Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Sug‘urtalovchining investitsion jarayonlarda ishtirok etish shart-sharoitlari56
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
Sug‘urtalovchining investitsion jarayonlarda ishtirok etish shart-sharoitlari56
Sug‘urtalovchilar tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlar jamg‘arma hajmini oshiradi. Biznesni yuritish bilan bog‘liq xarajatlar, da’vo va aksiyador dividentlariga sarflangan to‘lovlar jamg‘arma hajmini kamaytiradi. Sug‘urtalovchi ko‘p yil davomida faoliyat ko‘rsatish uchun jamg‘armani yildan-yilga mustahkamlab borishi zarur. SHu bilan birga kompaniya menejerlari bu mablag‘larni bank depozitida ma’lum foiz olish maqsadida ushlab turishadi. Agar menejerlar jamg‘arma mablag‘larini bank kabi turli ob’ektlarga investitsiya qilsalar, ular katta daromad olishlari mumkin. Bank foiz to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan mijozga berishi ham mumkin. Mijozdan olingan pul mablag‘lari omonatchi to‘lovini va bank xarajatlarini qoplashi lozim. SHuningdek sug‘urta jamg‘armaning menejerlari bevosita qar berishi mumkin. Sug‘urtalovchilar bank bo‘lmaganligi tufayli ular bu ishni aksiyalar sotib olish orqali amalga oshiradi. Sug‘urtalovchilar o‘zlari mas’ul bo‘lgan jamg‘armalar mablag‘larini boshqa usul bilan ham joylashtiradi. Masalan ijaraga berish va ob’ektlarni qurish, shuningdek turli moliyaviy instrumentlarni ishlatish usullari orqali amalga oshiradilar. 1979 yildan boshlab yangi tashkil etilgan sug‘urta kompaniyalarga bir vaqtning o‘zida umumiy sug‘urtalash va hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanish taqiq etilganligi to‘g‘risida qonuni harakatga tushgan edi. Mavjud bo‘lgan ko‘p tarmoqli kompaniyalar faoliyatning ikki turini alohida alohida olib boradi. Bu holat mantiqiydir. CHunki mazkur sug‘urta jamg‘armalar mohiyatan bir-biridan farqlanadi. Hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq mablag‘lar uzoq vaqt davomida yig‘iladi. Agar jamiyat barqaror bo‘lib jamg‘arma oqilona boshqarilsa, unda jamg‘armaning faqat oz qismi to‘lovlarga sarflanadi. SHunday qilib hayot sug‘urtasi jamg‘armasining boshqaruvi uzoq muddatli xususiyatiga ega. Demak uning mablag‘larini qisqa vaqt ichida foyda keltirmaydigan, masalan, aksiyalarga, ko‘chmas mulkka va boshqa yo‘nalishlarga jalb qilish mumkin (bunday holatda mablag‘lar besh yigirma besh yillar davomida kapital o‘sishini va yaxshi daromad kelishini ta’minlaydi). Agar bunday investitsiyalar yuqori likvidli instrumentlarga bo‘lgan qurilmalar bilan balanslangan bo‘lsa, unda qurilmalarning barchasi (portfel) hayotni sug‘urtalash bo‘yicha kompaniyalarning investitsion siyosatini optimallashtiradi. Menejerlarga sug‘urta da’vosi bo‘yicha muddatli to‘lovlarni amalga oshirish uchun etarli bank hisobidagi pul yoki yuqori likvidli aktivlar kerak. Qolgan zahiralarni ular o‘z hoxishiga ishlatishi mumkin. Ishonchlilik va daromadlilik rejalashtirish jarayonini ta’riflarcha ikki bosh omil hisoblandi. Ishonchlilik deganda, mablag‘lar ishonchli boshqariladigan kompaniyalarga yoki muvaffaqiyatli bo‘ladigan loyihlarga kiritish tushuniladi. Hatto yuqori foyda keltirishni va’da qilgan spekulyativ yoki riskli korxonalarga malbag‘larni kiritmoqchi bo‘lgan menejerlar o‘ta mas’uliyatsiz ishga qo‘l urgan bo‘lar edi (risk mavjud holatda mazkur kiritmalar iqtisodiy konyuktura, ijtimoiy yoki siyosiy omillar o‘zgarishi natijasida qolib ketishi mumkin). Daromadlilik jamg‘armaga kelayotgan joriy pul oqimini ta’minlash uchun zarur. ba’zida menejerlarga o‘ta riskli holatda mablag‘larni kiritish evaziga yuqori daromad olishni va’da qilishadi. Bunday holatlardan investorlar o‘zini saqlashi lozim. Investitsiyalar bo‘yicha sug‘urta kompaniyalarining menejerlari doimo yuqori daromad olishdan manfaatdor bo‘lganligi tufayli nazarda tutilgan barcha kiritmalar ishonchlilik nuqtai nazarda ko‘rib chiqilishi lozim. Umuman olganda hayot sug‘urtasi jamg‘armalari investitsiyalarning quyidagi holatlarini qayd etish mumkin: shartnomalar uzoq muddatli bo‘lishi lozim: qo‘yilgan xatolar sug‘urtalanganlarga zarar keltiradi. shuning uchun sug‘urta mukofotlarining tushishi barqaror va doimiy bo‘lishi lozim. Xarajatlar ularning miqdori va vaqt doirasida taksimlanishiga nisbatan asosli va sinchkovlik bilan baholanishi lozim; ular favkulotda kerak bo‘lganda jamg‘armalarga murojaat etish xsusiyatidan xoli bo‘lishi lozim; Inqiroziy risk ehtimolligi minimallashtirilishi lozim; Sug‘urta mukofotlari polis xarakati davomida olingan foydani hisobga oladi. Xayot sug‘urtalash jamg‘armasi o‘zining to‘lovligini o‘z investitsiyalari va sug‘urta kompaniyalaridan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplaydi. SHuning uchun ishlab olingan mablag‘ sug‘urta mukofotlarini hisoblashda nazarda tutilgan summaga to‘g‘ri kelishi lozim; Investsion siyosat anderrayting bo‘yicha faoliyat kabi muhimdir. Sug‘urtalanuvchilar manfaatida boshqarilidigan xayot sug‘urtasining katta miqdordagi zaxiralar umumiy sug‘urtalash kompaniyalarining zaxiralaridan ancha ko‘pdir; SHartnomalar uzoq muddadga ega bo‘lganligi sababli sug‘urta to‘lovlarini hiosob-kitob qilishda inflyasiya bilan bog‘liq jarayonlarni ham e’tiborga olish lozim; Kafolatlangan sotib olinuvchi annuitetlar va naqd pul bilan to‘lov imkoniyati bor annuitetlar va daromad kuponlari investitsiyalarga nisbatan boshqacha yondoshuvni, masalan , katta likvidlilikni talab qiladi. Bunday xususiyat itnvestitsiyalar sohasida ba’zi bir oqibatlarn belgilab beradi: SHartnomar uzoq muddadli (60 yildan ko‘proq muddad) bo‘lganligi sababli hayot sug‘urtasi jamg‘armalari oddatda o‘z mablag‘larini uzoq muddadli qimmali qog‘ozlarga kiritadi; hayot sug‘urtasi jamg‘armalari kompaniyalarining daromadlari xarajatlaridan ko‘p bo‘lganligi sababli va barcha sug‘urta qoplamalar, zararlar va shu kabilar mukofot va investitsiyalardan kelgan daromad hisobidan to‘lanilishi bo‘lganligi sabali xayot sug‘urtasi jamg‘armalarini qisqaa muddadli qimmatli qog‘oozlarga kiritish kerakligiga talab qolmaydi: aktuariylarning tarjibasi shundan dalolat beradiki, polislar bo‘yicha mas’uliyat xaraktining tugatish muddadini investitsion prtfeldagi bitimlar xarakatinining tugatish muddadlari bilan kelishish xayot sugurtasi kompaniyalari uchun eng qo‘llay siyosatdir. Nazariyadan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qisqa muddadli bitimlarda xato qilmasdan uzoq muddadli bitimlarda xato qilish yaxshiroq. Xayot sug‘urtasining aksariyat investitsiyalari o‘rta va uzoq muddad, pensiya jamg‘armalari kiritmalari qisqa muddad asosida tuziladi. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling