Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
3- мавзуга Maruza matni (2)
Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan
o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi. Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi. Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi. Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqini qisqa va tushunarli bo’lishi lozim. Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi. Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi: 1. Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar grafiklari va boshqalar. 2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra: nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli. 3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra: diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar). Diagramma – bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bog’liq bo’lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo’llaniladi. Bunda o’rganilayotgan, tahlil qilinayotgan miqdorlar ularni tushunish, yaqqol namoyon bo’lishi qulay bo’lgan diagramma shakllari (ustunli diagrammalar, lentali diagrammalar, chiziqli diagrammalar, figurali diagrammalar,sektorli yoki doirasimon diagrammalar) orqali tasvirlanadi Echilayotgan topshiriqni xususiyatiga ko’ra diagrammalar taqqoslash, tuzilmaviy, dinamika va o’zaro bog’lanishni ifodalovchi diagrammalarga bo’linadi. Statistik grafiklarning asosiy turlariga yana gistogramma, poligon, ogiva, kushumeta va boshqalar kiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling