Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
Nazorat savollari 1. Sug‘urta tashkilotlari buxgalteriya hisobini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning umu- miy qoidalari nimalardan iborat? 3. Buxgalteriya hisobining vazifalari nimalardan iborat? 4. Umumiy schyotlar rejasi va sug‘urta tashkilotlari uchun bel- gilangan schyotlar rejasi o‘rtasidagi farqlarni sanab bering. 5. Sug‘urta mukofotlaridan shakllantirilgan sug‘urta zaxiralari qanday schyotlarda aks ettiriladi? 6. Qayta sug‘urtaga berilgan risklar bo‘yicha qayta sug‘urta- lanuvchi va qayta sug‘urtalovchi o‘rtasidagi umumiy o‘zaro hisob- kitoblar qaysi schyotlarda aks ettiriladi? 35 III bob.TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI SUG‘URTALASH BO‘YICHA SUG‘URTA MUKOFOTLARINING HISOBI 3.1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash bo‘yicha hisob-kitoblar Har qanday tijorat tashkiloti bir qancha turdagi tovar, xizmat yoki ishlarni ishlab chiqarish yoki sotish evaziga foyda olish maq- sadida faoliyat yuritadi. Shuning uchun umumxo‘jalik faoliyati- ning buxgalteriya hisobi deganda, eng avvalo, tovar, ish yoki xiz- matlarni sotishdan tushgan daromad va ushbu tovar, ish yoki xiz- matlarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarning hisobini amal- ga oshirish tushuniladi. Ma’lumki, buxgalteriyada tovar, ish va xiz- matlarning sotilishi ularning tushirilishi holatiga yoki haqi to‘lanishi holatiga buxgalteriyada hisobga olinishi mumkin. Har qanday sug‘urta tashkiloti ma’lum haq evaziga o‘zining su- g‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida sug‘urta shartnomasi, agar boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti to‘langandan yoki mukofot bo‘lib to‘lansa, birinchi to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng kuchga kiradi. Demak, mazkur holatni tovarlarni sotish jarayoni bilan teng- lashtiradigan bo‘lsak, sug‘urta tashkiloti sug‘urta xizmatlarining sotilishi hisobi faqatgina ularning haqi to‘lanish holatigagina olib borilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng kuchga kirar ekan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining tushumi 6280 “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartno- malari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari”da olib boriladi. Bunda ushbu schyot Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5000), Chet el valutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5200), Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) bilan korrespondensiyalanishi mumkin. Masalan, Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling