Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet20/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

3.3. Korxonalarda menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llari

Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat respublikamizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.


Korxonalarda menejment samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- korxonani modernizatsiyalash, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy texnik vositalar qo‘llash, xodimlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berish, boshqaruv mehnatini tashkil etishning eng samarali usulini foydalanish va jamoa a’zolari o‘rtasida ijodiy mehnat muhitini yaratish;
- boshqaruv o‘ziga xos murakkab jarayoni hisoblanib, boshqaruv jarayoniga yangicha yondashib, vaziyatga qarab boshqarishning demokratik, ma’muriy va boshqa usullaridan foydalanish zarur. SHu bilan birga rahbar eskirgan o‘z umrini yashab bo‘lgan samarasiz boshqaruv usullaridan voz kechish;
- rahbar vaqt va resurslarni yangiliklarni joriy etish talablariga mos ravishda taqsimlashi, xodimlarini yangi g‘oyalar va tajribalarni ko‘proq joriy etish ruhida tarbiyalab borishi;
- rahbar o‘z xodimlarini shaxsiy hususiyatlarini yaxshi bilishi va boshqaruv jarayonida uni hisobga olish, har bir xodimning qobilyatini alohida baholash, aniqrog‘i o‘z sohasining eksperti deb muomila qilishi;
- rahbar maqsad, vazifalarni shunday shakllantirish lozimki, toki ular mazkur ishlarni bajarishda ishtirok etadigan xodimlarning shaxsiy maanfatlariga imkoni boricha ko‘proq mos keladigan bo‘lsin;
- rahbar har bir xodimning o‘z qadrini bilishga va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarini uddalashiga bo‘lgan istagini qo‘llab-quvvatlashi;
- xodimlarning o‘z shaxsiy fazilatlarini va bilimlarini to‘la namoyon etishlari uchun rahbar barcha imkoniyatlarni yaratib berishga intilishi;
- xodimlarga shunday ishni topshirish lozimki, toki bu ishni bajarish o‘sha xodimlardan shaxsiy qoniqish hosil qilish hissini uyg‘otishi lozim. Bu siz xodimlarning ishga shaxsiy qiziqish hissiyotini uyg‘otish qiyin;
- rahbar tashabbuskor ijrochilarni quvvatlashi va ularning mehnat natijalari xuddi avvalgidek rag‘batlantirilishi lozimligiga kafolat berishi;
- rahbar o‘z xodimlariga yangi vazifalarni o‘z kasb-hunarini va mahoratini sinov usuli deb bilishi uchun ularga har tomonlama yordam berishi va qo‘llab-quvvatlashi kerakki, bu jarayon ularni ishga bo‘lgan munosabatini rag‘batlantirib, qiyinchilaklarni engib o‘tishga yordam bersin;
- rahbar ijodiy faollik ko‘rsatadigan xodimlargina mansab pilapoyasi bo‘yicha ko‘tarilishi ya’ni yuqori lavozimga ega bo‘lishi mumkin deb ularni ishontirishi;
- boshqarishda rahbar muammolarni ijodiy hal etishga harakat qilishi, mehnat va moddiy resurslardan mumkin qadar eng samarali foydalanish usullarini qo‘llashi;
- rahbar ishni tashkil etish va boshqarishda jamoa faoliyatini va ularning kuch-g‘ayratini pirovard natijaga erishishga qaratishi, vazifalarni xodimlar o‘rtasida oqilona taqsimlab, boshqarishning eng samarali dasturini ishlab chiqishi;
- rahbar yuksak maqsadlarni va unga erishishi imkoniyatlarini aniq baholab, shuni yoddan chiqarmasligi lozimki, ushbu maqsadlar tashkilotlarning texnik va moliyaviy imkoniyatlari doirasidan chetga chiqmasligi zarur;
- har bir tashkilotlarda tashabbuskor va ishbilarmon xodimlar bor. Ushbu xodimlardan tashkil topgan alohida guruhni tashkil etish va ularning bevosita ishtiroqida muammolarning eng samarali echimini topishda foydalanish, ijod qilishga tabiatdan layoqatli bo‘lgan odamlarni topish va ularni qo‘llab quvvatlab hamda rag‘batlantirib borish;
- rahbar vazifani aniq, ya’ni bajariluvchilarga tushunarli holda qo‘yib, mazkur vazifani bajarishdan kutiladigan natijani ham taxminan tassavvur etishi va ishning dastlabki yo‘nalishlarini belgilab berishi;
- boy tajribaga ega bo‘lgan, g‘oyalar berib turadigan va echilishi lozim bo‘lgan muammoni o‘ziga xos yangi uslubda echish tasavvuriga ega bo‘lgan mutaxassislardan foydalanish;
- xodimlar ko‘proq fikrlashi va o‘ylab ko‘rishlari uchun rahbar muammoni atroflicha tushuntirib berishga harakat qilishi, xodimning o‘z ishidan qoniqish hosil qilishi uchun eng maqbul sharoitni yaratishi, unga ko‘proq erkinlik va mustaqillik berib, juda bo‘lmaganda ixtisoslashishi kerak bo‘lgan sohani ularga belgilab berishi va bu sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflarni olib kengaytirib borish;
- ishni shunday tashkil etish kerakki, ijodiy faollik ko‘rsatadigan kishilar tez-tez yangi vazifalarni olib turmaydigan bo‘lishi, o‘ylab ko‘rish uchun ularga vaqt etarli bo‘lishi zarur. Shu bilan birga bitta muammo ustidan haddan tashqari ko‘p vaqt sarflamaslikni ham nazoratga olish;
- ijodiy faollik ko‘rsatadigan xodimlarga tashkiliy jihatdan qulay sharoit yaratib berish va ularni boshqalarga nisbatan murakkab ishni bajaruvchi xodimlar sifatida har tomonlama moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish;
- yangi g‘oyalar ustida ishlash, fikrlash, erkin mulohaza yuritish, tasavvur etish ijod qilishning asosi ekanligini inobatga olib, ishga doir ijodiy yondashgan yangi g‘oyalar mualliflarini rag‘batlantirib borish;
- rahbar jamoada o‘zaro hurmat xukm suradigan muhit bo‘lishiga, gumonsirash, ishonchsizlik, nizolar imkon boricha kamroq bo‘lishiga intilib, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- rahbar va jamoa o‘rtasida doimiy muloqatda bo‘lib, o‘zini xotirjam tutishi, xayrixox bo‘lishi, jamoa a’zolariga nimanidir o‘rgatishga va ulardan nimadir olishga harakat qilishi;
- rahbarning yutug‘i jamoa yutug‘i ekanligi unutmaslik va shu bois ular bilan doimo samimiy va xayrixoh bo‘lishi, jamoa a’zolari to‘g‘risida qanday fikrga ega ekanligini bilishga intilishi va munosabatlarini yaxshilab borishi;
- xodimlarga ochiq ko‘ngili bo‘lish, ular bilan samimiy suhbat qilishga, muloqatda bo‘lishga intilish zarur. Majbur qilish yo‘li bilan samimiylikka erishib bo‘lmaydi. Samimiylik o‘zaro hurmat-e’tibor natijasidir. Unga izchil say-harakatlar natijasida erishish mumkin;
- rahbar qat’iylik bilan tajavuzkorlik o‘rtasidagi farqni bilishi va unga mos ravishda o‘zini tutishi va ya’ni nazorat qilmog‘i zarur;
- xush fe’l, o‘ziga va xodimlariga talabchan bo‘lish, vaziyatga qarab jiddiylik va ochiq ko‘ngilli bo‘lishi lozim. Rahbar xodimlarining so‘zlarini diqqat bilan eshitishi va unga o‘z munosabatini bildirishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilganlarni amalga oshirish, rahbar xodimlarning boshqaruv samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling