Mavzu: Statika. Statika aksiomalari. Erkli va erksiz jismlar. Bog'lanish reaksiyalari Oars
Mavzu: Asosiy tushuncha va ta’riflar
Download 0.92 Mb.
|
Tex mexanika maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu Mashina detallari. Dars
- (HM); Ml
- Mavzu: Uzatmalar.
Mavzu: Asosiy tushuncha va ta’riflar
Dars rejasi: Asosiy tushunchalar Qiyshiq egilish Odatda, oddiy deformatsiyalar sodir bo‘lishi uchun tekshirilayotgan elementlarning istalgan ko‘ndalang kesim yuzalarida ichki zo‘riqishlardan faqatgina bittasi ta’sir ko‘rsatishi kerak. Masalan, agar sterjenlarning istalgan ko‘ndalang kesim yuzalari faqat bo‘ylama kuchlar ta’sirida bo‘lsa, u holda markaziy cho‘zilish yoki siqilish deformatsiyasi paydo bo‘ladi. Bordi-yu, sterjenning barcha ko‘ndalang kesim yuza tekisliklariga mazkur tekisliklarda yotuvchi juft kuchlar ta’sir ko‘rsatsa, buralish deformatsiyasi yuzaga keladi. Shuni ta’kidlash zarurki, garchi ko‘ndalang egilishga qarshilik ko‘rsatuvchi to‘sinlarning kesimlarida ichki zo‘riqishlardan ikkitasi – ko‘ndalang kuch Q va eguvchi moment M mavjud bo‘lsa-da, ko‘ndalang egilish oddiy deformatsiya tarzida o‘rganildi. Chunki bunday paytlarda xavfli kesimda paydo bo‘luvchi eng katta normal kuchlanish σM(max) mazkur kesimdagi eng katta urinma kuchlanish τQ(max)dan yetarlicha katta bo‘lib, to‘sin ko‘pincha eguvchi moment bo‘yicha mustahkamlikka hisoblanadi. Lekin muhandislik amaliyotida konstruksiya elementlari bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq oddiy deformatsiyalarga qarshilik ko‘rsatishlari mumkin. Masalan, mashina vallari buralishi hamda egilishi mumkin. Chunki bunday hollarda ularning istalgan ko‘ndalang kesimlariga ichki zo‘riqishlardan faqat burovchi va eguvchi momentlar ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘prik va kran fermalari sterjenlarining cho‘zilishi bilan birgalikda egilishga ham qarshilik ko‘rsatishi ularning barcha kesimlarida bo‘ylama kuch va eguvchi moment ta’sirida ekanligidan dalolat beradi. Tekshirilayotgan konstruksiya elementlari yoki mashina qismlarining barcha ko‘ndalang kesim yuzalariga ta’sir ko‘rsatuvchi ikki yoki undan ortiq ichki zo‘riqishlar natijasida vujudga keladigan deformatsiyalar murakkab deformatsiya yoki murakkab qarshilik deyiladi. Murakkab deformatsiyaga uchraydigan bikr konstruksiya uning tuzilmalari ko‘ndalang kesimlaridagi barcha nuqtalarda umumiy holda uchta normal (σN(z), σM(x), σM(y)) va uchta urinma (τQ(x), τQ(y), τM(z)) kuchlanishlar paydo bo‘ladi. To‘sinda o‘z o‘qiga tik yo‘nalgan va bosh tekisliklardan birining ham ustida yotmagan natijaviy eguvchi moment ta’siridan qiyshiq egilish deformatsiyasi sodir bo‘ladi. Qiyshiq egilishda natijaviy eguvchi moment tekisligi bilan egilish tekisligi ustma-ust tushmaydi. Qiyshiq egilishda natijaviy normal kuchlanishni aniqlaymiz:
Oxirgi ifoda qiyshiq egilishni kesimning markaziy bosh inersiya o‘qlariga nisbatan olingan eguvchi momentlar ta’siridan hosil bo‘lgan ikkita to‘g‘ri egilishlar yig‘indisidan iborat ekanligini tasdiqlaydi. Demak, qiyshiq egilish bosh inersiya tekisliklarida sodir bo‘lgan ikkita to‘g‘ri egilishlar yig‘indisidan iborat ekan. Kuchlanish topiladigan nuqta kesimda joylashuviga qarab musbat yoki manfiy ishorali koordinatalarga ega bo‘lishi mumkin. Buni e’tiborga olib formulani quyidagi ko‘rinishda umumlashtirib yozish maqsadga muvofiqdir: formula bo‘yicha kesimning istalgan nuqtasidagi kuchlanish topiladi. Shuni ta’kidlash muhimki, bu formuladan foydalanayotganda kuchlanishi topiladigan nuqtaning koordinatalari ishorasini, albatta, e’tiborga olish zarur. Tekshirilayotgan holda Mx=Mcosφ, My= Msinφ ekanligini nazarda tutib, neytral o‘q tenglamasini ko‘rinishda yozib olamiz. Neytral o‘q koordinata boshidan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning holatini β burchak aniqlaydi. Neytral o‘q ustida yotuvchi biror K (x0, y0) nuqta uchun bundan formula neytral o‘qning holatini aniqlaydi. Bu formula qiyshiq egilishda neytral o‘qning natijaviy eguvchi moment tekisligining iziga tik emasligini tasdiqlaydi. Kvadrat, doiraviy, halqa kabi kesimli to‘sinlar qiyshiq egilishga qarshilik ko‘rsatmaydilar, chunki ularda Jx=Jy va nihoyat β = φ bo‘lib, egilish kuch tekisligida sodir bo‘ladi. Neytral o‘qqa parallel holda kesim konturiga urinma o‘tkazib, kesim yuzada normal kuchlanish epyurasini quramiz. Epyuradan ko‘rinib turibdiki, neytral o‘qdan eng uzoqda joylashgan C va D nuqtalarda tegishlicha eng katta σc cho‘zuvchi va σD siquvchi kuchlanishlar paydo bo‘ladi. Bu kuchlanishlar bo‘yicha qiyshiq egilishga qarshilik ko‘rsatuvchi to‘sinlar mustahkamlikka tekshiriladi. Mavzu Mashina detallari. Dars rejasi: Mashina detallari fanining vazifasi. Detal, uzel, mexanizm va mashina tushunchalari.Hozirgi davrda fan va texnika taraqkiyoti natijasida har xil qurilma va mexanizmlar yaratilmoqda. Ana shu qurilma va mexanizmlarni mashina detallari fanida o'rganamiz. Tabiiyki fan taraqqiyoti natijasida texnika vositalarga qarash va ularni ishlatish uchun malakali ishchi bo'lishi lozim. Ana shunday ishchi kadrlar tayyorlashda Mashina detallari fanining ahamiyati kattadir. Bir qancha detallardan tuzilgan mexanizmlar yig'indisi, ma'lum ish bajarish uchun mo'ljallangan vosita mashina deb ataladi. Har bir mashina uch gurux mexanizmdan; harakatlantiruvchi, ijro etuvchi va uzatuvchi mexanizmlardan tuzilgan. Mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo'laklarga ajralmaydigan eng kichik kismi detal deb ataladi. Masalan: gayka, bolt, shponka, prujina va shu kabi detallar. Mashinaning ma'lum bir vazifani bajarish uchun mo'ljallangan va bir necha detallardan tuzilgan qismi uzel deb ataladi. Reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar uzellarga misol bo'la oladi. Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo'ladi. Juda ko'p shunday detal va uzellar bo'ladiki, ular xamma turdagi mashinalarda ishlatiladi. lishli g'ildiraklar, vallar., muftalar va boshqalar ana shu detal va uzellar jumlasiga kiradi. Bu detal va uzellarning tuzilishi hamda ularni loyihalash usullari mashina detallari fanida o'rganiladi. Mashina detallari fani 5 guruhga bo'lib o'rganiladi. Birikmalar. Birikmalar ajraluvchi va ajralmas bo'ladi. Ajraluvchi birikmalarga rezba, shponkali birikmalar kiradi. Ajralmas birikmalarga payvand parchin mix:li birikmalar kiradi. Uzatmalar: ishqalanish kuchi hisobiga ishlovchi friktsion uzatmalarga ilashuv xisobiga ishlovchi tishli uzatmalarga v) aylanma harakatni ilgarilanma xarakatga, aylantiruvchi gayka vintli uzatmalarga g) xarakatli 90° ga burib beruvchi chervakli uzatmalarga xarakatli ishqalanish kuchi hisobiga uzoq (15m) masofaga uzatuvchi tasmali uzatmalarga xarakatni ilashuv hisobiga uzoq masofaga (8 m) uzatuvchi zanjirli uzatmalarga bo'linadi Vallar va o'qlarga: a) qo'zg'aluvchan b) qo'zg'almas Podshipniklar: a) sirpanish b) dumalash podshipniklarga bo'linib dumalash podshipniklari sharikli va ro'likli bo'ladi. Muftalarga bo'linib o'rganiladi. Muftalar ishlash sharoiti va val diametriga qarab tanlab olinadi. O'zaro qo'zg'aluvchan qilib biriktirilgan ilgaridan belgilangan tarzda xarakatlanadigan jismlar sistemasi mexanizm deb ataladi. Mexanizm tarkibiga kiruvchi za nisbiy xarakatlanuvchi jismlar zvenolar deyiladi. Zvenolar yetakloechi va yetaklanuvchi zvenolarga bo'linadi. Yetaklovchi zvenoning parametrlarini 1 indeks bilan, yetaklanuvchi zvenoni parametrlarini esa 2 indeks bilan belgilanadi, O'quvchilarni o'tilgan mavzu bo'yicha bilmini aniqlash uchun xalq xo'jaligida ishlatiladigan mashina va mexanizmlaridagi o'zaro uxshash detallarni biriktiruvchi buyumlar (vint, bolt, gayka, shponka va h.k) uzatmalar (tishli, friko'ion, tasmali, zanjirli va h.k), o'qlar va vallar va ularning tayanchlari podshipniklar haqidagi fikrlarini o'rganib, ularni baholaymiz. Xamda ularni mashina detallari fanida yechimini topishni o'rgatamiz. Mashina detallari o'rganadigan masalalarning hammasi loyihalanadigan ob'ektni hisoblash chizmasini tuzishdan boshlanadi. Hisoblash chizmasi, mashina tarkibiga kiradigan mexamzmm alohida elementlarini kinematik va yuklanish holatini tahlil qilish asosida tuziladi. Shuning uchun o'quvchilarni diplom ishiga tayyorlash uchun ularni kinematik sxemalarni, ya'ni mashina yoki mexanizmni harakatlantiruvchi qurilma -yuritmalarni kinematik sxemalarini o'rgatiladi va so'rab baholanadi. Bunday kinematik sxemalar - energiya ishlab chiaruvchi mashinadan, uzatish mexanig'mi va boshqarish apparatidan tashkil topgan bo'lishini o'quvchilarga tushuntiriladi. Uzatish mexanizmlarining asos1y vazifasi: harakatni uzatish va o'zgartirish; tezlikni nazorat qilish, mashina turli ishchi qismlari orasida quvvatni taqsimlash va h.k. o'rgatiladi. Tasmali uazatm.t Barnhan
Bu vazifalar ma'lum vaqt oralig'ida berilgan aniqlik va unumdorlik bilan bajarilishi kerak, bu esa mashina mexanizmlarini foydali ish koeffisientini bildirishini. Buning uchun mexanizm kichik o'lchamli, iqtisodiy jihatdan yuqori bo'lishi kerak. Qo'yilgan vazifalarni bajarish tanlangan elektrodvigatelga bog'liq bo'ladi. Elektodvigatelh tanlash loyihalashni birinchi ishi bo'lishi va buning uchun konveyer barabanining yoki ishchi organning aylantiruvchi momenti - M, valning burchak teziligi co yoki lentaning tortish kuchi R va harakat tezligi V berilishi kerak. Agar yetaklanuvchi val uchun kerak bo'lgan (We) quvvat berilgan bo'lsa, eletrodvigatel uchun kerakli bo'lgan quvvatli eletrodvigatel tanlanadi. N-
1}::ll;
Etaklanuvchi valdan aylantiruvchi moment va uni burchak tezligi berilgan bo'lsa 'l Konveyer lentasini (ishchi organi) tortish kuchi va tezligi berilgan bo'lsa N Elektrodvigatel quvvati topiladi. Kinematik sxema yetaklanuvchi valning aylanish chastotasi n 60V va burchak qD
tezligi rn 1V yo. kirn = m1b
o 'lad"1. D 30 Kinematik sxemadagi kuch munosabatlarini hisoblashda um uzatishlar som, vallarini burchak tezligi' va aylantiruvchi momentlarni topiladi. Kinematik sxemani uzatishlar soni nl (I) . = - = - = 11 • 12 • l3 n' <1)2
Bu yerda i-kinematik sxema tarkibiga kiruvchi uzatmalar uzatish soni. 11, 12;13 - tegishli alohida uzatmalarning uzatishlar soni. Kinematik sxema uzatishlar soni energiyani uzatish jarayonini xarakterlaydi va energiyani miqdor jihatidan o'zgartirishini ifodalaydi. i> - uzatma sekinlanuvchi va i< uzatma tezlanuvchan bo'ladi. Kinematik sxema vallarining aylanish soni va burchak tezliklari quyidagicha topiladi:
2 - val n. -- n (1) = rcn rn 30
, va aylantiruvchi 12 momentlar: Ml _ (HM); Ml= Ml "ip; M3=M2·i2 rn,
Reduktorlar haqida ma'lumot. Tishli va kirmaksimon (chervyakli) uzatmadan tashkil topgan, alohida agregat ko'rinishida tayyorlangan va dvigateldan ishchi mashinaga quvvat uzatishda xizmat qiladigan mexanizm-redutor deyiladi. Reduktorni asosiy vazifasi - yetaklanuvchi val burchak tezligini kamaytirib, aylantiruvchi momentni ko'paytirishdir. Redutorlarning quyidagi turlari mavjud: uzatmani turiga ko'ra - tishli, kirmaksimon. pog'onalar soniga ko'ra - bir pog'onali, ikki pog'onali va h.x. tishli g'ildirak turiga ko'ra silinidirsimon. ilinidirsimon, konussimon, konussimon- vallarni fazoda joylashishiga ko'ra - gorizontal, vertikal bo'ladi. Mavzu: Uzatmalar. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling