Mavzu: surxondaryo viloyati taponimlarni o'rganish


MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI KIRITILAYOTGAN INVESTITSIYALAR VA ULARNING HUDUDIY TARKIBINING TARKIBINI TAHLIL QILISH


Download 279.92 Kb.
bet15/16
Sana17.06.2023
Hajmi279.92 Kb.
#1538514
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
MAVZU1

MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI KIRITILAYOTGAN INVESTITSIYALAR VA ULARNING HUDUDIY TARKIBINING TARKIBINI TAHLIL QILISH

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan Surxondaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi investitsiya ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.


Viloyatda investitsiyalar o‘zlashtirilishida keskin differensiallik saqlanib qolgan. Xususan, kiritilgan investitsiyalarning 45,1 foizi viloyatning 3 ta hududi - Termiz shahri (17,1%), Boysun (14,3%), Denov (13,7%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qumqo‘rg‘on (4,6%), Angor (4,4%), Sho‘rchi (4%), Muzrabot (3,1%), Oltinsoy (3,1%), Bandixon (2,2%), Qiziriq (2,2%), Uzun (2,1%) tumanlarida investitsiyalar oqimining pastligi kuzatilgan.


1-rasm. Tuman (shahar)lar kesimida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar ulushi

Hududlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar natijasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Bandixon (1,9 baravar o‘sish), Jarqo‘rg‘on (1,5 baravar), Termiz (1,5 baravar) tumanlarida keskin o‘sish darajasini qayd etgan. Lekin, Qiziriq (76,3%), Qumqo‘rg‘on (68,5%), Sariosiyo (61,4%) Muzrabot (61%) tumanlarida investitsiyalar oqimining pasayishi tendensiyasi kuzatilgan.


Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o‘rtacha hajmi 1 966,5 ming so‘m (Respublika ko‘rsatkichidan 1 595,1 ming so‘m kam), o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,1%ni tashkil qilgan holda Respublika hududlari orasida 10-o‘rinni egallagan.
Tuman (shahar)lar kesimida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha Termiz (6,6 mln so‘m), Boysun (6,5 mln so‘m) tumanlari va Termiz shahri (4,9 mln so‘m)ning ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan. Uzun (3,2 baravar past), Oltinsoy (2,2 baravar), Qiziriq (2 baravar), Sho‘rchi (2 baravar), tumanlari ko‘rsatkichining viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan ancha pastligi qayd qilingan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha ham tumanlar o‘rtasida keskin tavofutning mavjudligi kuzatilgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan Termiz shahrida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi Uzun tumaniga nisbatan 8,2 baravarga ziyoddir.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 48,2 fozi chet el investitsiyalari hisobidan, 32,3 foizi –korxona va aholining o‘z vositalari hisobidan, 10 foizi- davlat byudjeti, 8,2 foizi – banklarning krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Surxondaryo viloyatida tovarlar tashqi savdosi statistika
koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi
(keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi.
Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta
katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish,
TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.
TSAda eksport hajmi 47 675,2 ming. AQSh dollariga (4,0 % ga ko‘paydi)
va import hajmi 61 024,0 ming. AQSh dollariga (58,5 % ga ko‘paydi) yetdi.
Hisobot davrida - 13 348,8 ming. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo
balansi qayd etildi.

Download 279.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling