.
Shu bilan bir paytda, ish beruvchi xodimlarning quyidagi kabi salbiy xislatlarini minimallashtirishga intiladi:
-yolg‘onchlik va qo‘pollik;
-bilimsizlik;
-zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaslik, mas’uliyatsizlik;
-spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish;
-o‘g‘irlik va ahloqsizlik.
Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar savdo kompaniyasining kundalik ishida juda muhim rol o‘ynaydi. Lekin sport magazinlarining savdo xodimlarini haqiqiy professionallarga aylantiradigan boshqa muhim xususiyatlar ham bor. Aynan shu jihat sotuvchilar, maslahatchilar, savdo zali menejerlari va boshqa mutaxassislar jamoasi haqida chakana savdogarning yuqori raqobatbardoshligini ta’minlash omili, boshqa chakana korxonalar bilan solishtirganda, uning afzalliklari sifatida gapirish imkonini beradi.
Sport magazinining savdo xodimlariga qo‘yiladigan maxsus talabla quyidagilardan iborat.
Tashqi ko‘rinishi. Savdo psixologiyasida xaridga xizmat qiladigan yoki to‘sqinlik qiladigan omillarni tushunish asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Xarid haqida (yoki uni rad qilish haqida) yakuniy qaror iste’molchida tashqi omillar va tasavvurlar ta’siri ostida shakllanishini hisobga olib, ijobiy omillar shakllanishini ta’minlash zarur.
Sport tovarlari magaziniga kirib kelgan potensial xaridor birinchi navbatda, savdo xodimlariga – menejerlar, sotuvchilar, maslahatchilarga e’tibor qaratadi. Agar bu sportchilarga xos qaddi-qomatli, gavdani tik tutib yuradigan odamlar bo‘lsa, bo‘lg‘usi xaridor g‘ayriixtiyoriy ravishda o‘zi uchun quyidagi fikrlar zanjirini quradi: «Men ham shunday atletik qomatli (shu sotuvchi kabi) bo‘lishni xohlayman - buning uchun menga sport kiyimlari va anjomlar kerak bo‘ladi – hamma kerakli mahsulotlarni shu magazinda sotib olaman».
Agar sport tovarlari magazinining savdo xodimlari tashqi ko‘rinishi bilan yuqorida aytib o‘tilgan xayoli tasavvurlar yaratishga hech qanday hissa qo‘shmasa, xarid harakati qiyinlashadi.
Professional bilim va ko‘nikmalar. Sport tovarlari magazinining yuqori professional savdo xodimlariga xos bo‘lgan muhim jihatlar sport texnologiyalari sohasida umumiy va maxsus bilimlarga ega bo‘lish, magazin assortimentida taqdim etilgan tovarlar guruhini, ularning afzalliklari va kamchiliklarini bilish hisoblanadi. Bundan tashqari, sotuvchilarga yoshga doir psixologiya, fiziologiya, anatomiya, sport tibbiyoti sohasidan ham bilimlar zarur. Sport va olimpiada harakati tarixidan bilimlar, eng mashhur va taniqli sportchilarni (jumladan, mahalliy sportchilarni) bilish ham ortiqcha bo‘lmaydi.
Alohida mahsulotlarning afzalliklari va kamchiliklarini mijoz bilan muhokama qilish jarayonida sotuvchidan sport oziqasi, ruxsat etilgan yuklama, massaj usullari va jismoniy terapiya bo‘yicha malakali maslahatlar talab qilinadi. Bunday holda, amaldagi yoki sobiq sportchi bo‘lgan sotuvchining amaliy tajribasi juda foydali. Bunday mutaxassisning maslahati katta ishonch bilan qabul qilinadi.
Professional savdo maslahatchilari yordamida murakkab uskunalar - masalan, zamonaviy yugurish yo‘lakchalari, mashq qilish mashinalari va qurilmalari savdosi sezilarli darajada yaxshilandi. Uskunaning xususiyatlarini, uning texnik va ekspluatatsion sifatlarini, mos tushuntirishlar bilan qurilmalar va trenajyorlarning ishlashini namoyish etish qobiliyatini yaxshi bilish yuqori darajali professional sotuvchi uchun zarur shartdir.
Chiqishimlilik va chet tillarni bilish. Savdo san’atida sotuvchining chiqishimliligi, uning iste’molchi bilan muloqotga kirishishi, suhbatni qo‘llab-quvvatlashi, maslahat berishi, iltimos qilishi, ishonch uyg‘otishi muhim o‘rin tutadi. Muloqot jarayonida shakllanadigan sotuvchilarni ijobiy qabul qilish iste’molchiga xarid qarorini qabul qilishga yordam beradi.
Agar xaridorlar kontingentida ko‘pincha chet elliklar uchraydigan bo‘lsa, sotuvchi chet tilini bilmasdan samarali muloqot qil olmaydi. Xaridorning ona tilida (yoki xalqaro muloqot tilida) gapirish uning ehtiyojlarini va mahsulotga bo‘lgan talablarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, sport do‘konining savdo xodimlarida chet tillarda gapiradigan mutaxassislarning mavjudligi savdo kompaniyasining mijozlar va raqobatchilar ko‘z o‘ngida obro‘yini ko‘taradi.
Sport tovarlari magazinining mashhurligini oshirish va reklama nuqtai nazaridan professional sport olamining taniqli vakillarini vaqti-vaqti bilan savdo jarayoniga jalb qilish kabi vosita juda samarali hisoblanadi. Odatda, bunday tadbir ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, jamoatchilik va keng iste’molchilar e’tiborini tortadi. Avtograflar tarqatish, mijozlar bilan muloqot, mashhur shaxslar tomonidan shaxsiy reklama, qoidaga ko‘ra, chakana savdo aylanmasini ko‘paytirib, magazinning savdo markasini taniqliroq va nufuzliroq qiladi.
Download 265.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling