Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta menejmentining funksiya va vazifaiari
- Sug‘urta kompaniyalarida xodimlar bilan ishlash menejmenti
Bundan tashqari:
Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosiy risklami boshqaradi; Mudofaa vazirligi tashqi harbiy risklami boshqarish; Tashqi aloqalar vazirligi tashqi iqtisodiy risklami boshqarish; Moliya vazirligi tashqi va ichki moliyaviy risklami boshqarish bilan; Favqulotda holatlar idorasi tabiiy ofat bilan bog‘liq risklami boshqarish; Ichki ishlar vazirligi ichki ijtimoiy risklami boshqarish bilan shug‘ illanadi. Korxona kesimida korxonada birinchi shaxs global risklami boshqarish bilan shug‘ullanishi lozim. Tijorat direktori bozor faoliyati bilan bog‘liq risklami boshqarish bilan shug‘ullanishi lozim. Tijorat direktori bozor faoliyati bilan bog‘liq risklami boshqarish, bosh muxandis texnogen risklami boshqarish, moliyaviy direktor moliya va investitsiya risklarini boshqarish bilan shug‘ullanadi. Boshqaruv qarorini tayyorlashga qaromi qabul qilgan shaxs boshchilik qiladi. Qaromi tayyorlash shaxs muammosini aniqlashi, muammoni yechish bo‘yicha vazifani belgilashi zarur. Riskni boshqarish bo‘yicha qaror tayyorlashda quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin: qaror qabul qiluvchi shaxs qanaqa ma’lumotga ega; ma’lumotning noaniqlik darajasi; riskni boshqarish bo'yicha qaror qabul qilish jarayonida qanaqa vositalar va resurslarga ega; son miqdorining kattaligi, obyekt turi; qaromi qabul qilinishi yoki qilinmasligi qanaqa natijaga olib kelishi mumkin; riskni boshqarish bo‘yicha qaror tayyorlovchining malakasi; Riskni boshqarishda nazorat va javobgarlik ham muhim o‘rin egallaydi. Riskni boshqarishni nazorat qilish ostida quyidagi jarayon nazarda tutiladi; o‘ziga xos faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona uchun riskni qabul qilish mumkin bo'lgan darajasi; riskni boshqarishni tashkil qilishda qo‘yilgan maqsadga erishiladi; faktni aniqlash va tashkilot faoliyatida risk muammosini belgilash; Menejmentda nazorat bir aktivli yoki jarayoni bo‘lishi mumkin. Bir aktivli tartibda riskni boshqarishni nazorat qilish bu alohida chora tadbirlar: risk-muammoni aniqlash yo‘nalishi; tashkilot riskini boshqarishda haqiqatda qo‘yilgan maqsadga erishganligini tekshirish va tasdiqlash, tashkilot mavjud riskni o‘zi boshqara olishi mumkin; tashkilotning riskni boshqarish tizimidagi muammoni aniqlash. Riskni boshqarishni jarayonli nazorati-bu riskni boshqarishni vaqt va fazo bo'yicha tekshirilishi yig‘indisi. Bunda nazoratga katta e’tibor beriladi. Ammo bundan tashqari nazoratni loyihalashtirish xavfli va quyidagilarga olib kelishi mumkin: soha faoliyatini chegaralash mumkin; samarasiz shtatlaming sonini ortishi va nazorat bilan shug‘ullanuvchi ishchilar soni oshishga olib kelishi mumkin; muomala xarajatlarining ortishi natijasida mahsulotning raqobatbardoshligi susayishi mumkin. Riskni boshqarish bo‘yicha qaromi qabul qilish va bajarish uchun javobgarlik riskini boshqarish samarasini oshirish muhim omildir. Riskni boshqaruvchi menejer boshqaruv qarorini tayyorlashda javobgarlik darajasini belgilashi lozim. Menejer javobgarligi, qaror qabul qilib zararga yo‘l qo‘yilmasa paydo bo‘ladi. Sug‘urta menejmentining funksiya va vazifaiari Sug‘urta menejmenti funksiyalari ko‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli ulami muhim belgilar bo‘yicha turkumlarga ajratib o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiya va mazmunini o‘rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun o'ta muhimdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoy on bo‘ ladi. G‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini turkumlashda eng awalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat; rag‘batlantirish (motivatsiya). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo‘g'inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi. Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni tartibga solish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rag‘batlantirish barcha funksiyalar jarayonida o'z aksini topadi60. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo‘ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo‘yiga (vertikal tomondan), ham eniga (gorizontal tomondan) qamrab oladi. Sug‘urta menejmenti funksiyasini turkumlashning ikkinchi yondashuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo‘yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g‘arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo4magan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo‘shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish; marketingni boshqarish; moliyaviy boshqarish; sifatni boshqarish; mehnatni boshqarish; xodimlami boshqarish; innovatsiyani boshqarish va hokazo. Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi. Sug‘urta menejmentining yuqoridagi sanab o‘tilgan asosiy funksiyalari ulaming ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidagi o‘mi o‘ta muhim va zarur bo‘lganligi tufayli yanada batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Sug‘urta menejmenti faoliyatining turlariga ko‘ra, funksiyalar quyidagicha boiadi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari; ya’ni: mablag* laming doiraviy oborotini amalga oshirish; mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish; marketing xizmatini uyushtirish; foyda olishni ta’minlash; boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlaming uy-joyga ehtiyojini, ehtiyojlarini qondirish: moddiy rag^atlantirishni ta’minlash; ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k. boshqarishning ma’naviy - ma’rifiy funksiyalari, ya’ni: -xodimlami insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o'zaro munosabatlarda sabr- toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash; -xodimlami Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, adolat tuyg‘usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish. boshqarishning tashkiliy funksiyalari61, ya’ni: -ishlab chiqarishni tashkil qilish; -o‘zaro aloqalami o'matish va muvofiqlashtirish; -barcha bo‘g‘in va bo‘limlar o‘rtasida vazifalar taqsimoti, huquq berish va boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida mas’uliyatlami belgilash; -boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko‘p unsurlardan, komponentlardan iborat bo'lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun boshqarish jarayonida ulaming birortasi e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Sug‘urta menejmentining funksiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektorga) kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashganligidan mahalliy ishlab chiqarish - hududiy kompleksiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko‘zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir bo‘lgan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz tarmoq «yo‘qoladi», yagonatexnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taalluqli boshqa masalalami hal etish qiyin bo‘ladi. Biroq, ayni vaqtda, boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalami o‘matilishini ta’minlaydi. Hududiy funksiyalar idorachilik govlarini yo’qotish, noratsional tashuvlami kamaytirish va pirovardida, samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi. Yuqorida qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning o‘ziga xos aniq funksiyalari ham bor. Sug‘urta menejmentning o‘ziga xos aniq funksiyalari deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga konkret biriktirilgan ishlar, mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmuasi tushuniladi. Tegishli funksiyalaming to‘la-to‘kis va sifatli bajarilishi uchun ishlab chiqarishning muntazam yoki umumiy rahbarlari-direktor, uning o‘rinbosarlari, bo‘gin va bo‘limlar boshlig‘i, shuningdek, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari rahbarlari - kadrlar bo‘limi boshlig‘i, reja-iqtisod bo‘limi boshlig‘i va boshqalar mas’uldirlar. Bu vazifalar tashkiliy boshqaruv orqali hal etiladi. Buning obyektlari: boshqaruv tizimlarini hamda struktura (tuzilma)larini shakllantirish, boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini va boshqa qoida yoki tartiblami (reglament) ishlab chiqishdan iboratdir. Sug‘urta boshqaruvining funktsiyalarini rivojlantirish ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullar yordamida amalga oshiriladi. Qarorlaming qabul qilinishi odatdagi va istiqbolli boshqarishning muhim obyektlari bo'lishi mumkin. Istiqbolli boshqarishda uzoq muddatli maqsadlami qo‘yish sug‘urta kompaniyasining kelajakda hayotiyligini ta’minlash yo‘llarini belgilab beradi. 4 Joriy boshqaruvda muayyan vazifalami hal qilish; 4- Ulami insoniy, moddiy, axborot va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayonini muvofiqlashtirish; 4 Erishilgan natijalar bo‘yicha tahlil va nazoratni ta’minlash; 4 Zarur hollarda tegishli tuzatishlar kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qilish. Sug‘urta faoliyatining joriy va istiqbolli boshqaruv obyektlari: Sug'urta tashkilotini boshqarish; sug‘urta tashkilotining asosiy parametrlarini tanlash; sug‘urta xizmatlarining turlari va hajmini aniqlash; sug'urta sohasida zarur insoniy va moddiy resurslami rivojlantirish; marketing faoliyatini asosiy yo‘nalishlari; o‘zaro tuzilmaviy bo'linmalari; hududiy tarmoq boshqaruvi tizimi; yangi sug‘urta mahsulotlarini yaratish; nazorat qilish vazifalari; boshqa masalalar; Marketing boshqaruv - reklama, sug'urta bozorida axborot va sug'urta xizmailari, sug'urta tashkilotiga bo'lgan yangi turdagi takliflarni yig'ish joriy va istiqbolli bozor sharoitlari, raqobatchilar haqida ma’lumotlar to'plash, tahlil qilish va qayta ishlash bo 'yicha vazifalar bilan shug 'ullanadi; Kadrlar boshqaruvi - kadrlarni tanlash, joylashtirish, ularni malakasini oshirib borish, haq to'lash va imtiyozlar belgilash, xodimlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iborat; Xatarlarni boshqarish - xatarlarni aniqlash, xatarlarni baholash, xatarlarni boshqarish joyini tanlash, xatarlarning boshqarishni amalga oshirish, natijalarni baholash va xatarlarni boshqarishda uning huquqiy jihatlarini belgilash; Sug'urta kompaniyasi boshqaruvining barqarorligi: sug‘urta kompaniyasining byudjet va moliya rejasini tuzish; uning moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash; sug‘urta zaxiralarini joylashtirish va uni oshirish tizimini ishlab chiqish; mablaglami investitsiyalashtirish; hozirgi va kelgusidagi moliyaviy holatni baholash; Normativ stavkalaming Davlat sug‘urta nazorati tavsiyalariga muvofiqligi; vakolatli tarif siyosati va qayta sug‘urtalash tizimiga o‘tkazish. Sug'urta xavfsizligini boshqarish: sug'urta tashkilotining tijorat siri bilan bogliq ko‘rsatkichlarini qayta ishlash; xodimlarga iqtisodiy va texnik uquvlar o‘tkazish va ulami sinovdan o‘tkazish; ma’lumotlami muhofaza qilish va ulardan noqonuniy foydalanishdan himoya qilishda kompaniya xodimlari va ofis xavfsizlik tizimi mas’uliyatini oshirish62. Ushbu maqsadga erishish, ya’ni odamlaming birgalikdagi faoliyati, natijasida amalga oshiriladi, ulaming faoliyatini muvofiqlashtirish (muvofiqlashtirish vazifasi bir rahbar, shuningdek har qanday xodim sifatida bu maqsadni bajarishda foiz muayyan natijalariga erishmoqda. Bu vazifani bajarishda mehnat turtki (asoslash xususiyati) yordam beradi. Sug‘urta kompaniyalarida xodimlar bilan ishlash menejmenti Bugungi amaliyotda xodimlarni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud: Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling