Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet3/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

Xulosa va takliflar…………………..…………..............................

58




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…..............……………......

62



Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, keng qamrovli islohotlar, avvalo boshqaruv tizimida bozor iqtisodiyotiga xos xo‘jalik yuritish mexanizmini joriy etishni ko‘zda tutmoqda. Korxonalarda rahbarning mehnati qo‘yilgan maqsadga erishishga, jamoa harakatini muvofiqlashtirishga, ularni motivatsiyalash asosida tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Respublikamiz va jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribalari ko‘rsatadiki, korxona va kompaniyalarning samarali faoliyati, korxona va tashkilotlarning barqaror rivojlanishi, uning boshqaruv tizimiga, faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning tayyorgarlik darajasiga, boshqaruv qobiliyatiga, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev shunday deydi: “Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi”1.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlar, ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatishni davr talabiga mos ravishda boshqara oladigan menejerlarga bo‘lgan ehtiyojning yuksalib borishini taqozo etmoqda. Korxonalar, korporatsiyalar, moliya institutlari, uyushmalarni boshqaruvchi xodimlar chuqur bilimga, tajribaga ega bo‘lishi, mas’uliyatni yuqori darajada his etishi lozim. Har bir boshqaruv xodimi ilg‘or tajriba va fan yutuqlaridan habardor bo‘lishi, xorijiy tillarni bilishi, boshqaruv san’at va madaniyatini puxta egallagan bo‘lmog‘i kerak.
Jahonda globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi, keng miqyosdagi integratsiya, barcha sohalarda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, innovatsiyalarni joriy qilish zamonaviy menejment oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Har bir rahbar mehnatni shunday tashkil etish kerakki, u faoliyatda yuqori natija olib kelishini ta’minlashi kerak.
Tashkilotni boshqarishni amalga oshirish va takomillashtirish ushbu faoliyatning natijaviyligini belgilash, bunda o‘ziga xos o‘lchovlardan foydalanish zarurligini keltirib chiqaradi. Korxonada boshqaruvning natijadorligini, amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, tadbirlarning samaradorligini aniqlash, o‘z navbatida boshqaruv tizimida qanday o‘zgarishlar, korxonada qay darajada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar yuz berayotganligini bilish, kelajakda rahbar xodimlarning e’tibori ko‘proq nimalarga qaratilishi lozimligini belgilab olish imkonini beradi. Bu borada ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish korxona va tashkilotlar oldida turgan eng muhim va dolzarb masalalardan biridir.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling