Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Pay fondiga va umumiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta zahiralarini investitsiyalash57
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
Pay fondiga va umumiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta zahiralarini investitsiyalash57
Pay jamg‘armasi bilan bog‘liq sug‘urta hayot sug‘urtasining o‘ziga xos turi hisoblanadi. Pay jamg‘armasi omonotchilar o‘zlarining investitsiyalari haqidagi qarorini professional menejralarga topshiradi. Agar investor uchta katta bo‘lmagan summaga ega bo‘lib uni investitsiya qilmoqchi bo‘lsa, u o‘ziga mos jamg‘armalarni tanlab olishi mumkin va o‘z omonatlarini bir nechta kompaniyalar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Buni yirik investor ham amalga oshirishi mumkin. U o‘zida omonatlarini turli ixtisoslashtirilgan jamg‘armalarga joylashtiradi. Bu tarzda investitsiya qilingan mablag‘lar oddiy hayot sug‘urtasi jamg‘armalaridan o‘zining shartnoma mazmuni bilan ajralib turadi. Masalan: - investitsiyadan olingan foyda kafolatlanmagan. Olingan sug‘urta mukofotlari (boshqaruvga ketgan xarajatlar va sug‘urtalanuvchilarga sarflangan summalarni chegirib tashlangan holda) o‘z paychilari uchun to‘lovga mo‘ljallangan turli aktivlarni qamrab olgan pay jamg‘armalarini sotib olish uchun ishlatiladi. Paylarning va jamg‘armaning asosiy aktivlari miqdoriga qarab foyda miqdori katta yoki kichik bo‘lishi mumkin; - turli jamg‘armalar turli darajadagi risklarni taklif etishadi: ya’ni; risk qancha yuqori bo‘lsa kutilayotgan foyda shuncha ko‘p bo‘ladi va aksincha. O‘ta ko‘p turli xil takliflar qisman shu bilan izohlanadi; - raqobat daromadlilikka ta’sir qiladi. YA’ni maksimal foyda unga bog‘liq bo‘ladi. Ammo aksariyat hollarda ixtisoslashgan jamg‘armalarning vazifalariga muvofiq bo‘lishi mumkin; - polis egalari o‘z mablag‘larini bir jamg‘armadan ikkinchi jamg‘armaga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lganda paylarni birinchi talab qilganda sotib yuborish kerakligi yuzaga kelishi mumkin; - paylarga erishish oson bo‘lgan jamg‘armalarga asosiy investitsiyalarni cheklash uchun jamg‘armani doimiy ravishda (ko‘p holatlarda – har kuni) baholash lozim. Hayot sug‘urtasi zahiralaridan farqli ravishda umumiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta zahiralarining investitsiyalari mutloqo boshqacha tartiblanishi lozim. Har yili zarar va sug‘urta qoplamasiga sarflanayotgan umumiy sug‘urtaning sug‘urta zahirasining ulushi hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta zahirasi ulushidan sezilarli ravishda ko‘pdir. Sug‘urtada sug‘urta mukofotidan kelayotgan daromad ancha kamdir: aksariyat shartnomalar qisqa muddatlidir. YA’ni bir yil mijozlar har yili sug‘urtalovchini o‘zgarishi mumkin. Investitsiyaning mazkur turining o‘ziga xos xususiyatilari quyidagicha ta’riflanishi mumkin: - zahiralar miqdori sug‘urta mukofotlariga qaraganda hayot sug‘urtasidagidan ancha kam; - iqtisodiy qiyinchilik davrlarda sug‘urta qoplami o‘sish tendensiyasiga ega. Mijozlar mulkni beparvolik bilan ishlatishga majbur bO‘ladi, transport vositalarini ishlatishda past xarajatlarga o‘rganib qoladi va hakozo; - noqulay omillar ko‘p hollarda hayot sug‘urtasiga nisbatan katta ahamiyatga ega; - qayta sug‘urtalashga qaramasdan halokatli risk yuzaga kelishi mumkin. bu esa katta hajmda pul mablag‘larni tezkorlik bilan to‘lab berishni taqozo etadi. Oldini olish investitsiyaning ba’zi bir tamoyillari hayotda qo‘llaniladigan hayot sug‘urtasi tamoyillari bilan mos keladi. SHu bilan birga qo‘shimcha holatlar ham mavjud: - sug‘urta qoplamasini to‘lob berishda pullarning naqdligi katta ahamiyatga ega. Bu esa investitsiyalar qisqa muddatga kiritilishi yoki bo‘lmasa ularni oson va tez pulga aylantirib olishni talab qiladi. Masalan, moddiy mulkka kiritilayotgan investitsiyalar bu maqsadlarga to‘g‘ri kelmaydi. SHu bilan birga ba’zi sug‘urta e’tirozlari masalan, mas’uliyatlikni sug‘urtalash bilan bog‘liq e’tirozlar uzoq vaqt davomida to‘liq to‘lanmay turishi mumkin. SHu munosabat bilan investitsiyalar qilinmay turishi mumkin, ammo ular real qiymatini saqlab qolishi va daromad keltirishi lozim. Mazkur daromad yig‘ilishi va qoplamani to‘liq to‘lab berishi uchun kerak bo‘ladi. SHuningdek halokatlik risk qisqa muddatli portfelida qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarni ushlab turishga olib keladi. Mazkur qimmatli qog‘ozlarning kursi kam tebranish xususiyatiga ega bo‘lib, kapitalning yo‘qotish ehtimolini kamaytiradi58. Halokatli riska kelganda ba’zi bir olimlar uni investitsion sohadagi echimlarda inkor qilishni tavsiya etadi. Asosiy g‘oya shundan iboratki, katta summa kerak bo‘lib qolganda bankdan overdraft olish maqqulroqdir. overdraft qiymati uzoq vaqtdan keyin majburiy yuqori likvidlik bilan bog‘liq bo‘lgan omonat foizidan yo‘qotishlardan kamroq bo‘ladi. Bunday overdraft aktivlar bilan muvozanatlashgan bo‘lishi lozim. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling