Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati va uni amalga oshirishning nazariy va huquqiy asoslari
2-MAVZU: SUG’URTA TASHKILOTLARINING INVESTITSIYA FAOLIYATI
REJA: Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati va uni amalga oshirishning nazariy va huquqiy asoslari Sug‘urtalovchining investitsion jarayonlarda ishtirok etish shart-sharoitlari Pay fondiga va umumiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta zahiralarini investitsiyalash Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati va uni amalga oshirishning nazariy va huquqiy asoslari Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu faoliyatdan sug‘urtachining olgan daromadlari ayrim sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini bermoqda. SHu nuqtai nazardan sug‘urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali olib borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi. Sug‘urtachi sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin54. Bunday daromadning manbalari: - depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari; - regress tartibida olingan summalar; - asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda; - ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar; - sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari; - o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan to‘lovlar hisoblanadi. Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan daromadlari asosan o‘z filiallariga ish qog‘ozlarini (hisobot blanklari va shu kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi. Sug‘urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug‘urta tashkilotining kattaligiga bog‘liqdir. Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini aniqlash murakkab kechadi. SHuningdek, sug‘urta tashkiloti ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi. Ma’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi yoki hisob raqamiga egaligiga ko‘ra) o‘rtasida mas’uliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir. Sug‘urta faoliyati – sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida sug‘urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos iqtisodiy faoliyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko‘ra qoplama to‘lashning ilmiy asoslanganlik (o‘rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini belgilash va ko‘rilgan zararni sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash maqsadga muvofiqdir. Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir. Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Aynan shu yil bo‘yicha sug‘urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi mumkin. Zaxira fondining mablag‘i etishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan daromad hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta ko‘rib chiqish zarur. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, qayd etish kerakki, sug‘urtaning ko‘p turlari bo‘yicha amalga oshirilgan sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. SHunga asoslanib, tariflarni oshirish emas, balki uning tarkibini o‘zgartirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug‘urtalovchi (xalqaro terminda «sedent») qayta sug‘urtalash mukofotining ma’lum qismini yoki hammasini deponentga o‘tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri tugashi hamda sug‘urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug‘urtalovchi hisobiga o‘tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo‘ladi55. SHunday kafolat berilishi qayta sug‘urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi. Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug‘urta tashkiloti o‘z mijozi manfaatlarini himoya qiluvchi vakil sifatida sug‘urta hodisasiga sababchi bo‘lgan aybdor shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham egadir. Odatda regress tartibidagi summa sug‘urtachi o‘z kafilligini bajarib bo‘lganidan keyin undiriladi. Bunday faoliyat natijasida undirilgan summa sug‘urta tashkilotining sug‘urta ta’minoti to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling