Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet6/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

1.2. Korxonalarda menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar
Korxonada rahbar xodimlar mehnatining samarasi menejment funksiyalarining zarur hajmi bilan aniqlanadi. Rahbar xodimlarning ortiqcha funksiyalarni bajarishi uchun sarf qilinadigan xarajatlar samarasiz bo‘lib, bu ishlab chiqarishni boshqarishga salbiy ta’sir etadi.
Ma’lumki, har qanday menejment funksiyasi rahbar xodimlarning o‘ziga xos faoliyatini turidir, mehnatni kasbiy taqsimoti, boshqaruv sohasidagi ixtisoslanish natijasidir. Ushbu faoliyatni o‘ziga xosligi shundaki, har bir funksiya berilgan maqsadni bajarilishiga yo‘naltirilgan. Boshqarishda har bir funksiya korxona oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Menejment faqatgina boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar orasidagi munosabatni o‘z ichiga olmasdan, balki, ular orasidagi o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish munosabatlariga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish hamdir.
Har qanday korxona va tashkilot o‘z oldiga maqsadlar sifatida foydani maksimallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, maksimal daromad olish va boshqalar qo‘yadi. Aksariyat korxona va tashkilotlar foydani maksimallashtirishni o‘zlarining asosiy maqsadi deb biladilar.
Mazkur maqsadni amalga oshirish ko‘plab omillarga bog‘liq, ammo bu omillarning eng muhimi ishlab chiqarish ishtirokchilari va umuman bozor o‘rtasidagi manfaatlar uyg‘unligi hisoblanadi.
O‘z maqsadini ko‘zlagan har qanday korxona, tashkilot, mulkdor, aksiyadorlar, kompaniya, mehnat jamoasi maksimal foyda olish uchun jalb qilingan shaxsning manfaatlarini adolatli hisobga olishi kerak.
Menejment samaradorligi-bu boshqaruv tizimi faoliyat yuritishining natijadorligi yoki boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning o‘zaro ta’sirining natijadorligi. Shuningdek - bu boshqaruv organi o‘z maqsadiga qay darajada erishayotganligini ham ko‘rsatadi.
Korxonalarda menejment samaradorligi ko‘p jihatdan quyidagi shartlarga bog‘liqdir:
- xaridorlarning iste’mol ehtiyojlarini qondirish darajasi;
- foydalaniladigan resurslarni tejash;
- boshqaruvning egiluvchanligi;
- qabul qilingan qarorlarning tezkorligi;
- qabul qilingan qarorlarni oqibatlarini ob’ektiv baholash.
Menejmentning samaradorligi bir qator omillarning ta’siri ostida shakllanadi, ularni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash mumkin7:
Mazmuni bo‘yicha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, texnik, fiziologik omillar ajratiladilar. Ta’sir ko‘rsatish shakli bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va vositali omillar farqlanadilar. Ta’sirning davomiyligi bo‘yicha ta’siri uzoq vaqt davom etmaydigan omillar va ta’siri uzoq vaqt davom etadigan omillar ajratiladi. Ta’sir ko‘rsatishning xarakteri bo‘yicha intensiv va ekstensiv omillar ajratiladi.
Menejment samaradorligiga ma’lum omillar ta’sir ko‘rsatadi. Menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi eng keng tarqalgan omillar quyidagi mezonlarga muvofiq tasniflanadi:
- menejment sub’ektiga nisbatan munosabat;
- korxonaning faoliyatiga nisbatan.
Menejment sub’ektiga nisbatan tashqi va ichki omillarga bo‘linadi.
Menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
- moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar;
- raqobatchilar siyosati;
- davlatning tarkibiy o‘zgarishlari;
- davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati;
- xom ashyo va energoresurslar bozorlarining kon’yukturasidagi o‘zgarishlar;
- sanoatda yangi texnika va texnologiyalarning joriy etilishi;
- mehnat bozoridagi o‘zgarishlar va boshqalar.
Ichki omillarga quyidagilar kiradi:
- mehnat unumdorligi;
- foydalaniladigan texnologiyalar va uskunalar;
- kadrlar malakasi;
- boshqaruv xodimlarining professionallik darajasi;
- kadrlar qo‘nimsizligi;
- ishlab chiqarish nizolari;
- mehnat motivatsiyasi va rag‘batlantirish tizimi;
- jamoadagi ijtimoiy-ruhiy iqlim va boshqalar.
Turli mualliflar menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘zlaricha tasniflaganlar. Masalan, P.Piters va R.Uoterman boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi quyidagi omillarni farqlaydilar8:
- faol harakatlarga mo‘ljal olish;
- iste’molchiga yaqinlik;
- mustaqillik va uddaburonlik;
- inson mehnati unumdordorligi;
- hayot bilan uzviy aloqadorlik;
- o‘z ishiga sodiqlik;
- shaklning soddaligi;
- egiluvchanlik va qat’iylikni birgalikda olib borish;
- mo‘tadil boshqaruv shtati.
Ammo bu omillarning aksariyati menejment samaradorligini miqdoriy jihatdan o‘lchash imkonini bermaydi. Bu esa muammoning yanada murakkabligini ko‘rsatadi.
V.G.Ignatov, L.N.Albastovlar menejment samaradorligini oshirishning quyidagi omillarini belgilab bergan9:
- boshqaruv xodimlarining professionalligi, kasbiy ta’lim va chuqur bilimga egalik;
- tashkilotchilik qobiliyati;
- menejerlarning ijtimoiy javobgarligi;
- tashkiliy madaniyat va xulq-atvor;
- o‘z-o‘zini tashkil etish va o‘z-o‘zini boshqarish;
- innovatsion omillar;
- rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi.
Bu omillar menejment samaradorligiga asosan bilvosita ta’sir etadi, ularni alohida parametrlarni o‘lchash bilan boshqarish texnologiyasining yagona tizimiga keltirish kerak.
Menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni korxonaning muayyan sohalariga bog‘liqligi jihatidan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (1.1-chizma).
- ishlab chiqarish va texnologik;
- iqtisodiy;
- ijtimoiy;
- tashkiliy va boshqaruv.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling