Mavzu: Statistika predmeti Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 446.53 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi446.53 Kb.
#1581304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Statistika predmeti


Mavzu: Statistika predmeti
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Statistika to’g’risida umumiy tushuncha.
2.2. Statitsika fani predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari.
2.3. Statistika fani metodi.
2.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o’zaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obektiv zaruriyat bo’lib qoladi. Bu esa, o’z navbatida, yangidan-yangi malumotlar to’plash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug’diradi. SHu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xo’jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jaxon xo’jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va istemol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ammo, ilk bor vujudga kelishidayoq statistika davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib borgan bo’lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko’pdan ko’p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish va malum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham jamg’arildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan o’g’il yoki qiz bola tug’ilish soni, nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o’lish soni va hokazo, shularga o’xshash hodisalarda malum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uyg’onib,ularni tushuntirish yo’llarini izlab topish ehtiyoji tug’ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi.

Download 446.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling