Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-MAVZU. SUG‘URTA AXBOROT KOMMUNIKATSION VA INTERNET TEXNOLOGIYALARI
- Internet orqali sug‘urta mahsulotlarini sotishning qulayliklari
Sag ‘urtalangan transport vositalarini
o‘g4rlanishini uyushtirish Jinoyatchilar sug4urta shartnomasiga ega bo‘lishgandan keyin, o‘g‘rilikni uyushtirishni rejalashtirishadi. Bunday usul ayniqsa, Latviya, Polsha, Germaniya va Fransiyada keng tarqalgan. Jinoyatchilar o‘g‘irlab ketuvchilar bilan til biriktirgan holda kelishib olishadi. (bunday holatlar Rossiya fuqarolari yoki Sharqiy YEvropa davlatlar fuqarolarida ko‘proq kuzatiladi). Avtomobil egasi o‘zi ixtiyoriy ravishda kalitni o'g’riga topshiradi. Sug‘urta kompaniyasidan olinadigan summaga yangi avtomobilga ega bo‘lish maqsadida rozilik bildiradi. Masalan: 2005 yilda Vashingtonda ikki o‘rtoq o’rtacha qiymati 50 000$ turadigan BMW rusumli avtomobilni o4g‘irlanishini kelishib olishadi. Ular avtomobilni maydalab qismlarga bo‘lib sotishni kelishib bo‘lgan. Qolgan kuzovni hamda boshqa qismlarini yondirib yuborishgan. Ular tez orada sug‘urta summasini olishni ko4zlashgan edi. Lekin ulaming bu operatsiyasini politsiya xodimlari sezib qolishadi. Yo‘l transport hodisasidan keyin tomonlaming almashib qolinishi. Firibgarlar o4zlari tashabbusi bilan yo4l transport hodisasini keltirib chiqarishadi. Shu bilan birga o‘zlaridan iz qoldirmaslik maqsadida begunoh haydovchilami qurbon qilishdan ham toyishmaydi. O‘zlarini jabrlanuvchi qilib ko‘rsatishadi. Yo *1 transport hodisasini keltirib chiqarish Bunday holatlarda qalloblar yo‘l transport hodisasini sun’iy ravishda keltirib chiqarish uchun qasddan yo‘ldagi har xil narsalarga yoki to‘siqlarga to‘qnashib sug‘urta summasiga ega bo‘lmoqchi bo‘lishadi. Ular yolg‘on guvohlik beruvchi hamda bu vaziyatga umuman aloqador bo‘lmagan ishtirokchilar bilan til biriktirgan holda ulardan yolg‘on guvohlik oldiradilar. Masalan: AQSHda 9ta jismoniy shaxs va 4ta yuridik shaxslar 129ta firibgarlik ishlarilari aybdor deb topilganlar. Ular ko‘pincha mototsikl bilan bunday vaziyatlami keltirib chiqarishgan yoki bo‘lmasa shu bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlami soxtalashtirishgan. Sug‘urtalanuvchilar mototsiklga zararlangan qismini o4matishgan va kompaniyaga ta’mirlash uchun evakuatsiya, transport vositasini saqlanganligi uchun soxta hisoblar taqdim etishadi. Tergovchilar 200dan ortiq jami summasi 2 mln $ga teng bo‘lgan shubhali da’volami fosh qilishga erishishgan. 140 dan ortiq maxbuslar bilan hozirgi kunda tergov ishlari olib borilmoqda. 4 Soxta ravishda sug* urta hodisasidan keyin zarar miqdorini oshirib ko'rsatish Hodisadan so‘ng firibgarlar yetkazilgan zarardan ko‘ra ko‘proq miqdorda pul undirish maqsadida avtomobilga o’zlari ham ziyon yetkazib turib bulaming hammasi hodisa oqibatida yuzaga kelganligini isbotlashga harakat qilishadi. 4 Sug ‘urta obyekti haqida risklarniyashirish yoki buzib ко 'rsatish Bunday vaziyatda firibgarlar sug‘urta mukofotini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida kompaniyaga yolg‘on ma’lumotlar berishadi va shu bilan mukofotni kamroq to‘lab polisga ega bo‘lib olishadi. 4 Politsiya xodimlarining qalbaki bayonnomalari Bunday vaziyatlarda firibgarlar politsiya xodimlari bilan til biriktirgan holatda bayonnomada yolg‘on ko‘rsatmalar orqali kompaniyadan ko‘proq pul undirmoqchi bo‘lishadi. Masalan: politsiya xodimi Kevlin Ruts 2011 yildayolg‘on bayonnomalar tuzib 2 oy ichida qariyb 9000$ olishga erishgan. Hozir uning ustidan jinoyat ishi ochilib tergov ishlari olib borilmoqda. 4 Avtoservislarda ta'mirlashdan so*ng qiymaini oshib ko*rsatilishk Ustalar ta'mirdan so‘ng zarardan ortiq bo‘lgan hisob-kitob chekini taqdim etishadi. Masalan: avtoservis ustalari Stiv Moralz va Brayn Bogart 2005 yilda haqqoniy zarar miqdorini oshirib ko‘rsatib mijozlarga chek taqdim etishgan va bu orqali o‘zlari ham manfaatdor bo‘lgan. Boshlariga tushgan ayyorlik hiyla, qalbaki va yolg‘on axborotlar bilan duch kelgan sug‘urta kompaniyalari nima qilishi kerak? Olimlar tomonidan amaliyotchilar, yuristlar, detektivlar tomonidan bunday sug‘urta kompaniyalariga yordam berish maqsadida bir qancha ko‘rsatmalar yaratilgan. Ishning eng birlamchi va asosiy tomoni shundan iboratki, yuz minglab hujjatlardan iborat bo‘lgan minglab da’volardan shubhali ko‘ringan sug‘urta hodisalarini tanlab olishi kerak. Bunday shubhani topish mushkul emas, chunki firibgarlari haqiqiy sug‘urta hodisasini yarata olmaydi. Chunki ayrim joylarda nuqsoni bo‘ladi. Shuningdek bu yerda hamma narsa bir tekis emasligini isbotlab turuvchi holatlar, belgilar yoki oddiy qilib aytganda signallar bo‘ladi. Yo‘l transport hodisasini yolg‘on uyushtirib sug‘urta kompaniyalarini aldamoqchi bo‘lgan bir nechta holatlami ko‘rib chiqamiz. 1-jadvalda ko‘rinib turibdiki firibgarlikni amalga oshirish uchun qo‘llangan usul o‘zida firibgarlikni fosh etuvchi belgilami oladi. Misol uchun biz atigi bir nechta indikator keldirdik. Amaliyotda YHH bilan bogTiq hodisalar 130dan ortiq indikator, 250dan ortiq firibgarlikni ochish bo'yicha chora tadbirlami o‘z ichiga oladi. Shuning uchun firibgarlik belgilarini bilgan odam bir qarashda bir xil ko‘ringan minglab sug‘urta hodisalari ichidan yuzlab qalbakilami topa oladi. Sug‘urta firibgarligiga qarshi kurashning xorij tajribasi, aniqlangan firibgarliklarga misoliar: Sug‘urta jinoyatchiligiga qarshi kurashda asosiy rol, huquq-tartibot organlariga beriladi. Shu bilan birga, tegishli xizmatlar, sug‘urta idoralari va kompaniyalari xodimlari roli sug‘urta jinoyatchiligi oldini olish va aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Aynan ular birinchi bo‘lib jinoyatchilar va ulaming turli jinoiy sxemalar bilan kontaktda boTishadi. Sug‘urta sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro tajriba. Sug‘urta sohasida firibgarlik qarshi kurash individual sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositalari sug‘urtasidagi jinoyatlami asosiy maqsadini 3 guruxga ajratish mumkin: guruh: Sug‘urta mukofotidan katta sug‘urta summasini olish; guruh:Sug‘urta summasini noqonuniy qo‘lga kiritish; guruh: Sug'urta pulini noqonuniy ko‘paytirish. 9-MAVZU. SUG‘URTA AXBOROT KOMMUNIKATSION VA INTERNET TEXNOLOGIYALARI Sug‘urta faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni Jadal rivoj lanishlar o‘z ta’sirini telekommunikatsiya mikroelektronlar kompyuter texnologiyalariga ham ko‘rsatgan. Axborot texnologiya haqidagi dastlabki tushunchalar ancha oldin paydo bo’lgan, keyinroq 1971 yilda mikroprossesorlar yaratilgan. Xozirda taxminan 45% ishchi kuchi axborot texnologiyalar yordamida faoliyat yuritadi. Mikroelektronlaming afzalligi shundaki. unda kiritilgan ma’lumotlar aniq vaqti, jarayonlari bilan birgalikda saqlanadi. Telekommunikatsiya uzoq masofani yaqinlashtirishda, tezlikni oshirishda yordam beradi va foydali ma’lumotlar bilan ta’minlab beradi. Axborot texnologiyalari yordamida ko‘pgina xisobotlar ishonchli tayyorlanadi va tahliliy jarayonlar amalga oshiriladi. Quyida axborot texnologiyalarining oson tushunish uchun 3 ta tarmog‘i berilgan: Raqamli mikroelektronlar Aralash telekommunikatsiya Grafik tasvirli kompyuterlar Yuqoridagilaming barchasi ma’lumotlami oson tushunishni va vaqtni tejash uchun xizmat qiladi. Sug’urta faoliyatida sug‘urta kompaniyasining kompyuterlarga asoslangan zamonaviy tizimi - bu kompaniyaning barcha asosiy bo'linmalari, xizmatlari, hududiy bo’linmalarini qamrab oluvchi axborotlami kiritish, ishlov berish va saqlash tizimidir hamda tezkorlik, funksional to’liqlik, tushunarlilik, kirishimlilik va ishonchlilik talablariga javob beradi. Tezkorlik - vaqt o‘tib borishi bilan axborotlaming qiymatlilik darajasini tushib borishi sababli birlamchi hujjatlami kiritish va ishlov berishga imkon qadar qisqa vaqt sarflanishi kerak. Axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlaming to'g'riligini tekshirish funksiyalari kiritilishi axborotlaming aniqlik darajasi yuqori bo’lishiga olib kelmoqda. Axborotlaming eng katta hajmini hisobga olish, birlamchi hujjatdagi mavjud bo’lgan ma’lumotlaming me’yoriy aktlar va koTsatmalar, ichki andoza va kelishuvlarga mos kelishi funksional to‘liqlikni ta’minlab beradi. Kompaniya boTimlarida foydalaniladigan birlamchi ma’lumotlardan kiritilayotgan ma’lumotlar ziddiyatsiz va kelishilgan bo‘lishi kerak, kelishilmaganlik holatida nazorat mexanizmlari va ma’lumotlami tahrirlash jarayonlari ko‘zda tutiladi. Ro‘yxatga olish axborotlarini tekshirish bo‘yicha, shuningdek, kompaniya bo‘limlari joriy faoliyati uchun talab qilinmaydigan hujjatlar bo‘yicha axborotlami olishda zaruriy ishlar hajmini olib borish uchun ma’lu-motlarga kirishlik tamoyiliga rioya qilinishi kerak. Ma’lumotlaming eng kichik darajadayo‘qotilishi yoki kelgusida tizimni obyektiv hamda sub’ektiv omillar tufayli uzilib qolishi holatlarida bu ma’lumotlami to‘liq tikiash imkoniyatini ta’minlash axborotlami ishonchlilik darajasini oshiradi. Kompyuter axborot tizimi kompaniyaning asosiy - shartnoma tuzish, shartnomalarga xizmat ko‘rsatish, to‘lovlar, tahlil, ekspert kabi ichki bo‘linmalarga mos holda quyi tizimlardan tashkil topishi kerak. Bu quyi tizimlar asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kompaniya rahbariyatiga aniq va tezkor axborotlami yetkazib berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Sug‘urta kompaniyasi faoliyatida asosiy jarayon va funksiyalami avtomatlashtirish nafaqat xodimning mehnat unumdorligini oshirishi, balki, malakali mutaxassislaming asosiy vazifalari bilan ko‘proq shug‘ullanishiga, biznesning keyingi rivojlanishi yo4lida marketing vositalarini har tomonlama joriy qilib borish uchun zaruriy shart-sharoitlami yaratadi. Sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasidagi munosabatlar sug‘urta shartnomasini tuzish yo4i bilan rasmiylashtirilib, shartnomalar tuzishning asosiy sharti, tomonlaming risklami sug‘urtalash bo‘yicha moli-yaviy shartlar haqidagi kelishuvga erishishi hisoblanadi. Sug‘urtaning moliyaviy parametrlariga sug’urta mukofotlari, sug‘urta tarifi, sug‘urta summasi, sug‘urta badali, franshiza va shu kabi tushunchalami kiritish mumkin. Bu tushunchalar ayni paytda, sug‘urta faoliyati axborot tizimini uslubiy jihatdan ishlab chiqishda asos bo‘lmoqda. Internet orqali sug‘urta mahsulotlarini sotishning qulayliklari Internet sug‘urta mahsulotlarini sotishning yangi kanali hisoblanadi. Intemetdan foydalanib, sug‘urta qiluvchilar an’anaviy sotuv kanali tashkil qilish borasida uzoq muddatli va qimmatbaho jarayonni aylanib o‘tgan holda bozorga kirib borishi mumkin. Bu bozorga kirishning internet hisobiga yengillashuvi butun dunyo sug‘urta bozorlarida raqobatning kuchayishiga olib kelishi lozim. Kuchli raqobat sug‘urta qiluvchilami narhlami pasaytirishga majbur qiladi, bu esa iste’molchilarda ijobiy aks etadi. Elektron tijorat sug‘urta qiluvchilarga xarajatlami pasaytirish va sug‘urta bozori «shaffof» ligini oshirishga imkon beradi. Sug‘urta turlariga keladigan bo‘lsak, hayot va salomatlik, uy-joy, dala hovli, avtomobil, moddiy boyliklar (sun’iy yo'ldoshlardan tortib san’at asarlarigacha), deyarli barcha xizmat turlari (qurilish- montaj ishlaridan tortib sport bilan shug'ullanishgacha) va har xil majburiyat turlari (fuqarolik majburiyatidan professional majburiyatgacha) sug‘urta qilinadi.91 Yevropada, AQSH va Rossiyada umumiy sug'urta turlariga kiradigan avtosug‘urtaga Intemetda talab eng katta. Umumiy sug‘urta bilan taqqoslaganda hayotni sug‘urta qildirish bilan ikki baravar kamroq respondentlar qiziqadi. Shartnomani faqat bir necha marta uzaytirishning o‘zi evaziga foyda olish mumkin bo‘lgan ushbu biznesda sug‘urta qildiruvchilar moyilligi juda katta ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, agent orqali sug‘urta qildirgan mijozlar odatda polisni huddi shu agent orqali uzaytiradi, virtual mijozlar esa sug‘urta qiluvchilami tez-tez o'zgartirib turishga moyil bo'ladi. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling