Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja


Download 248.04 Kb.
bet14/32
Sana18.06.2023
Hajmi248.04 Kb.
#1592987
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
СУҒУРТА МАВЗУЛАР

Mehnatga bo ‘Igan munosabati^ yq ’ni

  • berilgan topshiriqqa bo‘lgan mas’ullikni sezish darajasi;

  • kishilarga bo‘lgan e’tiborliligi;

  • o‘zining va boshqalaming intizomiga bo‘ Igan talabi;

  • ishidagi estetik (badiiy) daraja.

Bilim darajasi va ish tajribasi, ya ’ni:

  • egallayotgan lavozimiga ixtisosligining mos tushishi;

  • sug‘urta faoliyatini boshqarishning obyektiv asoslarini bilishi;

  • boshqarishning ilg‘or usullarini bilishi;

  • mazkur kompaniyadagi ish staji;

  • omilkorligi;

  • yangilikni xis qila olish tuyg'usi va h.k.

Tashkilotchilik Qobiliyati, ya 'ni:

  • boshqaruv tizimini tashkil qila olishi;

  • o‘z mehnatini tashkil qila bilishi;

  • ishchan majlislami olib bora olishi;

  • o‘z imkoniyatlarini va mehnatini baholay olishi;

  • boshqalar imkoniyati va mehnatini baxolay olishi.

Odamlar bilan ishlav olishi, va ’ni:

Hujjatlar va gxborotlar bilan ishlay. olishi, ya ’nh

  • maqsadni aniq va qisqa qo‘ya bilishi;

  • farmoyish, buyruq va amaliy xatlami tuza bilishi;

  • hujjatlami o‘qiy olish qobiliyati;

  • topshiriqlami aniq bera olishi;

  • zamonaviy kompyuter texnologiyalarini bilishi va ulami o‘z ishida qo‘llay olishi;

Ma ’ngyiy^gxlggiy xislatlgri, ya 'пў

  • halol, vijdonli, to‘g‘ri;

  • insofli, muruwatli;

  • xushmuomala, og‘ir, vazmin;

  • chidamli, sabotli;

  • kamtar, sodda;

  • sog‘lom.

Har bir aniq holatda qayd qilingan xislatlar ekspertlar tomonidan (mazkur ishga qabul qilinayotgan xodimga mosini) tanlab olinadi va aksincha unga mos keluvchi boshqa xislatlar bu tarkibda bo‘lmasa, u holda qo‘shimcha maxsus fazilatlar baholash mezonlariga kiritiladi.
Baholashning belgilab qo’yilgan tartibi attestatsiya deb ataladi. U mutaxassislaming lavozimga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlashga va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berishga, shuningdek, ishdan chetlatishga xizmat qiladi67.
Attestatsiya jarayonida xodimlaming malakasiga, uning bajarayotgan ishiga yoki lavozimiga loyiqliliga xolisona baho berilishi kerak. Attestatsiya qilinayotgan xodimning ishiga baho berishda, uning reja topshiriqlarini bajarishdagi shaxsiy xizmati, mehnat intizomi, o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi kabilar inobatga olinishi zarur. Ana shular asosida attestatsiya qiluvchilar ochiq ovoz berish yo‘li bilan quyidagi baholami berishi mumkin:
•bajarayotgan lavozimiga loyiq:
•xodim ko‘rsatilgan nuqsonlami keyingi o‘tkaziladigan attestatsiyagacha yo‘qotsa, bajarayotgan lavozimiga loyiq;
• egallab turgan lavozimiga loyiq emas.
Shuningdek, sug4urta kompaniyalarida xodimlar bilan ishlashni boshqarishda ana shu xodimlaming malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash muhim o:rin tutadi.
5- MAVZU. SUG‘URTA BOZORINING TARKIBI,
HOLATIVA MUAMMOLARI




    1. Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari

Наг bir bozorda sotuvchi va xaridor bo‘ladi hamda ular o‘rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug‘urta bozorida ham sotuvchi (sug4urtalovchi) va xaridor (potensial sug‘urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu yerda potensial sug‘urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin, degan o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potensial sug‘urtalanuvchini to‘g‘ridan toig‘ri sug‘urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.


Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug‘urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug‘urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug‘urtalovchilar bilan tegishli sug‘urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potensial sug‘urtalanuvchilar deb ataladi.
Endi, sug‘urtaiovchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, sug‘urtalovchi - bu mamlakat xududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug‘urtalash o‘zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir.
Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega boMishi va sug‘urtaga bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalar bilan shug‘ullanmasligi zarur.
Sug‘urta himoya (sug‘urta xizmati) oldi-sottisi ] amalga oshiriladigan va unga talab va taklif | shakillanadigan iqtisodiy pullik munosabatlami | ayrim sohasi. j
Sug‘urta faoliyatini amalga oshiradigan murakkab ' integratsiyalashgan sug‘urta va qayta sug'urta tashkilotlami tizimi.
kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. 0‘z-o‘zidan, bu holat sug‘urta bozorida potensial mijozlami jalb etish uchun sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sug‘urta bozorida sug‘urta xizmati (sug'urta mahsuloti) taklif etiladi
Sug‘urta xizmati qonun asosida (majburiy sug‘urta) yoki tomonlar kelishuvi
(shartnoma) asosida (ixtiyoriy sug'urta) taqdim etilishi mumkin
Sug‘urta bozorida taqdim etiladigan sug urta xizmatlami ro‘yxati sug‘urta
xizmatlar assortimentini belgilaydi
ko‘ylakning har xili mavjud, baholari ham, narxi ham turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug‘urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.
Sug‘urta kompaniyasi o‘z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug‘urtalovchi ozgina sug‘urta mukofoti evaziga yirik miqdordagi riskni qabul qilib oladi va sug‘urta hodisasi ro‘y berganda zimmasidagi sug;urta qoplamasini to‘lashi shart.
Shu 0‘rinda, biz sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin sug‘urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.


26.3-rasm. Sug‘urta munosobatlarini am alga oshirish jarayonlari219

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug‘urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo‘ladi hamda bu baho o‘zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug‘urta tushumlarining miqdori sug‘urta to‘lovlari va sug'urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng boMishi sugurta bahosining pastki chegarasini bildiradi.


Bunday sharoitda sug‘urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko‘p hollarda sug‘urta bozoridagi keskin raqobat, sug‘urta tashkilotlarining potensial mijozlami jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyatidan zarar ko‘rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.
Sug‘urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug‘urta xizmatining ma’lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud boMganda, sug‘urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o'tishi bilan bozorda sug'urta xizmati ko'rsatish turlarining ko‘payishi bilan, o‘z-o‘zidan tarif stavkalari kamayadi.

    1. Sug*urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma

Sug‘urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug‘urta bozorlariga boflinadi.

Milliy sug'urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ulami faoliyatini o‘z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig'iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi.


Bu yerda hayotni sug‘urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham oldingi o‘rinlardadir.
Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda boflgan bir nechta mamlakatlaming ichki bozori tushuniladi. Yevropa Ittifoqining sug‘urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlaming ichki bozori tushuniladi. Jumladan. hozirgi vaqtda Yaponiya sug‘urta bozorining xalqaro darajada muhim o‘mi bor va keyingi o‘n yillikda Yaponiya sug‘urtachilari dunyo bozorida yetakchilik qilib kelishmoqda.

Download 248.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling