Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet9/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

1.2-chizma. Korxonalarda menejmentning samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini guruhlash18
2. Boshqaruv jarayonining mazmuni, uni tashkil etishni, boshqaruv mehnatining bevosita natijalari va boshqaruv xarajatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar guruhi. Boshqaruv xarajatlari sifatida boshqaruv apparatini saqlash, texnik vositalardan foydalanish, bino va xonalarni saqlash, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlari, boshqaruv tizimini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot hamda loyihalash ishlari uchun sarf-xarajatlar, boshqaruvda qo‘llash uchun hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarni xarid qilish xarajatlari hisobga olinadi.
3. Tashkiliy tuzilmaning maqsadga muvofiqligi va uning tashkiliy-texnik darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar guruhi. Ular tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirilayotgan variantlarining samaradorligini tahlil qilishda me’yor sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:
- boshqaruv tizimining bo‘g‘inlari;
- boshqaruv funksiyalarining markazlashtirilish darajasi;
- qabul qilingan boshqaruv me’yorlari;
- huquq va javobgarlikni taqsimlanishi va hokazo.
Bizning fikrimizcha, boshqaruv jarayonining samaradorligini baholashda ham son, ham sifat jihatidan baholanishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar qo‘llanishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlar me’yoriy xususiyatni kasb etadi va tashkiliy tuzilmaning samaradorligini bir yoki bir guruh ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘nalishida o‘zgartirilgan taqdirda ham samaradorlik va cheklovlar mezoni sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘ladi. Boshqaruv apparatining me’yoriy tavsiflariga quyidagilarni kiritish mumkin: maxsuldorlik, tejamkorlik, moslashuvchanlik, o‘zgaruvchanlik, operativlik, ishonchlilik.
Boshqaruv apparatining mahsuldorligi, jumladan, tashkilot ishlab chiqargan yakuniy mahsulot soni yoki boshqaruv apparatida band bo‘lgan bir xodimga to‘g‘ri keladigan boshqaruv jarayonida ishlab chiqilgan axborot hajmlari sifatida belgilanishi mumkin.
Boshqaruv apparatining tejamkorligi deganda, boshqaruv faoliyatiga sarflanuvchi, ishlab chiqarish faoliyati hajmlari yoki natijalari bilan o‘lchanuvchi xarajatlar tushuniladi.
Boshqaruv tizimining moslashuvchanligi uning yuklatilgan funksiyalarni o‘zgaruvchan sharoitlarning ma’lum diapazonida samarali bajarishga qodirligi bilan belgilanadi. Bu diapazon nisbatan qancha keng bo‘lsa, tizim ham shu qadar moslashuvchan hisoblanadi.
O‘zgaruvchanlik boshqaruv apparati organlarining o‘z o‘rinlarini yuzaga keluvchi vazifalarga muvofiq o‘zgartirish, ushbu tuzilishga xos bo‘lgan munosabatlar tartibini buzmagan holda yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish xususiyatini tavsiflaydi. Boshqaruv tuzilishining o‘zgaruvchanligi boshqaruv organlarining hamkorlik shakllari turlariga ko‘ra, bo‘linmalar tomonidan hal qilinuvchi vazifalarning nomenklaturasiga, javobgarlikning markazlashtirilish darajasiga va boshqa belgilarga ko‘ra baholanishi mumkin.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning operativligi boshqaruvdagi muammolarning o‘z vaqtida aniqlanishini va yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlarining turg‘unligini saqlagan holda qo‘yilgan maqsadlarga maksimal darajada erishishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan darajada tez hal qilinishini tavsiflaydi.
Boshqaruv apparatining ishonchliligi, uning izchil (qo‘yilgan maqsadlarga mos ravishda) faoliyat ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi. Agar maqsadlarni belgilash va muammolarni qo‘yish sifati etarli hisoblansa, boshqaruv apparatining ishonchliligi uning ijrochiligi, ya’ni vazifalarni belgilangan muddat va ajratilgan manbalar doirasida bajarishni ta’minlashga qodirligi bilan nisbatan to‘liq tavsiflanishi mumkin. Boshqaruv apparati va uning bo‘g‘inlarini ijrochiligini baholash uchun shunday ko‘rsatkichlar qo‘llanishi mumkin, jumladan, rejalashtirilgan vazifalarning bajarilish darajasi va tasdiqlangan me’yorlarga rioya qilinishi, ko‘rsatmalarni bajarishda chetga og‘ishlarning yo‘qligi, ma’muriy-huquqiy va texnologik reglamentning buzilmaganligi va h.k.
Menejmentning samaradorligini baholashda boshqaruv tizimi va uning tashkiliy tuzilmasining boshqaruv ob’ektiga mosligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu funksiyalar tarkibi va boshqaruv maqsadlarining mutanosibligi, boshqaruv jarayonlarining mazmunan to‘liqligi va yaxlitligi, ishlovchilar soni va tarkibining ishlar hajmi va murakkabligiga mosligi, ishlab chiqarish-texnologiya jarayonlari talab etiluvchi axborotlar bilan to‘liq ta’minlanganligi, boshqaruv jarayonlari ularning quvvati va sur’atlari mazmuniga ko‘ra texnologik vositalar bilan ta’minlanganligida ifodalanadi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining samaradorligini baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim talablar ko‘rsatkichlarning tashkilot maqsadlari tizimiga tashkiliy-ierarxik mosligini ta’minlash, boshqariluvchi jarayonlarning dinamikasini mos ravishda aks ettirish qobiliyati, ko‘rsatkichlarning mosligi va bir-biriga zid emasligi hisoblanadi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling