Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana06.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1172243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3- мавзуга Maruza matni (2)

Tuzilmaviy diagrammalarning maqsadi - hodisalar (to’plam) ning har bir 
qismlari nisbati sifatida tavsiflanadigan statistik to’plamning tarkibini grafikda 
ifodalashdan iborat. Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlar 
yordamida grafik shaklda ifodalanishi mumkin. Birinchi holatda nafaqat alohida 
qismlar o’lchamlari, balki grafik o’lchami ham statistika miqdorlari bilan 
belgilanadi va oxirgilarining o’zgarishiga muvofiq o’zgaradi. Ikkinchi holatda esa 
– butun grafik o’lchami o’zgarmaydi (chunki har qanday to’plamning barcha 
qismlari yig’indisi 100% ni tashkil etadi), faqat uning alohida qismlari o’lchamlari 
o’zgaradi. Yig’indi tarkibining mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bo’yicha grafik 
tasviri yanada chuqurroq tahlilga yordam beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
hodisalarni keng miqyosda taqqoslash va solishtirishga imkoniyat yaratadi. 
To’plam tuzilmasini tasvirlash uchun grafik shakl sifatida to’g’ri 
to’rtburchaklardan – (ustunli va tasmali diagrammalardan, hamda doiralardan – 
sektorli diagrammalardan) foydalaniladi. 
Ustunli yoki lentali diagramma orqali hodisa tarkibni aniqlashda ularning 
jami uzunligi yoki bo’yi 100% yoki jami mutlaq miqdor (yig’indi)ga teng qilib 
olinadi va har bir tarkibni ifodalovchi ko’rsatkichlar (nisbiy, ya’ni foizli va mutloq 
miqdor) diagrammalarda ularning uzunligi bo’yicha mos ravishda ma’lum bir 
masshtabda 
belgilanadi. 
Sektorli 
diagrammalarda 
tarkibni 
ifodalovchi 
ko’rsatkichlar sektorning gradus (radian) o’lchoviga mos ravishda grafiklar 
tuziladi. Ya’ni butun sektor yoki doira 360

va jami tarkib - to’plam 100% ga teng 
bo’lsa, 1% 3,6

ga teng deb qabul qilinadi. Agar bir nechta hodisaning tarkibini 
o’rganmoqchi bo’lsak, ularga mos ravishda o’lchovlari teng bo’lgan bir nechta 
diagrammalar (ustunli, lentali diagrammalarda uzunliklari teng, figurali 
diagrammalarda yuzasi va boshqa o’lchovlari teng, sektorli diagarammalarda 
radiuslari teng bo’lgan bir xil turdagi diagrammalar) qo’llaniladi. 
Hodisalar vaqt bo’yicha o’zgarishini tasvirlash uchun dinamika 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling