Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet4/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi korxonada menejment samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • menejment samaradorligi tushunchasi, uning korxonalar faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyatini asoslab berish;

  • korxonalarning menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

  • korxonalarda menejment samaradorligini baholashning uslubiy asoslarini o‘rganish;

  • korxonalarda rahbar xodimlarning kadrlar bilan ishlashni samarali tashkil etish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish asosida menejment samaradorligini oshirish tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • korxonalarda menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning nazariy–uslubiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, mavzuga oid tadqiqotlar olib borgan va borayotgan iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, bitiruv malakaviy ishini tayyorlash bo‘yicha Nizom hisoblanadi. Shuningdek, Prezident Farmonlari, qonunlar va qarorlardan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida monografik tahlil, iqtisodiy taqqoslash, statistik guruhlash va boshqa usullardan foydalanildi.
Tadqiqot ob’ekti bo‘lib ”DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti bo‘lib korxonalarda menejment samaradorligini oshirishda rahbar va xodimlar o‘rtasidagi tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlar hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • menejment samaradorligi tushunchasi, uning korxonalar faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati asoslab berilgan;

  • korxonalarning menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlangan va bir tizimga keltirilgan;

  • korxonalarda rahbar xodimlarning kadrlar bilan ishlashni samarali tashkil etish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

  • korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish asosida menejment samaradorligini oshirish tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

  • korxonalarda menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, nazariy uslubiy asoslari, tadqiqot ob’ekti va predmeti o‘z aksini topgan.
Birinchi bob “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida korxonalarda menejment samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan. Bunda menejment samaradorligi tushunchasi, uning korxonalar faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, korxonalarda menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar hamda korxonalarda menejment samaradorligini baholashning uslubiy asoslari yoritilgan.
Ikkinchi bob ”DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida boshqaruv faoliyatini tashkil etishning hozirgi holati” deb nomlangan. Bunda ”DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy tavsifnomasi hamda ”DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati moliyaviy-iqtisodiy va boshqaruvni tashkil etish holatining tahlili yoritilgan.
Uchinchi bob “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida korxonalarda menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llari” deb nomlangan. Bunda Korxonalarda rahbar xodimlarning kadrlar bilan ishlashni samarali tashkil etish yo‘nalishlari, korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish asosida menejment samaradorligini oshirish tadbirlari hamda korxonalarda menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llaribo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Bitiruv malakaviy ishining yakuniy qismida uning natijalaridan kelib chiqqan holda xulosa va takliflar berilgan.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling