Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish asosida menejment samaradorligini oshirish tadbirlari


Download 0.72 Mb.
bet18/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

3.2. Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish asosida menejment samaradorligini oshirish tadbirlari

Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish fan yutuqlari va ilg‘or tajriba, xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllaridan foydalanish, zamonaviy texnik vositalarni qo‘llashga asoslanadi.


Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish quyidagi talablarga javob berishi zarur:
- boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasida o‘zaro samarali aloqani, o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish;
- axborot hajmi va oqimi bilan boshqaruv xodimlari o‘rtasida qulay miqdoriy va sifat mutanosibligini ta’minlash;
- boshqaruvga sarf qilinadigan xarajatlarning minimal darajaga qisqartirish.
Rahbar mehnatini, ya’ni ularning kundalik bajaradigan ishini oqilona tashkil etish va boshqaruv mehnatining unumdorligini ta’minlash uchun quyidagi sifat va son ko‘rsatkichlari bo‘lgan talabga amal qilish maqsadga muvofiq:

  1. Axborotlar rahbar xodimlarning mehnat predmeti va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladigan muhim resurs hisoblanadi. SHu bois axborotlar to‘la va aniq bo‘lishi kerak.

  2. Har bir rahbar o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qaror hayotiy, samarali va mo‘ljaldagi maqsadga to‘la mos kelishi zarur.

  3. Barcha rahbar xodimlar tezkor qarorlar qabul qilish uchun oldindan axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tegishli qarorni ishlab chiqishga zamin tayyorlamog‘i lozim. Qabul qilingan qarorlarni ijrochiga etkazish, qarorni bajarilishini nazorat qilish, kamchiliklar aniqlansa, uni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmog‘i lozim.

  4. Boshqaruv apparati xodimlari ishonchli bo‘lmog‘i lozim, ya’ni ular o‘zlariga berilgan huquqdan foydalangan holda vazifa va funksiyalarini o‘z vaqtida sifatli bajarish mas’uliyatini his etish kerak.

  5. Boshqaruv apparati iqtisodiy nuqtai nazardan samarali bo‘lishi kerak, ya’ni boshqarishda yuksak natijalarga erishish kam xarajat sarflash hisobiga amalga oshirilmog‘i zarur.

  6. Rahbar mehnatining jozibadorligini va yuqori unumdorligini saqlab qolish uchun ularga barcha iqtisodiy, huquqiy, texnikaviy va sanitar-gigienik qoidalariga mos keladigan mehnat sharoitlarini yaratish kerak.

Umuman olganda, rahbar mehnatini ilmiy tashkil etishning qat’iy tizimlashgan tamoyillari ishlab chiqilgan. Lekin ta’kidlash o‘rinliki, boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil etishda tizimli yondashish zarur. Aynan ushbu tizim boshqaruv qonuniyatlari, tamoyillariga mos ilmiy yondashuv usuli bo‘lib, murakkab boshqaruv jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi.
Rahbar mehnatini ilmiy tashkil etish uchun har bir korxonada muayyan tadbirlar ishlab chiqilmog‘i lozim. Ushbu tadbir bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi (3.4-chizma) 29.















Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling