Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


-rasm. “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi


Download 0.72 Mb.
bet11/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

3.3-rasm. “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi21

Jamiyatning umumiy majlisi barcha ishtirokchilarning Umumiy yig‘ilishida o‘tkazilib, jamiyat faoliyatiga tegishli masalalar birgalikda hal qilinadi. Jamiyatning umumiy yig‘ilishida boshqaruv rahbari saylanishi mumkin va faoliyati yuzasidan qarorlar qabul qilinishi mumkin. Jamiyatning ustaviga binoan ishtirokchilar ulushi hisob-kitob qilinadi va taqsimlanadi. Jamiyat faoliyatini taftish qilish komissiyasi saylanadi va uning hisoboti muntazam eshitib boriladi.


“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jamiyat Nizomi va korxona Shartnomasiga zid bo‘lmagan shartlarda boshqa korxonalar yoki jamiyatlarning qatnashchisi yoxud ta’sichisi bo‘lishi, ittifoqlar, uyushmalar, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalarga a’zo bo‘lishi, shuningdek, faoliyat yo‘nalishi Jamiyatning maqsadiga mos bo‘lgan turli tashkilotlarni ta’sis etishi va ularning faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi hududida va boshqa mamlakatlarda o‘z filial, bo‘linma, sho‘‘ba korxonalari va vakolatxonalarini ta’sis etish hamda idora va ofislar ochish huquqiga ega.
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z xo‘jalik faoliyatini boshqa, shu jumlada xorijiy korxonalarining daromadli aktivlari, qimmatbaho qog‘ozlariga investitsiyalarni amalga oshirish yo‘li hamda fond va tovar, shu jumladan, xorijiy birjalarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan rivojlanish huquqiga ega.
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ijro organi bo‘lib yakkaboshchilik asosidagi direktor hisoblanadi va jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarilikni amalga oshiradi. Jamiyatning har bir a’zosi o‘zining mustaqil ovoziga ega va korxona faoliyatini yuksaltirishda faol ishtirok etishi ustavda aks ettirilgan.
Rahbar o‘rinbosari iqtisodiy ishlar bo‘yicha, umumiy ishlar bo‘yicha, ishlab chiqarish bo‘yicha, ta’minot va sotish bo‘yicha, o‘rinbosarlardan iborat. Iqtisodiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari korxonadagi iqtisodiy jarayonlarga rahbarlik qiladi. Buxgalteriya bo‘limi iqtisodiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya bo‘limi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyasiyasi, tannarx, foyda miqdori va korxonadagi har bir operatsiyani hujjatlarda aks ettirish uchun javobgar bo‘ladi. Umumiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi turli ishlar bilan shug‘ullanadi. Masalan, korxonadagi transport masalalari, korxonani huquqlarini himoya qilish, korxonadagi kadrlar ish unumi va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.
Ishlab chiqarish bo‘yicha rahbar o‘rinbosari jamiyatdagi asosiy sexlar ish faoliyati, mahsulot sifati nazorati masalalari bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarish texnik bo‘limi bu rahbar o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
To‘qimachilik mahsulotiga buyurtma berilganda, buyurtmaga mos o‘lchovlarini ushbu bo‘lim 1 sex hisoblanadigan tayyorlov sexiga beradi. Ta’minot va sotish bo‘yicha rahbar o‘rinbosari to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun kerakli xom-ashyo mahsulotlar bilan ta’minlash, buyurtmaga asosan tayyor bo‘lgan mahsulotlarini mijozlarga etkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Ta’minot va sotish bo‘limi bu rahbar o‘rinbosariga bevosita bo‘ysunadi. Ta’minot va sotish bilan bog‘liq masalalarda ta’minot va sotish bo‘limi bevosita rahbarga emas, ushbu rahbar o‘rinbosari, bosh muxandis asosiy va yordamchi sexlardagi asbob uskunalar ishlashi, texnologik jarayonlarni boshqaradi
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining boshqarishning hamma funksiyalari jamiyat raxbari qo‘lida to‘planib, barcha quyi raxbarlar va ishlab chiqarish bo‘g‘inlari unga bo‘ysunadi. Har bir rahbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘limlar faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo‘ysinuvchi xodimlar faqat o‘zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig‘ining chetlab murojat qilmasligi lozim bo‘ladi.
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining barcha xodimlari rahbar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadilar. Mehnat shartnomalarining shartlari ikki tomonning roziligi bilan belgilanadi va ijro qilinadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling