Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet19/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

3.4-chizma. Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish tadbirlarining bosqichlari, elementlari va izchilligi.
Birinchi bosqich tayyorgarlik va tashkiliy ishlar deb ataladi va o‘z ichiga qator bajarilish lozim bo‘lgan ishlar majmuini oladi. Xususan, bajariladigan vazifalarni aniqlash, tadqiqot rejasini ishlab chiqish; ijrochilarga yo‘llanma va ko‘rsatmalar berish; ijodiy guruhni tashkil etish; kuzatuv va tadqiqot ishlarini olib borish; eksperiment ishlarini olib borish; ilg‘or tashkilotlar tajribasini o‘rganish; ishni hajmini, tarkibini, qiymati va muddatini aniqlash va boshqalar.
Ikkinchi bosqichda-mehnatni tashkil etishning hozirgi holatini o‘rganish va kamchiliklarini aniqlash; tadqiqot materiallarini qayta ishlash; tadqiqot materiallarini tahlil qilish; mehnatni tashkil etishning hozirgi holatini baholash; tadqiqot natijalarini muhokama qilish; tadbirni ishlab chiqish imkoniyatlarini aniqlash; olingan natijalarni jamoa yig‘ilishida muhokama qilish ishlari bajariladi.
Uchinchi bosqichda-tadbirni ishlab chiqish yoki loyihalash; tadbirni muhokama qilish; tadbirning iqtisodiy samaradorligini hisoblash; tadbirni rasmiylashtirish, ya’ni jadvallar, grafik va chizmalar tayyorlash; tadbirni tashkilotning texnik yig‘ilishida yoki jamoa umumiy yig‘ilishida muhokama etish ishlari bajariladi.
To‘rtinchi bosqichda-tadbirni joriy etish ishlari bajariladi. Xususan, topshiriqni rasmiylashtirish va uni ijrochiga etkazish; ijrochilarga yo‘llanma va maslahatlar berish; tadbirni joriy etishni tashkil etish uchun texnik vositalar bilan ta’minlash; tadbirning haqiqiy iqtisodiy samaradorligini aniqlash; tadbirni joriy etishni nazorat qilish.
Korxonalarda boshqaruv mehnati samaradorligini oshirishda quyidagi yo‘nalishlarda tadbirlarni amalga oshirish va ularga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Birinchisi-boshqaruv ishlari hajmini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash. Unga quyidagilar kiradi:

  • hujjatlarni va hisobotlarni ixchamlashtirish va qisqartirish;

  • rejalashtirishni takomillashtirish va nazorat qilish;




  • axborotlardan foydalanish darajasini oshirish;

  • boshqarishning o‘xshash funksiyalarini markazlashtirish boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish ixtisoslashtirish va yiriklashtirish jarayonini ko‘rib chiqish.

Ikkinchisi-boshqaruv mehnati unumdorligini yoki samaradorligini oshirish. Ushbu yo‘nalishda qo‘yidagi ishlar amalga oshiriladi: Mehnatni oqilona tashkil etish va mehnat sharoitlarini yaratish; qulay mehnat sharoitlarini yaratishni yaxshilash; ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish; boshqarish uslubini va madaniyatini yaxshilash; kundalik, haftalik, oylik individual ish rejasiga qat’iy amal qilish; lavozimlar yo‘riqnomasini ishlab chiqish va unga qat’iy amal qilish; boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish (zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash); boshqaruv xodimlari malakasini oshirish; ish vaqtidan samarali foydalanish va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish rahbar xodimlarning boshqaruv mehnati samaradorligini oshirish, korxonani yuqori natijalariga erishishini taminlaydi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling