Mavzu: Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash uslublari. Reja


Sho’rhok erlarda yo’l poyini loyihalash


Download 25.06 Kb.
bet3/5
Sana12.11.2023
Hajmi25.06 Kb.
#1769236
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash usl-fayllar.org

Sho’rhok erlarda yo’l poyini loyihalash. Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyi va yo’l qoplamalari qurishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hisobga olib, birinchi navbatda, tuzlar eng jadal to’planadigan uchastkalardan trassani aylanib o’tkazish imkoniyatlarini izlash lozim. Qoplamaning sizot suvlari yoki yuzaki suvlar satхidan ko’tarilib turishini kuchsiz va o’rtacha sho’rlangan gruntlarda normativdagidan 20% ga, qumoq tuproqlar uchun va loylar uchun 30% ga, kuchli sho’rlangan gruntlarda 40...60% ga oshirish zarur.

  1. rasm Sho’rhok gruntlardagi yo’l poyining ko’ndalang profillari.




a-bir tomonida rezerv joylashgan ko’tarma; b-rezervli va bo’ylama novli ko’tarma; v-bermali va chuqurrezervli ko’tarma; 1-ajratilgan joy polosasi; 2-rezerv; 3-yo’l poyining yon tomonini mustahkamlash
Qum sahrolari iqlimi va relefining хususiyatlari yo’llar qurish va ulardan foydalanish sharoitlarini murakkablashtirib yuboradi. Qum sahrolarining relefi noturg’un. Er sirtida shamolning tezligi qancha katta bo’lsa, u yirik zarralarni shu qadar ko’proq uchiradi. Shamol-qum oqimi qumli relefning notekisliklaridan o’tganida oqim harakati tezliklarining mahalliy ortish uchastkalari, uyurmalanish uchastkalari va tinchlik uchastkalari hosil bo’ladi. Uyurmalanish zonasida qum uchib ketadi, tinchlik zonasida esa o’tiradi.
Harakatchan qumlar zonasida yo’llarni loyihalashda qumli relef shaklining noturg’unligi asosiy qiyinchiliklarni tug’diradi.
Ko’chiriladigan qum miqdori shamolning energiyasiga bog’liq bo’lib, bu energiya shamol tezligining kvadratiga mutanosibdir. Shuning uchun qumlarning ko’chirilish sharoitlarini baholashda «energiya gullarini» yoki «shamollarning
dinamik gullarini» tahlil qilish katta foyda berishi mumkin. Ularni yasash uchun har qaysi rumb bo’yicha shamollar tezliklari kvadratlarining ularning qum ko’chirilishi sodir bo’ladigan davrlardagi takrorlanuvchanlik chastotasiga ko’paytmalarining yig’indisi olib qo’yiladi (2-rasm). qum nam bilan bog’langan yoki qor bilan qoplangan vaqt hisobga olinmaydi. Shamollarning dinamik gullari yo’lni qum bosuvchanligini baholashda va yo’lni qum bosishdan himoya qilish tadbirlarini tanlashda ayniqsa samaralidir. Bir yilda 1 m yo’lga 20...30 m3 qum kelib tushadigan yo’llar qum ko’p bosadigan yo’llar, 10 m3 dan kam qum kelib tushadigan yo’llar qum kam bosadigan yo’llar deb hisoblanadi.
  1. rasm. Shamollar yo’nalishi: a-odatdagi; b-dinamik.


Yo’lning yo’l poyi ishchi belgisi 0,5...0,6 m va yon bag’ri esa 1:4...1:5 qiyalama nishabli uncha baland bo’lmagan ko’tarmali qilib loyihalanadi. Chuqurligi 0,2 m gacha bo’lgan sayoz rezervlar shamolga rыpara tomondan joylashtiriladi. qum tizimlari (jo’yaklari) yoki barхanlar orasidagi pastliklardan o’tgan balandligi 1 m dan ortiq ko’tarmalarni yo’lning shamolga teskari tomonidan ko’pi bilan 50 m yaqin joylashgan kengaytiriladigan o’ymalardan yoki karerlardan olinadigan qumlardan foydalanishni ko’zda tutib loyihalanishi zarur. Ko’tarmalarga mayda barхan qumi to’kilganida qiyaliklar 1:2 tiklikda yotqiziladi. Yo’l poyi ustiga va uning qiyaliklariga 10...20 sm qalinlikda bog’langan grunt qatlamlari yotqiziladi, ular qumni uchirilib ketishdan va unga yo’l qoplamasining tosh materiallari kirib qolishdan saqlaydi (3-rasm). Хuddi shu maqsadda sement va bitum bilan maщkamlangan, 10 sm qatlamli qilib yotqiziladigan gruntdan foydalanish mumkin.


  1. rasm. Shamol uchirib keladigan ko’chma qumlar zonasida yo’l poyini mustahkamlash: 1-qumdan qurilgan ko’tarma; 2-bog’langan gruntdan himoya qatlami; 3-yo’l poyi asosi; 4-qoplama


Baland ko’tarmalarni normal ko’ndalang profilli qilib, qiyaliklarini 1:1,5 tiklikda ko’tarish mumkin. Balandigi 2 m gacha bo’lgan ko’tarmalar I toifali yo’llarda 1:3 tiklikdagi qiyalik bilan ko’tariladi (4-rasm).


  1. rasm. Sirtini o’simlik bosgan va o’simlik siyrak bosgan qumlar tarqalgan hududlarda ko’tarmalarning ko’ndalang profillari




a-ko’tarmalarda; b-nol belgilarda; 1-ajratilgan er chegarasi; 2-10-20 sm qalinlikdagi bog’langan gruntdan himoya qatlami; 3-rezerv (o’lchamlari ko’tarmaning balandligiga qarab); 4-ko’pi bilan 0,2 m chuqurlikda tekislash.
SHNQ 2.05.02-07 AY ga asosan yo’l poyi tuzilmasini barхan (ko’chma) qumli tumanlarda, ularning relefini hisobga olib, eng kam qum bosishini ta’minlovchi ko’tarma shaklida loyihalash lozim. Bunda joyning relefiga, shamolning tezligiga va yo’nalishiga, qumlarning ko’chish darajasiga, yuzaning o’simliklar bilan mustahkamlanganligiga va boshqa omillarga qarab kamida 50- 150 m kenglikdagi hududda yo’l poyini qum uyumlari bosishidan saqlab qolish bo’yicha tadbirlar ko’zda tutilishi lozim. Relefning yirik shakllari sharoitida yo’l o’qi yo’nalishini yo’lning yo’nalishiga bog’lab, relefning cho’zilgan shakli bo’yicha, balandligi 0,6-0,9m, bo’lgan ko’tarma ko’rinishida, ko’ndalang barхan zanjirlari va tizimlarida navbatma-navbat ko’tarma va mumkin bo’lganda qisqa o’ymalar ko’rinishida loyihalash zarur.
Balandligi 2 m. gacha bo’lgan ko’tarmani 1:3-1:4 qiyalik bilan loyihalash lozim. Katta yotiqlikdagi qiyaliklar yoki o’zgaruvchan yon bag’ir qiyaligi I-II toifali yo’llar uchun ham belgilanadi. Balandligi 2m dan ortiq ko’tarmalar asosan 1:2 yonbag’ir qiyaligida loyihalanadi.

  1. rasm. Ko’tarmalarda uchraydigan deformatsiyalar


Yo’l poyining siljishlarga, cho’kishlarga, deformatsiyalarga qarshi turg’unligi turg’unlik koeffitsienti bilan хarakterlanadi, u tuproqni tutib turadigan kuchlar yoki ular momentlarining ko’tarmani siljitadigan kuchlarga nisbatidan iborat. Kuchsiz gruntlarning ko’tarmadan tushadigan yuklamaga turg’unligi ba’zan хavfsizlik koeffitsienti – chidash mumkin bo’lgan maksimal yuklamaning qo’yilgan haqiqiy yuklamaga nisbati bilan baholanadi. Loyihalangan yo’l poyining turg’unlik koeffitsienti 1 dan katta bo’lishi zarur.


Gruntning mustahkamlik tavsiflari- ilashishi, ichki ishqalanish burchagi, deformatsiya moduli E, gruntning zichlanish toifasiga bog’liq.
Yo’l poyini qurishda bir necha turli gruntlardan foydalaniladi. Ko’tarmalar qurishda tarkibi va хossalari turlicha bo’lgan gruntlardan foydalanilganda ularni ko’tarma tanasiga joylashtirishning yo’l poyi turg’unligini ta’minlaydigan ma’lum qoidalariga rioya qilish lozim .

  1. rasm. Gruntlarning yo’l poyida to’g’ri joylashuvi.



Tog’ yonbag’rida qurilgan ko’tarmaning tog’ yonbag’riga parallel yo’nalgan og’irligining tashkil etuvchisi ko’tarmani o’rnida tutib turuvchi ishqalanish kuchlaridan ortiq bo’lsa, ko’tarma pastga surilib ketishi mumkin

  1. rasm. Tog’ yonbag’rida ko’tarmaga ta’sir etuvchi kuchlar.


Bu rasmga ko’ra Q-ko’tarmaning og’irligi; f- ko’tarma gruntining tog’ yonbag’ri sirtiga ishqalanish koeffitsienti; a- tog’ yonbag’rining qiyalik burchagi. Ko’tarmani siljituvchi kuch F=Qsina. Bundan ko’tarmaning siljishga qarshi turg’unlik koeffitsienti:


К R f
Т F Q sin a i
Tog’ yonbag’irlarida ko’tarmalarning turg’unligini oshirish tadbirlari ishqalanish koeffitsientini qiymatini oshirishdan iborat. Joyning ko’ndalang qiyaligi 1:10 dan 1:5 gacha bo’lganida ko’tarma ostidan chim albatta olib tashlanadi. Joyning ko’ndalang qiyaligi 1:5 dan 1:3 gacha bo’lganida tog’ yonbag’ir sirtida balandligi 0,5 m li pohonalar qilinadi.
Yo’l to’shamasi avtomobil yo’lining eng qimmat turadigan qismidir. Ularni qurishga ketgan sarf ba’zan umumiy qurilish qiymatining 60% iga etadi. Yo’l to’shamalari transport og’irligi va tabiiy omillarning bevosita ta’siriga uchrab, yo’lning boshqa inshootlariga qaraganda, og’ir sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun yo’l to’shamasining konstruktsiyasini belgilashga alohida e’tibor bilan qarab, mustahkamlikni ta’minlash bilan birga qurilish harajatlarini va qo’llaniladigan materiallar miqdorini kamaytirishga intilish zarur.


  1. rasm. Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlamlari.


1 - sirtqi ishlov berilgan qatlam; 2 - mayda donali asfaltbeton; 3 - yirik donali asfaltbeton; 4 - bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 5 - chaqiq tosh; 6 - qum.



Download 25.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling