Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Download 0.72 Mb.
bet21/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

Xulosa va takliflar

Korxonada menejment samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish va tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga keldik, taklif va tavsiyalar ishlab chiqdik:



  1. Ma’lumki, boshqaruv murakkab faoliyat turi bo‘lib, bugungi kunda rahbar xodimlardan nafaqat kasbini, balki, insonlar ruxiyatini, tarbiyaviy, axloqiy, madaniy va ma’rifiy soha bo‘yicha ham etarli bilim va tarjibaga ega bo‘lishni talab etadi. Boshqaruvga qo‘yilgan talabning o‘sib borishi, ob’ektiv jarayon hisoblanadi. Unga mos ravishda boshqaruv xodimlari o‘ziga va buysunuvchi xodimlarga nisbatan talabchanlikni oshirib borishi, iste’dodini yanada yaqqol namoyon etishi lozim. Bu davr talabi, taraqqiyotning muhim shartidir.

  2. Samaradorlik har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Keng ma’noda boshqaruv samaradorligi deganda, faoliyatning yakuniy natijasi, korxona jamoasining harakati, choralar majmui yaxlitligini tushunish mumkin.

  3. Boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni korxonaning muayyan sohalariga bog‘liqligi jihatidan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ishlab chiqarish - texnologik; iqtisodiy; ijtimoiy; tashkiliy va boshqaruv. Ishlab chiqarish-texnologik omillar bo‘lib, korxonaning foydalanaladigan texnika va texnologiyalari, ishlatadigan xomashyo va materiallari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi hamda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasi hisoblanadi. Iqtisodiy omillar bo‘lib, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holati, boshqaruvga sarflagan xarajatlari, ishlab chiqarishga sarflagan xarajatlari, mahsulot tannarxi, uning xaridorlar talabiga mosligi ijtimoiy imtiyozlar, ish haqi va rag‘batlantirish tizimi hisoblanadi. Ijtimoiy omillar bo‘lib, jamoadagi ruhiy muhit va kayfiyat, korporativ qadriyatlar, ish sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish tizimi, xodimlarning intizomi va mas’uliyati, xodimlarning tarkibi, ish staji, salohiyati va malakasi hamda xodimlarning farovonligi darajasi hisoblanadi. Tashkiliy-boshqaruv omillari bo‘lib, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, rahbarlarning professionalligi, axborot ta’minoti, rahbarlarning tadbirkorlik qobiliyati, tashkiliy madaniyat va xulq-atvor hamda kommunikatsion ta’minot hisoblanadi.

  4. Boshqaruv xodimlari mehnati samaradorligini oshirishni shartli ravishda ikkita guruhga bo‘lib amalga oshirish mumkin. Birinchisi-boshqaruv ishlari hajmini optimal darajada qisqartirish bo‘lib, bular hujjatlashtirish va hisobotlarni ixchamlashtirish va qisqartirish; rejalarni takomillashtirish va nazorat ishlarini olib borish, axborotlardan oqilona foydalanish; boshqaruvning o‘xshash funksiyalarini markazlashtirish; tashkiliy tuzilmani davr talabiga mos ravishda qayta ishlab chiqish yoki takomillashtirish. Ikkinchi guruh boshqaruv mehnati unumdorligini oshirish hisoblanib, unda mehnatni oqilona tashkil etish va mehnat sharoitlarini yaratish; kundalik, xaftalik va oylik individual ish rejalariga qat’iy amal qilish; lavozimlar yo‘riqnomasini ishlab chiqish, unga amal qilish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

  5. Korxonalarda boshqaruv samaradorligi rahbar xodimlarning kadrlar bilan ishlashni qay darajada tashkil etilganligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Kadrlar bilan ishlashni samarali olib borish kadrlarni rejalashtirishni to‘g‘ri tashkil etishni taqozo etadi. Kadrlarni rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona va tashkilotlarni malakali xodimlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib, xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga qaratilgandir.

  6. Har bir tashkilot yoki korxona boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil etish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim. Ushbu tadbir bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, dastlabki bosqichda tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Ikkinchi bosqichda boshqaruv xodimlari mehnatini tashkil etishning hozirgi holatini o‘rganiladi va kamchiliklar aniqlanadi. Uchinchi bosqichda tadbirlar ishlab chiqiladi. To‘rtinchi bosqichda tadbirlar joriy etiladi. Bu tadbirlarni mantiqiy izchillikda amalga oshirish pirovard natijada boshqaruv mehnatining yanada ta’sirchan va samarali bo‘lishiga yaqindan yordam beradi.

  7. Korxonalarda menejment samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

- korxonani modernizatsiyalash, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy texnik vositalar qo‘llash, xodimlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berish, boshqaruv mehnatini tashkil etishning eng samarali usulini foydalanish va jamoa a’zolari o‘rtasida ijodiy mehnat muhitini yaratish;
- boshqaruv o‘ziga xos murakkab jarayoni hisoblanib, boshqaruv jarayoniga yangicha yondashib, vaziyatga qarab boshqarishning demokratik, ma’muriy va boshqa usullaridan foydalanish zarur. SHu bilan birga rahbar eskirgan o‘z umrini yashab bo‘lgan samarasiz boshqaruv usullaridan voz kechish;
- rahbar vaqt va resurslarni yangiliklarni joriy etish talablariga mos ravishda taqsimlashi, xodimlarini yangi g‘oyalar va tajribalarni ko‘proq joriy etish ruhida tarbiyalab borishi;
- rahbar o‘z xodimlarini shaxsiy hususiyatlarini yaxshi bilishi va boshqaruv jarayonida uni hisobga olish, har bir xodimning qobilyatini alohida baholash, aniqrog‘i o‘z sohasining eksperti deb muomila qilishi;
- rahbar maqsad, vazifalarni shunday shakllantirish lozimki, toki ular mazkur ishlarni bajarishda ishtirok etadigan xodimlarning shaxsiy maanfatlariga imkoni boricha ko‘proq mos keladigan bo‘lsin;
- xodimlarning o‘z shaxsiy fazilatlarini va bilimlarini to‘la namoyon etishlari uchun rahbar barcha imkoniyatlarni yaratib berishga intilishi;
- xodimlarga shunday ishni topshirish lozimki, toki bu ishni bajarish o‘sha xodimlardan shaxsiy qoniqish hosil qilish hissini uyg‘otishi lozim. Busiz xodimlarning ishga shaxsiy qiziqish hissiyotini uyg‘otish qiyin;
- rahbar tashabbuskor ijrochilarni quvvatlashi va ularning mehnat natijalari xuddi avvalgidek rag‘batlantirilishi lozimligiga kafolat berishi;
- rahbar o‘z xodimlariga yangi vazifalarni o‘z kasb-hunarini va mahoratini sinov usuli deb bilishi uchun ularga har tomonlama yordam berishi va qo‘llab-quvvatlashi kerakki, bu jarayon ularni ishga bo‘lgan munosabatini rag‘batlantirib, qiyinchilaklarni engib o‘tishga yordam bersin;
- rahbar ijodiy faollik ko‘rsatadigan xodimlargina mansab pilapoyasi bo‘yicha ko‘tarilishi ya’ni yuqori lavozimga ega bo‘lishi mumkin deb ularni ishontirishi;
- boshqarishda rahbar muammolarni ijodiy hal etishga harakat qilishi, mehnat va moddiy resurslardan mumkin qadar eng samarali foydalanish usullarini qo‘llashi;
- rahbar ishni tashkil etish va boshqarishda jamoa faoliyatini va ularning kuch-g‘ayratini pirovard natijaga erishishga qaratishi, vazifalarni xodimlar o‘rtasida oqilona taqsimlab, boshqarishning eng samarali dasturini ishlab chiqishi;
- rahbar yuksak maqsadlarni va unga erishishi imkoniyatlarini aniq baholab, shuni yoddan chiqarmasligi lozimki, ushbu maqsadlar tashkilotlarning texnik va moliyaviy imkoniyatlari doirasidan chetga chiqmasligi zarur;
- boy tajribaga ega bo‘lgan, g‘oyalar berib turadigan va echilishi lozim bo‘lgan muammoni o‘ziga xos yangi uslubda echish tasavvuriga ega bo‘lgan mutaxassislardan foydalanish;
- ishni shunday tashkil etish kerakki, ijodiy faollik ko‘rsatadigan kishilar tez-tez yangi vazifalarni olib turmaydigan bo‘lishi, o‘ylab ko‘rish uchun ularga vaqt etarli bo‘lishi zarur. Shu bilan birga bitta muammo ustidan haddan tashqari ko‘p vaqt sarflamaslikni ham nazoratga olish;
- rahbar jamoada o‘zaro hurmat xukm suradigan muhit bo‘lishiga, gumonsirash, ishonchsizlik, nizolar imkon boricha kamroq bo‘lishiga intilib, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Xulosa qilib aytganda, izlanishlar olib borish natijasida ishlab chiqilgan nazariy hamda amaliy takliflarni amalga oshirish korxonalarda boshqaruvni tashkil etish va uning samaradorligi oshirish imkonini beradi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling