Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana06.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1172243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3- мавзуга Maruza matni (2)

diagrammalari tuziladi. 
Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat, 
doiraviy, chiziqli, radial va boshqa diagrammalardan foydalanilishi mumkin. 


Dinamika diagrammalari turini tanlash, asosan, boshlang’ich ma’lumotlar 
xususiyatlariga, tadqiqot maqsadlariga bog’liq. Masalan, teng bo’lmagan 
oraliqlardagi davrlar darajalarini o’rganish uchun ustunli, kvadratli yoki doirali 
diagrammalar ishlatiladi. O’zgarish sur’ati qatorida darajalar soni ko’p bo’lganda 
chiziqli diagrammalarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Chiziqli diagrammalarda 
hodisalar o’zgarishi siniq chiziqlar orqali yaqqol ko’rinadi. Bundan tashqari, 
chiziqli diagrammalarni ishlatish quyidagi hollarda qulaydir: hodisalarni o’zgarish 
tendentsiyasi va rivojlanish darajasini tasvirlash lozim bo’lsa; bitta grafikda bir 
necha dinamik qatorlar ko’rsatkichlarini solishtirish maqsadida tasvirlash zarur 
bo’lganda; o’sish darajalarini, sur’atlarini taqqoslash uchun tasvirlash muhim 
hisoblansa. 
Chiziqli grafiklarni tuzish uchun to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimi 
qo’llaniladi. Odatda, abtsissalar o’qi bo’yicha vaqt (yillar, oylar va boshqalar), 
ordinatalar o’qi bo’yicha esa – tasvirlanayotgan hodisalar yoki jarayonlar miqdoriy 
ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Ordinatalar o’qiga miqyoslar kiritiladi. Ularning 
tanlanishiga alohida e’tibor berish zarur, chunki bunga grafikning yaqqol ko’rinishi 
bog’liqdir. Agar abtsissalar qo’idagi shkala uchun miqyosni ordinatalar o’qidagi 
miqyosga nisbatan taqqoslash uchun uzaytirilsa, hodisalar o’zgarish sur’atidagi 
tebranishlar kamroq ajralib ko’rinadi va aksincha, ordinatalar o’qidagi miqyosni 
abtsissalar o’qidagi miqyosga nisbatan oshirish keskin o’zgarishga sabab bo’ladi. 
Vaqtning teng davrlari va darajalari miqyosni shkalaning teng kesimlariga muvofiq 
kelishi zarur. 
Statistika amaliyotida ko’pincha teng o’lchovli shkalaga ega grafik tasvirlar 
qo’llaniladi. Unda abtsissa o’qi bo’yicha mutanosib ravishda davrlar, ordinata o’qi 
bo’yicha esa hodisalarning miqdoriy darajalari shkalalardagi raqamlar bilan 
ifodalanadi.
Ba’zi grafikning o’zida bir necha bir xususiyatli hodisalar tasvirlanishi 
mumkin. Bunda hodisa mohiyati, o’lchovlari, davrlari bir-biriga mos bo’lishi 
kerak. Bu hodisalarni alohida va yaqqolroq ko’rish uchun har bir hodisani 


tasvirlovchi chiziqlar bitta grafik maydonda turlicha (rangli, shtrixli va 
h.k.)tasvirlanadi.
Ba’zan grafikda o’lchov birligi turlicha bo’lgan ikkita ko’rsatkichlar 
o’zgarish sur’atlarini tasvirlash zaruriyati tug’iladi. Bunday holatlarda bitta emas
ikkita miqyosli shkala ishlatiladi. Ularning biri o’ng, boshqasi esa chap tomondda 
joylashtiriladi. 
Dinamika qatorlari darajalarining davrlar bo’yicha o’zgarishi juda katta 
bo’lgan hollarda hodisalarni tasvirlash uchun logarifmik diagrammalardan 
foydalaniladi. Bunda grafik tasvir o’lchovlari ordinata o’qi bo’yicha har xil 
masshtablar yoki teng bo’lmagan shkalalarda logarifmga asoslanib teng o’lchovli 
shkalalar belgilanadi. Ya’ni 10 birlik o’nli logarifm bo’yicha 1 ga, 100 birlik esa 2 
ga, 1000 birlik 3 ga va h.k. ko’rinishida o’lchovlar belgilanadi. Bunda logarifmik 
o’lchov va haqiqiy o’lchov bir vaqtda bir-biriga parallel (grafik maydonning ikki 
tomonida) shkalalarda yoki bitta logarifmik shkalada belgilanadi.
Dinamika 
qatorlarini 
tasvirlashda 
qutbli 
koordinatalar 
tizimida 
tasvirlanadigan radial diagrammalar ham qo’llaniladi. Radial diagrammalar davriy 
o’zgaruvchi (tsiklik), ma’lum bir ritmik harakatdagi hodisalarni tasvirlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular, ayniqsa, mavsumiy hodisalar darajalarining 
tebranishini tasvirlashda keng qo’llaniladi. 
Radial diagrammalar yopiq va spiral ko’rinishda bo’ladi. 
Bir davr (yil) mobaynida o’zgaruvchi hodisalar yopiq diagrammalar 
yordamida tasvirlansa, spiral diagrammalar orqali necha davr (yil) ga tegishli 
hodisalarning harakati tasvirlanadi va ular har bir davrga (yilga) tegishli mos 
vaqtdagi (oy, kvartal) darajalarni solishtirish asosini yaratadi. 
Radial diagrammalarni hosil qilishda 2 ta o’lchov birligi qo’llaniladi. 
Birinchi o’lchov doira bo’yicha davrlar, ya’ni bir yilning 12 oyi uchun doirani 12 
ta teng sektorlarga bo’luvchi doira markazidan koordinata chiziqlari chiziladi. 
Bunda har bir sektor orasidagi burchak yil uchun tegishli mos davrni ifodalaydi. 
Ikkinchi o’lchov doira radiusi uzunligi. Bunda har bir davrga tegishli hodisa 
darajasi ma’lum bir masshtabda shkalalar orqali tasvirlanadi. 


Grafiklar orqali variatsion qatorlar darajalari ham tasvirlanishi mumkin. Ular 
asosan chiziqli diagrammalar orqali tasvirlanadi. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi 
grafiklarning gistogramma, poligon, kumulyata va ogiva deb ataluvchi turlari 
mavjud. Ular to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimida ifodalanadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling