Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
3- мавзуга Maruza matni (2)
0
20 40 60 80 100 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 bajarilishi tasvirlanayotgan ko’rsatkichlarning muvofiqligini (ustunlarning balandlik bo’yicha, lentalarning uzunlik bo’yicha) va mutanosibligini talab etadi. Bu talabning bajarilishi uchun quyidagilar zarur: birinchidan, ustun (lenta) o’lchami belgilanadigan shkala noldan boshlanishi, ikkinchidan, bu shkala uzluksiz bo’lishi lozim. Ustunli va lentali diagrammalar statistika ma’lumotlari grafik tasvirining qabuli sifatida mohiyatiga ko’ra o’zaro o’rin almashunuvchidir, ya’ni ko’rib chiqilayotgan statistika ko’rsatkichlari ham ustunlarda, ham tasmalarda baravar taqdim etilishi mumkin. Yo’naltirilgan diagrammalar ustunli (tasmali) diagrammalarni bir turi hisoblanadi. Unda ustunlar yoki tasmalarning ikki tomonlama joylashgan bo’lib miqyos bo’yicha hisob o’rtadan boshlanadi. Odatda bunday diagrammalar qarama- qarshi sifat qiymatidagi miqdorlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Ikki tomonlamalilar guruhiga sonli tafovutlar diagrammalari kiritiladi. Ularda tasmalar nolga teng vertikal chiziqdan ikkala tomonga: o’ngga – ko’payish uchun, chapga – kamayish uchun yo’naltirilgan. Bunday diagrammalar yordamida rejadan yoki taqqoslash negizi uchun qabul qilingan biron-bir darajadan chetga chiqishini tasvirlash qulaydir. O’rganilayotgan statistik o’zgarishlarini ko’lamini ko’ra olish imkoniyati, ko’rib chiqilayotgan diagrammalarning muhim alomati hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy tahlil uchun katta ahamiyatga egadir. Taqqoslanayotgan statistik ko’rsatkichlar miqdori bir-biridan juda katta farq qilsa ular turli xil geometrik shakllar – kvadrat, doira va boshqa figuralar orqali tasvirlanishi mumkin. Bunday diagrammalar, masalan kvadrat yoki doiraviy diagramma tuzish uchun dastlab taqqoslanayotgan miqdorlardan kvadrat ildiz chiqarib olish zarur. Shundan so’ng olingan natijalar asosida qabul qilingan miqyosga muvofiq kvadrat tomoni yoki doira radiusi aniqlanadi. Diagrammalarni to’g’ri tuzish uchun kvadratlar yoki doiralarni bir-biridan bir xil masofada joylashtirish, har bir shkalada o’lchov miqyosini keltirmagan holda u tasvirlaydigan son qiymatini ko’rsatish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling