Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug^urta mahsulotini onlayn orqali sotishni tashkil etish
Mukammal virtual sug'urta ofisi
mijozga kompaniyaning umumiy va moliyaviy holati haqida to‘liq ahborot taqdim etish; mijozga kompaniya hizmatlari haqida axborot taqdim etish va u bilan tanishib chiqish uchun imkon berish; sug‘urta mukofoti hajmini hisoblab chiqish va sug‘urtaning har bir turi uchun va muayyan ko'rsatkichlarga qarab to'lov shartlarini belgilab berish; sug'urta qilish uchun ariza shakllarini to'ldirish; bevosita internet orqali sug‘urta polisini buyurtma qilish va to‘lovni amalga oshirish; vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan to'lovlami (sug‘urta mukofotini bo'lib- bo‘lib to'lashda) bevosita Internet orqali to‘lash; sug'urta qiluvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan polisni mijozga uzatish bevosita internet tarmog'i orqali amalga oshiriladi; shartnomaning amal qilish davri mobaynida sug'urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi o'rtasida axborot almashinish imkoniyati (mijozning sug'urta kompaniyasidan turli hisobotlar, jumladan, to'lovlar va tushumlar. shartnomalar holati va ulaming o'zgarish tarixi haqida hisobotlar olishi); sug'urta holati ro'y berganda tomonlar o'rtasida axborot ayirboshlash; sug'urta holati ro'y berganda internet tarmog1 i vositasida sug'urta qildiruvchiga sug'urta mukofoti to4 lash; sug'urta qiluvchining mijozga boshqa turdagi hizmatlar va axborot taqdim etishi: konsalting, sug'urta atamalari lug'ati va b. Internet-sug'urtada muhim pozitsiyalar o'zining sug‘urta xizmat ko'rsatish holatini onlayn kcrrib chiqish imkoniyati; onlayn-sug‘urtada xarajatlar pastligi yoki eng yahshi stavkalar onlayn-hizmatlar taqdim etuvchi kompaniyalami tanlash imkoniyati kengroq; havfsizlikning ortishi; o‘zining moliyaviy vaziyatini onlayn o‘zgartirish imkoniyati; sug‘urtaning moslashuvchanroq turlari; onlay-sug‘urta jarayonlarining yengillashuvi; mintaqadagi barcha sug‘urta qiluvchilaming xizmatlarini taqqoslash imkoniyati; o‘z qo‘li bilan imzo qo‘ymagan holda bitim tuzish imkoniyati. Saytlarda mijoz hizmatlar tavsifini oladi, berilgan tavsifhomalar bo‘yicha polis qiymatini hisob-kitobini amalga oshirish (sug‘urta kalkulyator), onlayn rejimida buyurtma jo‘natish, shuningdek, sug'urta hujjatlaridan nusxa olishi mumkin. Saytda konferensiya mavjud, shuningdek, firma maslahatchisiga saytdagi konferensiyada yoki elektron pochta orqali savol berish, tez-tez va ko‘p beriladigan savollaming javoblari bilan tanishib chiqish mumkin. Nostandart vaziyatlarda mukofotni hisob-kitob qilish uchun internet orqali so‘rov jo‘natish mumkin, sug‘urta bozori sharxlari, normativ hujjatlar taklif etiladi. Ayrim saytlarda polisni uzaytirish, sug‘urta holati haqida ariza to‘ldirish imkoniyati mavjud. Polisni internet orqali hand qilishda mijoz odatda chegirma — qoidaga ko‘ra, polisning bazaviy qiymatining 5% miqdorida chegirma oladi. Mutaxassislaming ma’lumotlariga ko‘ra, onlayn sug‘urta sug‘urta kompaniyalarming harajatlarini pasaytirishga imkon beradi. Shuning o‘ziyoq sug‘urta badallarini pasaytirishga imkon beradi. Tarmoq orqali tuzilgan shartnomalaming aksariyati bo‘yicha to‘lovlar an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Mijozlar polisni oldindan yozdirib olgan holda internet orqali kompaniyaga shartnoma uchun pul toMashga keladi yoki sug‘urta agentini chaqiradi (polisni berishda naqd pul bilan to‘lash). Polis ko4rsatilgan haqini to‘lab olish sharti bilan pochta orqali jo’natilishi mumkin. Uzoqda yashaydigan mijozlar to'lov summasi ko‘rsatilgan schyotni va kompaniyaning bank rekvizitlarini saytdan chiqarib olgan holda polis uchun tolovni bankda to‘lashi mumkin (bunda xizmatlar uchun qo‘shimcha foiz ko‘rinishida haq olinadi). Sug'urtaning hamma turlarini ham virtual ravishda amalga oshirib bo‘lmaydi. Shunday sug‘urta hizmatlari mavjudki, ulami avtomatlashtirib boMmaydi, shu sababli ulaming onlayn-savdosini tashkil qilishning ham imkoni yo‘q. Masalan, sug‘urta qiluvchi xarid qilingan sanoat obyektlari, nufiizli binolami shartnoma imzolangunga qadar albatta ko‘rib chiqishi va baholashi shart, aks holda unga qandaydir harobani aldab suqishlari murnkin. Ko'plab risklar ham, xususan, elektron tijorat sohasidagi risklaming aksariyati standartlashtirilmaydi. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qabul qilingan qonun elektron polislardan foydalanishga imkon beradi. Hamma narsa saytda rasmiylashtiriladi va raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Kuiyemi yugurtirish zarurati qolmaydi va bu harajatlami yanada pasaytiradi. Lekin buning uchun sertifikatsiya markazlari rivojlangan tizimi zarur va bu vositaning intemetdan foydalanuvchilar orasida keng tarqalishi talab etiladi. Sug^urta mahsulotini onlayn orqali sotishni tashkil etish Onlayn rejimida savdo nafaqat sug‘urta qiluvchilar uchun, balki sug'urta sohasidagi firibgarlar uchun ham yangi faoliyat maydoniga aylandi. Firibgarlikka qarshi kurash uchun asl da’volami qalbaki da’volardan farqlashga imkon beradigan yangi tehnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Davlat hukumat organlari sug'urta firibgarligiga qarshi kurash uchun tobora murakkab dasturlar ishlab chiqmoqdalar va bu jinoyatni sodir etganlik uchun jazoni tobora kuchaytirmoqdalar. Lekin bu jazo ko'pincha ko'riladigan foyda ko'lami bilan taqqoslanadigan darajada bo‘lib chiqmaydi va qo'lga tushish ehtimoli firibgarlami aslo to'htatmaydi. Onlayn rejimda sug'urta firibgarligining ikki hil turi mavjud - mijozlar tomonidan asossiz da’volar va sug‘urta qildiruvchi fantomlar, aslida mavjud bo'lmagan kompaniyalar. Tovami arzonroq harid qilishga intilish tufayli iste’molchi osonlik bilan firibgar-firmaning qurboniga aylanishi murnkin. Halol bo'lmagan mijozlar bilan kurashish uchun yirik sug'urta kompaniyalari firibgarlik holatlari ehtimolini aniqlash va ma’lumotlami tahlil qilishga qodir bo‘lgan dasturiy ta'minot ishlab chiqadi. Ko'pincha salomatlikni sug'urta qilish bo'yicha polislarda aldov uchraydi, chunki bunday da’volar ko‘pincha sug‘urta qiluvchiga internet orqali bildiriladi. Ko'pincha sug'urta qiluvchilar o'zini doktor deb ataydigan va qalbaki yozuvlardan foydalanadigan odamlardan ko'p sonli da’volar oladi. Elektron tijorat katta hajmdagi axborotlamnig tez tarqalishiga imkon beradi, shu sababli sug'urta qiluvchilar an’anaviy sotuv yo'llaridan voz kechishi va zarur hollarda intemet-savdo bo'yicha mutahassislami yollashi murnkin. Doimiy konsaltingga ehtiyoj bo'lmagan standart sug'urta bozorida ishlaydigan brokerlar intemetda ahborot qiymatining tushib ketishi bilan izohlanadigan jiddiy raqobatga duch keladi. Boshqa tomondan, professionallar maslahatisiz nostandart sug'urta mahsulotlari bilan savdoda narh va sug'urta qoplamini taqqoslash ancha qiyin bo'ladi va bu holatda brokerlar elektron tijoratdan moliya va risklami boshqarish sohasida konsalting hizmatlari sotish uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu ayniqsa, hayotni sug‘urta qilishda murakkab pensiya mahsulotlari, tijorat sug‘urtasi va integratsiyalangan risklami boshqarishga dahldordir.92 Elektron biznesning rivojlanish jarayonida yangi risklar paydo bo‘ladi va bu sug‘urta ehtiyojlarining o'zgarishiga olib keladi. Iqtisodiyotda mehnat taqsimotining o4sib borishi javobgarlikni sug'urta qilish, dengiz tashuvlari va kreditlami sug‘urta qilishga talabning o‘sishiga olib keladi. Ehtimol. mijozning ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan sug‘urta mahsulotlariga ham talab ortadi. Polisni internet vositasida sotish deganda turli sug‘urta kompaniyalari turli jarayonlami ko‘zda tutadi. To‘plangan axborot vositasida sug’urta polislarini internet orqali sotishning bir necha xil turlarini aniqlash imkoniyati mavjud. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling