Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш


-chizma. Menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.72 Mb.
bet7/24
Sana25.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1654926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
БМИ Чуяндов М. лотин

1.1.-chizma. Menejment samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar
Ishlab chiqarish-texnologik omillar bo‘lib, korxonaning foydalanaladigan texnika va texnologiyalari, ishlatadigan xomashyo va materiallari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi hamda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasi hisoblanadi.
Iqtisodiy omillar bo‘lib, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holati, boshqaruvga sarflagan xarajatlari, ishlab chiqarishga sarflagan xarajatlari, mahsulot tannarxi, uning xaridorlar talabiga mosligi ijtimoiy imtiyozlar, ish haqi va rag‘batlantirish tizimi hisoblanadi.
Ijtimoiy omillar bo‘lib, jamoadagi ruhiy muhit va kayfiyat, korporativ qadriyatlar, ish sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish tizimi, xodimlarning intizomi va mas’uliyati, xodimlarning tarkibi, ish staji, salohiyati va malakasi hamda xodimlarning farovonligi darajasi hisoblanadi.
Tashkiliy-boshqaruv omillari bo‘lib, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, rahbarlarning professionalligi, axborot ta’minoti, rahbarlarning tadbirkorlik qobiliyati, tashkiliy madaniyat va xulq-atvor hamda kommunikatsion ta’minot hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan omillar korxonalarda menejment samaradorligini oshishiga bevosita ta’sir qilib, ushbu omillarning samarasini oshirish rahbar xodimlar, mutaxassislar va ishchilarga bog‘liqdir. Ayniqsa, bu yanada ko‘proq rahbar xodimlar, ularning mahoratiga, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lib, ular bevosita barcha ish jarayonlarini tashkil etadilar, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradilar.


1.3. Korxonalarda menejment samaradorligini baholashning uslubiy asoslari

Zamonaviy korxonalarda menejment samaradorligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kungacha menejment samaradorligini tahlil qilish va baholash barcha tarmoqdagi korxona va tashkilotlarda ham to‘lig‘icha o‘z echimini topmagan, o‘ta murakkab muammo bo‘lib hisoblanib kelmoqda. Mazkur muammoni uslubiy va amaliy echimi boshqaruv faoliyatini oqilona tashkil etish yo‘nalishlarini belgilashiga muhim zamin yaratib beradi.


Ko‘pgina tadqiqotchilar ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga bevosita menejmentning ta’sirini aniqlash lozim degan fikrni ilgari suradilar. Sababi jamiyatda ko‘plab omillar o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Biroq u yoki bu maqsadga erishishda menejment samarasini aniqlash murakkabligicha qolmoqda.Ushbu muommoni echimini topishga mutafakkirlar turlicha yondashib kelganlar. Ayrimlari, boshqaruv samaradorligi masalasi echimi mavjud emas, degan fikrni ilgari surgan bo‘lsa, boshqalari uni aniqlashda mavjud uslubiyotlardan (masalan, yangi texnika yoki kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash) foydalanish mumkin degan qarashlarni ta’kidlaganlar. Uchinchilari, faqatgina boshqaruvning quyi bo‘g‘inidagi samarani aniqlash bilan chegaralanganlar. To‘rtinchilari, miqdoriy baholash umuman mumkin emas degan fikrni bildirganlar10.
Bizning fikrimizcha, korxona va tashkilotlarda menejment ma’lum ishlab chiqarish natijalariga erishishga qaratilgan, maqsadli yo‘naltirilgan bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham boshqaruv organlari ishining sifati va uni to‘g‘ri baholash va unga erishish yo‘llarini aniq belgilab olishga bog‘liqdir. To‘g‘ri va aniq quyilmagan maqsadlar kutilgan ishlab chiqarish samarasini bermaydi.
Menejmentning iqtisodiy samaradorligini belgilash uchun ko‘rsatkichlarni hisoblashning ikkita asosiy usul: xarajatli va resursli usullardan foydalanish mumkin.
Birinchi usul va shunga ko‘ra, menejmentning iqtisodiy samadorligini ta’riflovchi ko‘rsatkich xarajatli deb ataladi. U korxona faoliyati umumiy yoki yakuniy iqtisodiy natijalarning boshqaruvga yig‘ma xarajatlarga nisbatiga suyanadi11:

Em=

P

Ru

bu erda Em- menejmentning iqtisodiy samaradorligi;
Ru- boshqaruv xarajatlari;
P - korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija. Uning sifatida faoliyatning u yoki bu umumiy ko‘rsatkichi (daromadlar, foyda, ishlab chiqarishning hajmi, tovar aylanishi va h k.)lardan foydalanish mumkin.
Menejmentning iqtisodiy samaradorligini baholashning ikkinchi usuli resursli, u korxona faoliyati umumiy yoki yakuniy natijasining resurslardan foydalanish miqdoriga, masalan, ma’muriy boshqaruv xodimlar soniga nisbatini aks ettiradi12:

Em=

P

Ku

bu erda: Em- menejmentning iqtisodiy samaradorligi;
P- ushbu korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija;
Ku - ma’muriy boshqaruv xodimlarining soni (yana faqat boshqaruv xodimlarining sonidan foydalanish mumkin).
Shuni ta’qidlash kerakki, agar menejment samaradorligi shakllarini tahlil qilishda uning dinamik jihati hisobga olinsa, samaradorlik ko‘rsatkichlarining ishonchliligi oshadi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi.
Birinchidan, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning ta’riflari vaqtda o‘zgarishsiz qoladilar.
Ikkinchidan, tadbirlarning har xil variantlari natijalar va xarajatlar dinamikasining davrlari bo‘yicha turli yo‘nalishlarga egalar.
Uchinchidan, xo‘jalik qarorlari variantlarining samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi vaqtli siljishlar mavjud. Shuning munosabati bilan menejment samaradorligi ko‘rsatkichlarini ikki yoki undan ortiqroq davr uchun o‘zgarishlarni ro‘yxatga olish va solishtirish vositasi bilan dinamikada ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda menejmentning “dinamik” samaradorligi mavjud bo‘ladi.
Menejment samaradorligining dinamik ko‘rsatkichi(Emd)ni qo‘yidagicha taqdim etish mumkin13:

Emd=

F p -Fb

S

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling