Mavzu: Statistik jadvallar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Miqdoriy ma’lumotlarni grafik usulida tasvirlash usullari bo’yicha xulosa


Download 0.72 Mb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1567290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Statistik jadvallar

Miqdoriy ma’lumotlarni grafik usulida tasvirlash usullari bo’yicha xulosa


Nuqtali grafik: Ma’lumotlar qatoridagi har bir sonli ko’rsatkichning qiymati gorizontal shkaladagi nuqtalar orqali aks ettiriladi. Ma’lumotlar qiymatlari takrorlanganda nuqtalar vertikal tarzda biri ikkinchisining ustiga joylashadi.
Band va barggrafigi: sonli o’zgaruvchining qiymati “band” va “barg” larga ajratiladi. Mumkin bo’lgan bandlar tartib bilan bir ustunda joylashtiriladi. Ma’lumotlar qatoridagi har bir sonli ko’rsatkich uchun barg unga mos keluvchi band qatoriga joylashtiriladi. Bir xil band qiymatiga ega kuzatuvlar gorizontal tarzda o’sib borish tartibida joylashtiriladi.
Gistogramma: Sonli o’zgaruvchining bo’lishi mumkin bo’lgan qiymati har biri bir xil kenglikka ega guruh intervallariga ajratiladi. Ushbu intervallar gorizontal o’qning shkalasini shakllantiradi. Har bir guruh intervalidagi kuzatuvlarning chastotasi yoki nisbiy chastotasi aniqlanadi. Har bir interval bo’yicha guruh chastotasi yoki guruh nisbiy chastotasiga teng bo’lgan balandlikdagi vertikal ustun joylashtiriladi






2.5.Tasviriy statistikada haqiqatning buzib ko’rsatilishi
Shunday fikr mavjudki, ya’ni jinoyat darajasi va ishsizlik darajasi kuchli bog’liqlikka ega. Boshqa bir ommabop so’zlardan biri, chekish va o’pka raki o’zaro bog’liq. Ba’zi insonlar ishonishadiki, Dou-jons Sanoat indeksi va modadagi yubkalarning uzunligi ham bir biri bilan bog’liq. Bog’liqlik, bog’langan so’zlari ikkita o’zgaruvchi – yuqorida qayd etilgan misolda esa, ikkita sonli o’zgaruvchi orasidagi bog’liqlikni nazarda tutadi.
Ikkita miqdoriy o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’liqlik deb ataluvchi bog’liqlikni tasvirlashning bir yo’li – bu sochilgan nuqtali grafikni chizishdir. Sochilgan nuqtali grafik – bu ikki o’lchamli grafik bo’lib, o’zgaruvchilar birining qiymati vertikal o’q bo’yicha, boshqasi esa gorizontal o’q bo’yicha joylashadi. Masalan, 12-rasmda 26 ta korxona va omborxonalar tanlama to’plami uchun binodagi mexanik ish (isitish, havo aylanishi) qiymatining (1) xona hajmiga (2) nisbatini ifodalovchi grafik sochilgan nuqtali grafik hisoblanadi. E’tibor bersangiz, sochilgan nuqtali grafik xona hajmining ortishi bilan mexanik qiymat ortishining umumiy tendentsiyasini ko’rsatadi.
Bir o’zgaruvchining ortishi ikkinchi o’zgaruvchining ortishiga olib kelsa, biz bu ikki o’zgaruvchini “to’g’ri bog’langan” yoki “to’g’ri koorelyatsion bog’lanishga ega” deb aytamiz*. 12-rasm mexanik qiymat va xona hajmi o’zaro to’g’ri korrelyatsion bog’lagishga ega ekanligini nazarda tutadi. Huddi shunga o’xshash, agar bir o’zgaruvchining ortishi bilan boshqasi kamaysa, u holda biz ushbu o’zgaruvchilar “teskari koorelyatsion bog’lanishga ega” deb aytamiz. 2.36-rasm to’g’ri bog’lanishni (13a-rasm), teskari bog’lanishni (13b-rasm), hamda ikki o’zgaruvchi bog’liqlikka ega bo’lmagan holatlarni (13c-rasm) tasvirlovchi gipotetik tarqaluvchi rasmlarni aks ettiradi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling