Mavzu: sportning tashqi savdosini moliyalashtirish reja
Savdo biznesi raqobatbardoshligi. Savdo korxonasini joylashtiradigan joyni tanlash
Download 265.53 Kb.
|
9-10-11-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1-Rasm. Savdo biznesining raqobatbardoshlik omillari
9.2.Savdo biznesi raqobatbardoshligi. Savdo korxonasini joylashtiradigan joyni tanlash
Hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyoti undagi tovarlar yoki xizmatlarni sotishdan ko‘ra ba’zan ishlab chiqarish osonroq bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Keng tanlovga ega bo‘lgan holda xaridor juda sinchkov va talabchan bo‘ladi. Har qanday mayda-chuydalar, mahsulot yoki uning atrof-muhitni salbiy idrok etish potensial iste’molchini raqobatchi kompaniyalar xizmatlarini sotib olishdan tiyilishga majbur qiladi. Ishlab chiqarilgan tovarni muvaffaqiyatli sotish faqat shu holatdagina o‘ringa ega bo‘lishi mumkinki, agar u raqobatbardosh bo‘lsa, ya’ni qandaydir xislatlar bo‘yicha raqobatchilarning aynan shunday mahsulotlaridan ustun bo‘lishi kerak. Bir mahsulotning boshqa mahsulotdan ustunlik ko‘rsatkichlari raqobat ustunliklari deb ataladi, bu qatorga savdo markasining narxi, sifati, o‘rovi, dizayni, nufuzi, imidji va boshqalar kiradi (q. 9.1-rasm). Savdo faoliyati uchun biznesning raqobatbardoshlik omillari tizimida yetakchi o‘rinlardan biri magazinning joylashuvi hisoblanadi. Магазиннинг савдо маркаси Ассортименти Изоҳ Ҳар бир омилнинг аҳамияти турли вариантларда бўлиб, ўртача 5%дан 50%гача бўлиши мумкин Реклама Нуфузи Мерчендайзинг Сифат Жойлашуви Нарх 9.1-Rasm. Savdo biznesining raqobatbardoshlik omillari Sport tovarlari do‘konini ochishda savdo biznesining tashkilotchisi ularni hisobga olmasdan turib biznesni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoni bo‘lmaydigan bir qator muhim jihatlarni hisobga olishi kerak. Ularning asosiylarini aytib o‘tamiz. Yetarli darajada mijozlar oqimi mavjudligi. Ko‘rinib turibdiki, savdo korxonasida ma’lum aylanmani saqlab qolish uchun ma’lum miqdordagi potensial va real xaridorlar zarur. Savdo biznesi joylashgan barcha joylar ham bunday hajmni ta’minlamaydi. Savdoda xaridorlarsiz foyda bo‘lmasligini eslatish shart bo‘lmasa kerak. Shuning uchun biznesni joylashtirishda sotuvchi kompaniya asosiy e’tiborni mijozlar oqimining, ya’ni chakana xaridorlar oqimining mavjudligiga qaratadi. Yakka holdagi magazinlar uchun joylar odatda shaharlarning markaziy qismlarida, odamlar gavjum bo‘ladigan ko‘chalarda, transport infratuzilmasi rivojlangan va savdo korxonasining ko‘rinishi va kirish yo‘llari qulay bo‘lgan joylarda tanlanadi. Sport tovarlarini sotish ko‘pincha savdo markazlari, fitnes-klublar, sport majmualari tarkibida ijaraga olingan maydonlarda tashkil etiladi. Bunday hollarda, mijozlar oqimi tufayli bir necha boshqa omillar - muayyan savdo markazi yoki fitnes klubi mashhurligi, muassasa ommaviyligi yoki elita tabiati va hokazolar bilan ta’minlanadi. Biznes tashkilotchilarining shaharlarning yetarli mijozlar oqimi bo‘lgan markaziy qismlarida do‘konlarni ochish istagi salbiy tomoniga ham yega - bu yerda savdo maydonlarini ijaraga olish narxi va soliqlar shahar chetlariga qaraganda ancha yuqori. Bu holat esa aholi punktlarining markaziy qismlarida joylashgan sport tovarlari do‘konlarida savdo ustamalari va narxlar yuqori bo‘lishini anglatadi. Oqibatda quyidagilardan birini tanlash talab etiladi: arzon narxlar va to‘lovga layoqatli mijozlar oqimidan uzoqlik yoki yuqori narxlar va yetarli mijozlar oqimi. Sport do‘koni uchun joyni to‘g‘ri tanlash faqat hududning xarid layokatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin. Xaridorlarning to‘lov lyoqati. Potensial xaridor faqat ushu savdo korxonasida xaridlarni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holatdagina real xaridorga aylanishi mumkin. To‘lovga layokatsiz mijoz savdo uchun qiziqish uyg‘otmaydi. Shunday qilib, sport tovarlari savdosi bilan shug‘ullanuvchilar va savdo biznesi tashkilotchilari uchun faoliyat yuritiladigan joyni tanlashda xaridorlar tomonidan to‘lovga layoqatli talab mavjudligi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Mos ravishda, mijozlarning to‘lov layoqatiga muayyan sport do‘koni faoliyat ko‘rsatadigan narx segmenti bog‘liqdir - taniqli brendlarning elita mahsulotlari (Puma, Adidas, Mizuno, Nike va boshqalar) uchun talab ancha noelastik (ya’ni narxning oshishiga nisbatan sezilarsiz), ommaviy segmentdagi unchalik mashhur bo‘lmagan brendlar uchun - talab elastikligi yuqoriroq. Do‘konlar hajmi, ularning nufuzi. Sport tovarlari savdosida savdo korxonasining ko‘lami, xaridorlar doiralaridagi obro‘yi va ommaviyligi muhim ahamiyatga yega. Sport mahsulotlarini tanlash imkoniyati katta bo‘lgan yirik savdo markazi shaharning turli burchaklaridan va hatto qo‘shni aholi punktlaridan mijozlarni «jalb qilish» imkoniyatiga ega. Bunday savdo korxonasining jalb qilish kuchi shunday bo‘lishi mumkinki, uni shahardan olib chiqib ketish ham mijozlar oqimini kamaytirmaydi. Shu bilan birga, chakana maydonning arzonligi tufayli sport tovarlari narxi raqobatchi do‘konlardan ancha past bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa, xaridorlarga barcha sotilayotgan tovarlarning yuqori sifatda bo‘lishini kafolatlovchi Private label (xususiy savdo markasi) foydalaniladigan savdo markazlari uchun xosdir. Bu holatda Private label sotuvga qo‘yilgan tovarlarning barcha iste’mol xususiyatlari diqqat bilan tekshirilganining o‘ziga xos ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Sifatni sinash va qo‘shimcha kafolatlar berish mijozlarni jalb qilishda yana bir omil hisoblanadi. Imidj, qo‘shimcha kafolatlar va xizmatlarni taqdim etuvchi mahsulotlarning keng tanlovi uchun iste’molchi muayyan masofalarni bosib o‘tishga va bunday do‘konda xarid qilish uchun transport xarajatlarini to‘lashga tayyor bo‘ladi. Raqobatlashuvchi savdo korxonalarining mavjudligi. Sport tovarlari bilan muvaffaqiyatli savdo qilish ko‘p jihatdan savdo korxonasiga bevosita yaqinlikdda raqobatchi chakana sotuvchilarning mavjudligiga bog‘liq. O‘xshash turdagi mahsulotlarni sotadigan bir necha do‘konning bir joyida jamlanishi xaridor uchun kurashni yanada kuchaytiradi. Bunday kurash natijasi narxlar va mos ravishda, foydaning pasayishi, insofsiz raqobatning kuchayishi, ayrim chakana savdogarlarning bankrot bo‘lishi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun savdo korxonalarining kelajakdagi joylarini tanlashda mavjud yoki potensial raqobatchilarning borligi albatta hisobga olinadi. Sport tovarlari savdosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillar qatoriga muayyan joydagi jismoniy faoliyat va sportning ommaviyligi, sport modasining ta’siri, ushbu shahar yoki mamlakatdagi keng miqyosli sport tadbirlari o‘tkazilishi, aholi turmush tarzining o‘zgarishi ham kiritiladi. Sport tovarlari bilan muvaffaqiyatli savdo qilish omillari orasida aholi farovonligining o‘sishini alohida ta’kidlash zarur. Jismoniy faoliyat va sport tovarlariga bo‘lgan ehtiyoj aholi farovonligi (ya’ni daromad bo‘yicha elastik) o‘sishida sezilarli darajada oshishini hisobga olsak, daromadlarning tegishli o‘sishi kuzatilgan hududlarda sport mahsulotlari savdosi jadal o‘sib boradi. Bunda daromad hamda sport tovarlar va xizmatlarga talab o‘sishi bog‘liqligi chiziqli emas - talab tezroq sur’atlar bilan ortib boradi. Bu tendensiya munosabati bilan, rivojlanayotgan bozorlarda - Rossiyada, MDH mamlakatlarida, Sharqiy Yevropada, Xitoy, Hindiston va ba’zi boshqa mamlakatlarda sport mahsulotlari savdo uchun yaxshi istiqbollari bor. Rivojlangan mamlakatlarga kelsak, u yerda sport tovarlari bozorlari yanada mo‘tadil sur’atlarda rivojlanmoqda va sport mahsulotlari savdosi nisbatan kamroq foyda keltiradi. Download 265.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling