36
kin bo‘ladi. Mazkur holatda sug‘urtalanuvchi
mukofotning bir qis-
mini to‘lagandan so‘ng turli sabablarga ko‘ra sug‘urta shartnomasini
tugatish to‘g‘risida ariza berishi yoki sug‘urtalanuvchi navbatdagi su-
g‘urta mukofotini o‘z vaqtida to‘lamasligi oqibatida shartnoma o‘z
kuchini yo‘qotishi va sug‘urtalovchi to‘langan sug‘urta mukofotlari-
ga proporsional ravishda majburiyatni olib borishi mumkin. Bunday
hollarda ham kelib tushgan sug‘urta mukofotlari 6280 schyotda aks
ettiriladi va davriy to‘lanadigan mukofotlar har bir to‘lov
amalga
oshirilganda hisobga olib boriladi.
Yuqoridagilardan tashqari 6280 schyot kredit bo‘yicha quyida-
gi schyotlar bilan ham korrespondensiyalanishi mumkin:
– sug‘urtalanuvchilarga to‘lanadigan schyotlar (6030);
– to‘lanadigan dividendlarni hisobga oluvchi schyotlar (6610);
– xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha
hisob-kitoblarni
hisobga oluvchi schyotlar (6710).
Quyidagi provodka orqali sug‘urta tashkilotining o‘z xodimlari
tomonidan ular bilan tuzilgan sug‘urta
shartnomasiga asosan
to‘langan sug‘urta mukofotlari aks ettiriladi:
Debet 6710 – Kredit 6280
Quyidagi provodka orqali esa ta’sischilarga tegishli dividendlar
evaziga ular bilan tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha
sug‘urta mukofotlarini ushlab qolish aks ettiriladi:
Debet 6610 – Kredit 6280
Ushbu provodka orqali sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta
qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanmagan
sug‘urta mukofotining ushlab qolinishi aks ettiriladi:
Debet 6030 – Kredit 6280
3.2. To‘liq rasmiylashtirilmagan sug‘urta shartnomalari
Do'stlaringiz bilan baham: