Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot sug‘urtasi sohasidagi flribgarlik
- Sug‘urta firibgarligiga qarshi kurashda xorij tajribasi
J O‘g‘irlangan polis blankalaridan foydalanish;
J Blankalaming qasddan buzilishi va ulami hisobdan chiqarish - “polis ijarasi”; J Agentlar tomonidan sug‘urta mukofotining sun’iy ravishda pasaytirilishi; J Soxta blanka va muhrlardan foydalanish; J Sug‘urta kompaniyasini ogohlantirmasdan polisga qo‘shimcha haydovchilami qo‘shish; J Avariyani uyushtirish; J YTH fitnasi “podstava”; J Ikki marta sug‘urtalash va ikki marta qoplama olish; J YTH dan keyin polisni rasmiylashtirish; J Texnik tekshiruv natijalarini soxtalashtirish; J Tibbiy ekspertiza natijalarini soxtalashtirish; Hayot sug‘urtasi sohasidagi flribgarlik Sug'urta bozorida ham har qanday boshqa moliyaviy bozorlar singari sug‘urta firibgarligiga taalluqli iqtisodiy jinoyatlar yuzaga keladi. Sug‘urta bozorining huquqiy muammolarini asosan sivilistlar va kamdan kam hollarda jinoiy huquq organlarining mutaxasssislar tadqiq etishadi. Biroq sug'urta sohasida va umuman sug'urta firibgarligida jinoyatlar sonining o‘sishi xususan hayotga va jinoiy-huquq yo‘nalishini tadqiq etishga undaydi. Sug‘urta deganda yuridik va jismoniy shaxslaming qiziqishlarini qoplash uchun shakllantirilgan pul fondlari hisobidan, kelib tushgan sug‘urta mukofotlaridan sug‘urta shartnomasiga mutanosib ravishda sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta qoplamasini (sug‘urta summasi) toiash yo‘li bilan himoya qilish hisoblanadi. Sug‘urta faoliyati - sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyati tushuniladi. Sug‘urtaning 2 muhim tarmog4 i mavjud: umumiy va shaxsiy sug'urta. Shaxsiy sug'urta - sug‘urtaning bu turi, inson hayotiga, mehnat qobiliyatiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi risklardan sug‘urta himoyasiga ega boMishni ta’minlaydi. Qonunchilik talablariga muvofiq shaxsiy sug‘urtaning obyekti bo‘lib, inson hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq mulkiy qiziqishlar va sug‘urtalanuvchining yoki sug‘urtalangan shaxsning nafaqa bilan ta’minlanganligi tushuniladi. Sug‘urta, ma’lumki milliy xavfsizlik uchun muhim ahamiyat kasb etadi, tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar, ijtimoiy nizolar natijasida zarami qoplash nazarda tutiladi, bundan tashqari, moliya bozorining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. O‘z biznesining ishonchli himoyasi sifatida sug;urtalanuvchilar nafaqat sug‘urta biznesining tartib-qoidalarini, balki firibgar va tovlamachilaming qonunga xilof xatti-harakatlarini bilishi shart, bundan tashqari, bunday harakatlardan ogohlantirish huquqini himoya qilish amaliyoti va xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan. Sug‘urta firibgarligi — butun dunyo sug'urta kompaniyalari faoliyatining eng jiddiy muammolaridan biridir. Dunyo sug'urta sanoatida firibgarlik aniqlanmaganligi natijasidagi yo‘qotishlar, turli baholarda, haryili yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining umumiy sonidan o‘rtacha 15-20%ni tashkil qiladi. Milliy statistika jinoyatning bu turi bo‘yicha, ya’ni sug‘urta firibgarligi ko‘pgina mamlakatlarda o‘zining yuqori yashirinliligi sababli mavjud emas. Shaxsiy sug‘urta sohasidagi firibgarlik muammolari hozirgi sug‘urta bozori mutaxassislari ichida eng ko‘p muhokama qilinadi. Sug‘urta firibgarligi — bu ijtimoiy xavfli harakat bo‘lib. sug‘urtalanuvchilar (foyda oluvchilar) tomonidan bir o‘zi yoki sug‘urta kompaniyalari vakillari bilan yoki boshqa shaxslar sug‘urta shartnomasi tuzilganda yoki sug‘urtalangan shartnomasi amal qilish muddatida va begonaning mulkini o‘g‘irlash jarayonida (sug‘urta kompaniyalarining pul vositalari) yoki ishonchni suiste’mol qilish yoki aldov yoMIar bilan huquqini qo‘lga kiritish hisoblanadi. Firibgarlik shaxsiy sug‘urtada xavfli hisoblanadi, chunki bu tarmoqning sug‘urta jinoyatchiligidagi ulushi juda katta. Biroq shaxsiy sug'urta sohasidagi firibgarlik xavfi juda yuqori, chunki jinoyat bu yerda faqatgina firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, balki shaxsga qarshi jinoyat bo‘lib, bu esa jinoyat huquqida j inoy atning og‘ir turi hisoblandi. Jinoyatning kattagina qismi shaxsiy sug‘urta sohasida amalga oshiriladi. Bu yerda chet elga chiquvchilaming sug‘urtasini ajratib ko‘rsatish mumkin, (tibbiy falsifikatsiya va to‘lov hujjatlari). Tibbiy sug‘urtada turli xildagi uyushtirilgan shikastlanishlar va baxtsiz hodisalar tez-tez uchrab turadi. Jamg‘arib boriladigan hayot sug'urtasida yolg‘onlar va hujjatlami qalbakilashtirish tez-tez namoyon bo‘ladi. Sug‘urta sohasida amalga oshiriladigan firibgarlik, aniq holatda mulkka ega borimagan shaxs, (sug‘urta to‘lovlari, sug‘urta qoplamalari va boshqalar), yolg‘on usullami qo'llab yoki ishonchni suiiste’mol qilgan holda, noqonuniy, dalillarsiz, pul va boshqa ekvivalentga to‘g‘ri keladigan haqni to‘lamaslik, shunga o‘xshash noqonuniy moddiy foydaga ega bo‘lish uchun ko‘rsatilgan mulkka ega bo‘ladi. O'zbekistonda sug‘urta firibgarligining huquqiy tomonlari, nazariy jihatdan yetarlicha o‘rganilmagan, ilmiy asoslanlangan metodlaming aniqlanishi, ogohlantirish va sug‘urta firibgarlarini jazolash ko‘rsatilmagan. Firibgarlik harakatlari Sug‘urta firibgarligi - sug‘urta shartnomasi subyektlarining noqonuniy xatti- harakatlari tushuniladi, sug‘urtalanuvchiga yolg‘on yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan sug‘urta qoplamasini olish uchun qat’iyy belgilangan risk tahlilining kerakli miqdoriga qaraganda kamroq qismini to Mash uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi, sug‘urta mukofotlari (sug‘urta to‘lovlari), shuningdek sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida yoki sug’urta shartnomasini tuzishda kerakli ma’lumotlami yashirish, shuningdek sug‘urtaning qonun va qoidalarida yuzaga keluvchi kafolatlari, sug'urtalovchilar qarzdorliksiz sug‘urta qoplamasini rad qilishi. natijada sug‘urta shartnomasining subyektlari noqonuniy va beminnat imkoniyatni o‘z foydasiga qo‘lga kiritishadi. Boshqacha aytganda, sug‘urta firibgarligida uning subyektlari, mavjud jinoiy tarkib va boshqalardan tashqari, sug‘urta sohasidagi noqonuniy harakatlaming hamma turlari kiradi. Sug‘urta firibgarligining jinoyat tarkibi quyidagilami o‘z ichiga oladi: obyekt, subyekt, obyektiv va subyektiv tomonlari. Jinoyat huquqida jinoyat obyekti bo‘lib, aybdoming tajovuz qilishi oqibatida ijtimoiy munosabatlarining jinoyat qonunlarida o‘z aksini topgan jinoiy tarkibning bir qismi. Sug‘urta firibgarligining obyekti - bu sug‘urta shartnomasini tuzish va majburiyatini bajarish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir (sug‘urta qoplamasi to‘lashni ta’minlash). Sug‘urta firibgarligiga qarshi kurashda xorij tajribasi Avtosug‘urta bilan bog‘liq qallobliklar Rossiyadan ко‘га kengroq AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Sug‘urtachilar tomonidan to‘langan jami qoplamalarining 14-18% i firibgarlaming foydasiga to‘g‘ri keladi. Firibgarlikka qarshi kurash hozirgi kunda Birlashma (Coalition Against Insurance Fraud, CIAF), firibgarlik oqibatida AQSHda 14 mlrd $ zarar ko‘rilgan. AQSH (Insuranc Research Council) sug‘urta tadqiqotlar kengashi xabariga ko‘ra har uchta zarar ko‘rgan avtomobillarga kompensatsiya bo‘yicha talabnoma bir firibgarlikka to‘g‘ri keladi. Ekspertlar bahosiga ko‘ra AQSH sug‘urta kompaniyalari har yili yo‘l transport hodisasi bo‘yicha haydovchilaming javobgarligi bo‘yicha 6.5 mlrd $, jismoniy zarar bo‘yicha esa 2.7 mlrd $ kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirarkan. Yo‘l transport hodisasi tufayli sog‘lig‘iga toiovlar qay tarzda olinishi: AQSH sug‘urta tizimida „по-fault” qoidasi amal qiladi, bunga ko‘ra zarar ko‘rgan sug‘urtalanuvchiga aybdor kimligidan qat’iyy nazar ko‘rilgan zarar to‘lab beriladi. Bunday tizim sog‘liqni sug‘urtasida Personal Injury' Protection yoki PIP deb nomlanadi. Bu tizim bilan bog‘liq bo‘lgan firibgarchiliklar quyidagicha: yo‘l transport hodisasidan keyin sog‘lig‘iga yetkazilgan zarami to‘lanishi bo‘yicha da’volami berayotgan yo‘lovchilar avtomobilda umuman bo‘lishmagan. Sug‘urtalovchi kompaniya ko‘pgina bunday hollarda to‘lab berishgan. Bundan tashqari, qonunan, sug‘urtalangan shaxs baxtsiz hodisadan keyin 180 kun ichida sug‘urta tovonini olishni talab qilishi mumkin, sug‘urtalovchi esa 30 kun ichida yoki to‘lovni amalga oshirishi yoki rad javobini berishi kerak hisoblanadi. Ta’kidlanganidek, AQSH sug‘urta bozorida shaxsiy va tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha firibgarliklar anchaginani tashkil etadi. AQSHning bir qator shtatlarida shunday ahvolni ko‘rishimiz mumkin. Masalan Nyu-Yorkda 55%ni tashkil etadi. 2000 yilda yo‘l transport hodisalaridan keyin sog‘lig‘iga yetgazilgan zararlar bo‘yicha da’volar miqdori 33%ga ortdi. Oxirgi 10 yillikda bu yo‘nalishdagi firibgarlikliklar soni ham ikki barobarga oshganini ko‘rsatadi: 1995 yilda 4393tani tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib esa 12372 tani tashkil etdi. Bu har bir sug‘urtalanuvchidan olingan 100$ mukofotga 177$ firibgarlaming da’volari oqibatida to4 lab berilayotganligini bildiradi. Tabiiy ofatlar natijasida avtonwbillarni atayin yo ‘qotills hi 2005 yilda AQSHda yuz bergan kuchli to‘fondan key in yetkazilgan zararlar bo'yicha da’volaming ko'pchiligi avtomobillami yonib ketganligini sabab qilib ko'rsatishgan. Keyin bu avtomobillar yonib ketgan emas, balki boshqa shtatda sotilib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Germaniya, AQSH, Fransiyada ko‘pgina shunga o‘xshash hodisalar ro‘y bergan, bunga misol qilib, o‘z avtomobilini sug4urta qildirgan shaxslar sug'urta summasini olish maqsadida ularga atayin o‘t qo‘yib yuborashadi, surishtiruv paytlarida esa yolg'on guvohlik berishadi. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling