Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
-MAVZU. SUG‘URTA MENEJMENTI VA PERSONALNI BOSHQARISH
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
4-MAVZU. SUG‘URTA MENEJMENTI VA PERSONALNI BOSHQARISH
Menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati va mazmuni Menejment - bu inglizcha so4z boriib, ingliz tilining Oksford lug‘atida unga “boshqaruv hokimiyati va san’ati”, “resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi”, deb ta’rifberilgan. Ushbu har bir kategoriyalarda iqtisodiy qaror qabul qiluvchi shaxsga rentabellikning notekis ko‘tarilish sabablari ko‘rsatilgan va shuningdek, qaror qabul qiluvchiga tushunchalaming xilma-xillik sabablari tushuntirilgan. Birinchi segmentda birinchi obektiv vazifa botiqlik boshqalarida esa menejerlaming riskka qarshi o‘zini qanday tutishi haqida gap ketgan. Biz bu har bir nazariyani tushuntirish bilan boshlaymiz59. Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya’ni resurslami, insonlami boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o'ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud: Menejment 25.1 -jadval Yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashadi. Zero, ishlab chiqarish (xizmat) uchun resurslar to‘g‘ri tanlangandagina va ulardan samarali foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng awalo, tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qaromi qabul qila olishga hamda bu qaroming bajarilishini nazorat qila olishga bog'liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi. Risk menejmenti mijozlarga to‘liq xizmatlar yig‘indisini taklif etish imkoniyatini beradi, risk va sug‘urta sohasidagi masalahat sifatidagi sug‘urtalovchilarga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Bu esa ularga boshqa oddiy, chegaralangan sug‘urta xizmatlarini taklif etuvchi sug‘urtalovchilarga nisbatan katta imtiyoz yaratadi. 7 Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo‘lsa, uning narxi shuncha baland bo‘ladi va binobarin, uni sotib olmoqchi bo'lganlar shuncha kam bo‘ladi. Iqtisodchilar buni narxlaming cheklovchilik samarasi deb ataydilar. Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safini ko‘paytirishga, narxning tushishi esa ishlab chiqaruvchilaming kamayishiga, ulaming bir qismini bozordan bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar narxlaming bunday ta’sirini ishlab chiqarishga turtki vazifasi deb ataydilar. Foydaga ta'sir etuvchi bu uch unsuming mohiyatini tushungan boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va ishchan qaromi qabul qila olishi mumkin. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment kundagina namoyon bo‘lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, sodda qilib aytganda: Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Riskni boshqarishni asoslash va tashkil qilish menejmentda muhim o‘rin egallaydi. Amaliyotda moliya-sanoat, xolding kabi diversifikatsiyaning shakllari qo‘Ilanib kelinmoqda Difersifikatsiya - bu bir nechta ob’etlar o‘rtasida riskni taqsimlash. Sekyutritizatsiya - bu kreditlash operatsiyasini ikki qismga bo‘lish: J kredit berish shartini ishlab chiqish; J shartnoma tuzish. Limitlash - bu investitsiyaning miqdor chegarasini belgilash. Asoslashning bir nechta nazariyasi mavjud. Riskni boshqarishni motivlash deganda bozor subyektlari, davlat tashkilotlari riskni kamaytirish borasida ish olib boradi. Motivlash - odamni xarakatga majbur qiluvchi talab. Riskni boshqarishga rag‘batlantirish subyektlariga riskni kamaytirishga undash. Davlat bozor subyektlarining xarakatini risk miqdorini kamaytirishga motivlash turli usullar bilan amalga oshiriladi: huquqiy normalar bilan (ba’zi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berish yoki takiqlash) ma’muriy yo‘l bilan yong‘in nozirlari va texnik nazorati idoralari bilan), soliq siyosati bilan. O‘z navbatida korxona o‘z ishchilarini risk natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini kamaytirishga motivlash lozim. Bu ishchilar mehnat xaqiga mukofot, qo‘shimcha ish xaqi to‘lash usullari bilan amalga oshiriladi. Sug‘urta sohasida ham motivlash usullari qo‘llaniladi. Sug‘urtada zara miqdorini kamaytirish maqsadida sug‘urta qilingan mamlakat sug‘urta qilingan mol- mulk egasi moLmulki zarardan asrab qolish chora-tadbirlarini qo‘llashi lozim. U tomomnidan qilingan xarajatlar sug‘urtachi tomonidan qoplab beriladi. Amaliyotda korxona va tashkilotlaming mol-mulk sug‘urtasida avtoronsport egalarining javobgarligi sug‘urtasida motivlash uchun bonuslar ishlatiladi. Aksincha, sug‘urtalanuvchi qasddan sug'urtadangan mulkka zarar yetkazgan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasi to'lanmaydi. Boshqaruv samarasini oshirish uchun riskni boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilinishi lozim. Riskni boshqarishni tavshkil qilish - bu riskdan himoyalanish vositasi sifatida tizim shakllantirishdir. Tashkil qilish maqsadga erishish vositasi sifatida quyidagi instrumentlardan foydalaniladi: Bo‘iimlarga bo‘lish, ulami ixtisoslashishi, motivlash, hokimiyat yo4lboshchilik, konflikt. Tashkil qilishning muhim tomoni riskni boshqarish bo‘yicha majburiyatni taqsimlashdir. Riskni boshqarish borasida majburiyatni taqsimlashda biron bir holat yuz berganda ishchilaming nima ish bilan shug‘ullanishi, ish faoliyatining qaysi sohasiga javob berishni belgilanadi. Riskni boshqarish texnologiyasi menejmentda muhim o‘rin egallaydi. Riskni boshqarish texnologiyasi bu malaka va ko‘nikmalami, jihozlami infrastrukturani instrumentlami, texnik bilimlami umumlashtirib qarashdir. Kommunikatsion va ma’lumot jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari riskni boshqarishni tashkil qilishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Global risklami boshqarish xavsizlik kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Uning funksiyasiga riskni o‘z vaqtida topish va global riskni boshqarish kiradi. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling