Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Sug‘urta firibgarligi haqida umumiy tushuncha
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta firibgarligi indikatorlariga misollar 4
- Umumiy sug‘urta sohasida firibgarlik
Sug‘urta firibgarligi haqida umumiy tushuncha
Sug'urta firibgari. Kim u? Bu, odatda, yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘ziga to‘q oiladan chiqqan shaxs bo‘ladi. Bu esa unga umumiy va maxsus ta’limga nisbatan yuqori darajada qabul qilgan bo‘lish imkonini beradi. Ulaming katta qismi biznesning ma’lum turi bilan shug'ullanishadi va bu faoliyatning o‘ziga xosligi shundaki. bu ulami sug'urta qoidalari va shartlari haqida juda yaxshi xabardor bo'lishini talab etadi. Ular zarar va to‘lov shartlarini aniqlash amaliyoti bilan juda yaxshi tanish boMishadi. Ayollar kamdan kam sug‘urta firibgari boiishadi, ayniqsa, texnika bilan bog‘liq firibgariiklar (yonib ketish, YTH va h.k.), Shuningdek professional va yagona firibgarlikni farqlash murakkab masala. Bir necha bor jinoyat olamida firibgarlikda muvaffaqiyatga erishgan havaskor firibgarlar professional firibgarlarga aylanishi mumkin. Firibgarlar o’z jinoyatlarining ochilishini eng kam darajasiga tayanishadi. Shuningdek ular qonundagi bo‘shliqlar, firibgarlik olamidagi malakaning pastligi. ulaming firibgarligi oshkor qilingan taqdirda ham ulaming jazolanishi dargumon bo‘lib qolmoqda. Biznesmenlar oddiy fuqarolardan ko‘ra ko‘proq firibgarlikni sodir etishadi, ulaming biznesdagi qiyinchiliklari sug‘urta firibgarligini sodir etishiga motiv bo‘ladi va bu sug‘urta biznesiga tahdid soladi. • Sug‘urta shartnomasi tuzish paytidagi sug‘urta firibgarligining bir necha turlari: Sug‘urta summasining sug‘urtalanayotgan obektning haqiqiy bahosidan yuqori belgilanishi Sug‘urta summasi qanchalik baland bo‘Isa, sug‘urta mukofoti ham shunga nisbatan baland bo‘ladi. Bir tomondan qaraganda sug‘urtalovchi uchun bu foydali. Boshqa tomondan esa, sug‘urta summasi qanchalik ko‘p belgilangan bo‘lsa sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urtalanuvchi shuncha ko‘p sug‘urta qoplamasi talab qiladi. Bu esa sug‘urta firibgarligi bo‘lishining motivi bo‘lib hizmat qiladi. Aldov esa o‘z-o‘zidan juda oddiy: buning uchun shunchaki shartnoma tuzishdan oldin yolg‘on ma’lumot berish kifoya. Sug‘urta summasi baland bo‘lishi uchun, qo‘shimcha mulklami sug‘urta obyektiga tegishli qilib ko‘rsatish yetarli. Bu tur sug‘urta aldovlari ichida klassik turga kiradi. Bir vaqtning o‘zida bir necha sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash. Ayni bir mulk, odatga ko‘ra yuqori sug‘urta summasi bilan, bir necha sug‘urta kompaniyalarida sug‘urtalanadi. Bu holatda sug‘urtalanuvchi oldindan yolg‘on ishlatadi. Xususiyatiga ko‘ra, sug‘urta shartnomasi tuzilganiga ko‘p bo‘lmasdan sug‘urta hodisasi bo‘lganligi haqida arz qilinadi. Bu turdagi sug‘urta firibgarligi ko‘pincha yuklami tashish va transport sug‘urtasi bilan bog‘liq sug‘urta turida ko‘p uchraydi. Bu turning o‘ziga xosligi shundaki, sug‘urta obyekti obyektning tabiatiga ko‘ra nazorat qilish qiyin bo’lgan ko‘char moddiy boyliklar kategoriyasiga kirishi hisoblanadi. Tergov tadbirlari davomida sug‘urta hodisasi soxta yoki qasddan qilingan bo‘lib chiqadi. Sug‘urta shartnomasi tuzishda muhim bo‘lgan ma'lumotlami yashirish. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta obyektining saqlanishi va obyektning holatini tavsiflovchi ayrim muhim bo‘lgan yoki muhim boflmagan ma'lumotlami yashirishga urinadi. Misol uchun, ko‘pincha, xafsizlik signalizatsiyasi ishlamasligi yashiriladi. Yuklami sug‘urtalashda esa yuklami bahosi va holatini tavsiflovchi soxta hujjatlami taqdim etish holatlari ko‘p uchraydi. Ayniqsa fuqarolik javobgarligini sug‘urtalayotganda ma’lumotlaming haqiqiyligi va ishonchliligiga amin bo‘lish talab qilinadi. Ma’lumotlami yashirish ayniqsa risklami tariflashda mukofotni aniqlashda muhim hisoblanadi. Sug‘urtalanmagan zararlami sug‘urtalangan qilib ko‘rsatish. Firibgarlikning bu turi, sug‘urta hodisasi sodir boflgandan keyin sug‘urta shartnomasi tuzlishi bilan xarakterlanadi. Bu firibgarlik turi xavflilik darajasi katta bo‘lgan jihozlaming egasi tomonidan yetkazilgan zarar uchun sug‘urtalashda tipik hisoblanadi. Shu sababli ham sug‘urta hodisasi soxtalashtiriladi. Misol uchun, aslida bo‘lib o‘tgan o‘g‘rilik oddiy o‘g‘irlik, ham malakali jinoyat sifatida ko‘rsatiladi. Sug‘urta firibgariga ta’rif berganda eng avvalo ulami ikki guruhga ajratish mum kin: Professionallar-jinoiy guruh a’zolari Delitantlar qiyin moliyaviy ahvoldan chiqishning yo‘lini topgan odamlar. Ko‘rinib turibdiki, bu 2 xil turdagi subyektlar ko‘rinishi turlicha bofladi. Professional firibgar. Subyektga tarif berish uchun YTH bajaruvchisi tanlab olindi. Bu turdagi firibgar quyidagi belgilarga ega: 20-35 yoshlar atrofida erkak, uylanmagan yoki birga yashaydigan qizi bor, tadbirkorlikda tajribaga ega bo4gan shaxs. Uning tijorat sohasi avtomobillar bilan bog‘liq bo‘ladi (ya’ni remont, sotuv. avtozapchastlar sotish, ma’lumotlami toMdirish va boshqalar), import avtomobili egasi yoki ishonchnoma orqali boshqaruvchi, haydovchilikda ko'p yillik stajga ega bo‘lgan, jinoiy avtotadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tanishlari ko‘p ba’zi bir holatlarda mayda jinoyatlar uchun sudlanib chiqqan, awallari bir nechta yo‘l transport hodisasiga uchragan, avtosug‘urtalash bo‘yicha yaxshi ma’lumotga ega. qonuniy moliyalashtirish uchun mablagMari yetarli bo‘lmasa ham mablag‘i katta. Sug‘urta firibgarligi indikatorlariga misollar 4 Aldash indikatori Bu firibgarlarning oltin qoidasi-kim ko‘p jabrlansa, shu sug‘urtaga murojaat qiladi, chunki ko‘rilgan zarar o‘zining hisobidan to'lanadi, shuning uchun YTH aybdorini almashtirish lozim. Sodir bo‘lgan hodisani o‘zgartirib aytish, masalan, noaniq avtomobil haydovchining ko‘zini qamashtiradi, farani yoqib natijada borib daraxtga urdi. Sug‘urtalovchining vakillari, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari, boshqa avtoishqibozlar yoki YTH joyi belgilangan tasodifiy guvohlar firibgarlarning rejasini buzolmaydi, masalan, daraxtga urilgan Mersedes, o‘sha joyning uzoqda qismi YTH uyushtirish uchun to‘g‘ri keladigan joy hisoblanadi. Kelishish qiyin bo‘ladi, qachonki maktab o‘quvchilari, noaniq haydovchi-firibgarlaming mashinalari to‘qnashib ketsa Professional firibgaming psixologik belgilari: o‘ziga ishongan, jur’atli, odamlar bilan tez chiqishadigan. surbet, mug‘ombir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki. jinoiy guruhlar ko‘pchilik odamlardan tashkil topgan bo‘lib, har biri ma’lum rolni ijro etadi. Eng ko‘p holda uchraydigan soxta YTH ijrochilarining taxminan portreti shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi: 2. Delitant firibgar. Zarar ko‘rganlar haqida so‘z boradi. Bu asosan 18-50 yoshlardagi erkak tadbirkor yoki davlat ishchisi. Bir joy da uzoq vaqt ishlaydi, uylangan, haydovchilikda o‘rta stajga ega bo‘lgan, yo‘l transport hodisasiga kamdan-kam uchraydigan, sudlanmagan, bir xil hayot tarziga ega, mashinasini kam almashtiradigan o‘rtacha moliyaviy ahvoldagi shaxs. Sug‘urtalanuvchi ko‘rinishida ishlamaydigan, uncha qimmat bo‘lmagan o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtomobil egasi yoki korxona haydovchisi asosan yuk mashinalari haydaydi. Ko‘pincha ziyon ko‘rgan odam qarindosh yoki tanishi (ziyon ko‘rgan bilan birga yashovchi yoki bitta ishda ishlovchi). Shuni eslatib o'tish kerakki delitant firibgaming portreti aniq chizilmagan. Chunki sug‘urtalashda firibgarlik bu- ishqibozlik uchun qilinadigan jinoyat bo‘lib, unda deyarli har bir odam ishtirok etishi mumkin. Har bir alohida ko‘rsatilgan belgi har doim ham yo‘l transport hodisasi yolg‘on ekanligidan xabar bermaydi. Biroq bunday belgilaming 2 va undan ortiq bo‘lishi- bu diqqatli belgi sug‘urta tashkilotini bunday jinoiy harakatlardan himoya qilish maqsadida sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi haqida ariza olgan 1 - navbatda ziyon ko‘ruvchining tushuntirishlarini tahlil qilish kerak. Sug‘urta hodidisasi obyekti va subyektlariga mos kelishi kerak. Bunday holatda sug‘urtalovchining harakatlari quyidagilar hisoblanadi. Agar tahlil natijasida sug‘urta tovoni to’lamaslikni isbotlovchi asos bo'Isa, u holda sug'urtalovchi olingan dalil va hujjatlarga binoan shartnomada ko‘rsatilgan summani to‘lab berishi kerak. Boshqa holatlarda sug‘urta hodisasi holatlari yuzasidan uzoq izlanishlar olib boriladi. Buning uchun firibgarlikni tasdiqlovchi belgilar yig‘ish uchun ko‘plab miqdorda ma'lumot turli manbadan olish kerak . Shuning uchn sug‘urtalovchi, qonun himoyalovchi organdan, bankdan, tibbiyot tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan, sug‘urta hodisasi bilan bog’liq hujjatlar bilan tanishib, ma’lumot yig’adi, shuningdek o‘zi haqiqiy hodisani isbotlashga, oydinlashtirishga harakat qiladi. 0‘zbekiston Respublikasi “Sug’urta faoliyati to‘g‘risida"gi qonuniga ko’ra, tashkilot, tadbirkorlik subyektlari, korxonalar sug'urtalovchiga sug‘urta hodisasi bilan bog’liq ma’lumotlami berishi kerak. Umumiy sug‘urta sohasida firibgarlik Sug’urtalash bu - jismoniy va yuridik shaxslaming qiziqishlarini sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta mukofotlarini yig‘ish orqali tashkil etilgan fondlar hisobidan sug’urta shartnomasiga muvofiq yuzaga kelgan moliyaviy yo’qotishlarini qoplab berish orqali himoya qilishdir. Sug’urta faoliyati bu - professional sug'urta ishtirokchilarining sug‘urta bozoridagi sug’urtani amalga oshirish harakati yoki faoliyatidir. Mol-mulk bu - yuridik yoki jismoniy shaxslaming tasarrufidagi moddiy boyliklari, buyumlaridir. Mol-mulk harakatlanuvchi, ko’char, ko’chmas yoki yer shaklidagi mulklar va yerga bog’liq ravishda ko’chmas mulklarga bo’linadi. Mulkchilik yoki ijara shartnomasiga muvofiq ijara (lizing)ga berilgan mol-mulk bilan bog’liq kutilmagan moliyaviy harajatlarga qarshi o‘zini himoya qilishga mol- mulk sug‘urtasi yordam beradi. Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs o‘z mol-mulkini sug’urtalashi mumkin. Mol-mulkni butunlay yoki uni bir qismini sug’urtalash mumkin. Mol-mulk sug’urtasi - ofis binosi yoki ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mebel, ofis uskunalari, buyumlami, ombordagi mahsulot va hokazolami mulk sug’urtasi foydalanish bilan bog’liq mulkiy tavakkalchiliklami sug’urta qilish imkonini beradi. Bundan tashqari o‘g‘irlik, zarar yetkazish yoki boshqa yomon oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Sug’urta hodisasi ro‘y berganda sug’urta summasi sug’urta obyekti bahosiga teng bo'lgan holatda sug’urta kompaniyasi jabrlanuvchiga yetkazilgan zarami to‘lab berishga majbur bo‘ladi, agarda sug’urta obyekti to‘liq qiymatida sug'urtalanmaganda sug’urtalovchi mulkiy sug4urta qonuniga muvofiq mol- mulkning bahosi sug‘urta summasining nisbatiga muvofiq zaraming bir qismini to‘lab berish huquqiga ega. Shuning uchun ham sug’urta shartnomasini imzolayotganda sug’urta summasini to‘g‘ri baholash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda mulkiy sug‘urta - kutilmagan xarajatlardan o‘zingizni himoya qilishning samarali yo’lidir. Bundan tashqari, mulkiy sug’urta faqatgina moliyaviy manfaatlarini himoya qilish emas, balki, o‘z mulkiga nisbatan ichki xotirjamlikni ta’minlash ham demakdir. Наг bir kishi o‘zi ishlab topgan moddiy boyliklari behudaga isrof bo'lishi, yo‘q bo'lib ketishini xohlamaydi, shuning uchun ham mulkiy sug'urta bozori hizmatlari vujudga keldi. Ko‘p hollarda, faqatgina yuridik shaxslargina emas balki jismoniy shaxslar uchun ham mulklaridan xotiijam bo‘lish usuli bu ixtiyoriy mol- mulk sug'urtasi hisoblanadi. Mulk sug‘urtasi shartnomasi binolar, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarish va kapital qurilish obyektlari doirasida tuzilishi mumkin. Mashinaning har xil turlari: kuch beruvchi, ishchi va boshqa asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa turdagi transportlar, tishli uskunalar, tayyor mahsulotlar, tovarlar, xomashyo va transfer qurilmalar ham sug‘urta shartnomasiga kiritilgan bo‘lishi mumkin. Kundan kunga mulkiy sug'urta doirasida mulkka yetkaziladigan hamma zarar risklarini sug‘urta qilishni iloji yo‘q. TVEFJMS sug'urtasida uchraydigan 12 ta eng mashhur sug‘urta firibgarliklari: Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling