2.6-jadval
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining xodimlari soni va o‘zaro nisbati tahlili27
№
|
Xodimlar
|
2020
|
2021
|
2022
|
kishi
|
%
|
kishi
|
%
|
kishi
|
%
|
1.
|
Asosiy ishlab chiqarish xodimlari
|
156
|
79,6
|
156
|
78,7
|
156
|
78,0
|
2.
|
Yordamchi ishlab chiqarish xodimlari
|
28
|
14,2
|
29
|
14,6
|
30
|
15,0
|
3.
|
Injener-texnik xodimlar
|
6
|
3,1
|
7
|
3,5
|
8
|
4,0
|
4.
|
Ma’muriy-boshqaruv xodimlari
|
6
|
3,1
|
6
|
3,0
|
6
|
3,0
|
|
Jami
|
196
|
100
|
198
|
100
|
200
|
100
|
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatda asosiy ishlab chiqarish xodimlari soni 2020 yilda 156 kishini, 2021 yilda 156 kishini va 2022 yilda ham 156 kishini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich jami xodimlarga nisbatan 2020 yilda 79,6 % ga, 2021 yilda 78,7 %, 2022 yilda 78,0 %ni tashkil etgan.
Yordamchi ishlab chiqarish xodimlari soni 2020 yilda 28 kishini, 2021 yilda 29 kishini va 2022 yilda ham 30 kishini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich jami xodimlarga nisbatan 2020 yilda 14,2 % ga, 2021 yilda 14,6 %, 2022 yilda 15 %ni tashkil etgan. Injener-texnik xodimlar soni 2020 yilda 6 kishini, 2021 yilda 7 kishini va 2022 yilda ham 8 kishini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich jami xodimlarga nisbatan 2020 yilda 3,1% ga, 2021 yilda 3,5%, 2022 yilda 4 %ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi jamiyatning faoliyati ijobiy holatda ekanligini ko‘rsatadi va mehnat resurslarini boshqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini, yildan-yilga hodimlar soni ortib, jamiyatda boshqaruv tizimi demokratik ruhda olib borilayotganligidan darak beradi.
Kadrlarni boshqarish texnologiyalari ko‘magida xodimda xizmat vazifalarini bajarishdagi xohish-istagi va layoqati, faoliyatining samaradorligi, ishchanlik, kasbiy va shaxsiy sifatlarining muayyan talablarga mosligi, xizmatchining xizmat pog‘onalarida harakatlanishini rejalashtirish va boshqarish, malaka oshirish, qayta tayyorlash, ularni baholash, xodimlarni saralash va tanlash kabi faoliyat amalga oshiriladi. Bunda kadrlar qo‘nimsizligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
“DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchilari qo‘nimsizligini tahlil qilganimizda, qo‘nimsizlik koeffitsienti oshganligini aniqladik (2.7- jadval).
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2022 yilda 2020 yilga nisbatan yil davomida ishga qabul qilingan ishchilar soni 85,7 % ga, yil davomida ishdan bo‘shatilgan ishchilar soni 16,6 % ga oshgan.
Agar 2020 yilda ishga qabul qilish aylanmasi 7,1 % ni, ishdan bo‘shatish aylanmasi 6,1 % ni va qo‘nimsizlik koeffitsienti 0,061 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 13,0 % ni, 7,0 % ni va 0,070 ni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |