Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш
Download 0.72 Mb.
|
БМИ Чуяндов М. лотин
II BOB. “DIVA-TEKS” MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATIDA BOSHQARUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING HOZIRGI HOLATI
2.1. “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy tavsifnomasi “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Toshkent Hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish Inspeksiyasi tomonidan 2009 yil 26 may kuni №28 tartib raqami bilan 26.05.2009 yilda davlat ro‘yxatiga olingan. Yuridik manzil: Toshkent shaxar, Yakkasaroy tumani, A. Muzaffarov ko‘chasi 34. Jamiyat o‘z faoliyatida ushbu Ustav va O‘zbekiston Respublkasi qonun hujjatlariga amal qiladi. Ushbu Ustav, O‘zbekiston Respublikasining “Ma’suliyati cheklangan hamda qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunga va amaldagi qonunchiligiga asoslanib tayyorlangan19. To‘liq nomi: “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyat. Jamiyatning faoliyat muddati cheklanmagan. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekston Respublikasining amaldagi qonunchilik va Ushbu Ustav asosida olib boradi. Jamiyat yuridik shaxs huquqlariga ega sho‘‘ba va tobe korxonalariga ega bo‘lishi mumkin. Sho‘‘ba yoki tobe korxonalari va Jamiyat orasidagi o‘zaro munosabatlar amaldagi qonunchilik va Ushbu Ustav bilan tartibga solinadi. Jamiyat o‘zining mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi xududi va undan tashqaridagi banklarida hisob va boshqa raqamlariga, o‘zining to‘liq nomi davlat tilida yozib ko‘rsatilgan dumaloq muxriga ega. Jamiyatning asosiy faoliyat maqsadi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga asosan o‘z ishlab chiqargan mahsulotlaridan, ishlaridan va xizmatlaridan yuridik va jismoniy shaxslar zaruriyatini maksimal qoniqtirishdan iborat moliya xo‘jalik faoliyatidan daromad topishdir. Jamiyat faoliyatining asosiy turi – tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish. “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyat o‘rnitilgan tartibda quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqish; savdo-sotiq faoliyatini amalga oshirish; yordamchi materiallar; - matolarni qayta ishlash va va undan mahsulotlar ishlab chiqarish. Jamiyat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lgan holda amalga oshiriladigan o‘z faoliyat turlarini amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartib va qoidalar asosida amalga oshiriladi. Faoliyatni ta’minlash uchun korxonaning mulki mulk egasi tomonidan sarmoya sifatida kiritiladigan bino, inshoot, asbob uskunalar, xom-ashyo, qimmatli qog‘ozlar hamda erdan, binolardan, inshoatlardan, uskunalardan va boshqa nomulkiy huquqlardan foydalanish huquqlari, milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘laridan iborat. Jamiyatga ishtirokchi tomonidan kiritilayotgan mol mulkning qiymati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda baholanadi. Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi. Jamiyat mulkdor huquqlarini amalga oshirgan holda o‘z qaramog‘idagi mulkiga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni o‘z ixtiyori bilan amalga oshirishga haqli, shu jumladan: mulkini o‘z qaramog‘idan boshqa shaxslar mulkchiligiga chiqarishga; mulkdor sifatida qolgan holda mulkka egalik qilish, ishlatish va tasarruf etish huquqlarini berishga; mulkni garovga berish va uni boshqa yo‘llar bilan ishlatishga; uni boshqa yo‘llar bilan tasarruf etishga haqli. Jamiyat mol-mulki Ustav va zaxira fondlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda va ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan Jamiyat sotib oladigan mol-mulk, bank hisoblaridagi mablag‘lardan iborat. “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatni boshqarishning samarali strukturasini vujudga keltirish korxona rahbari hal etishi kerak bo‘lgan vazifalardan biridir. Jamiyat boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi - bo‘limlar va ishlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va munosabatlarning yagona tizimini o‘z ichiga qamrab oladi va uning doirasida ishlovchilar oldiga qo‘yilgan maqsadga eng samarali yo‘l bilan erishishni o‘zida ifoda etadi. Boshqaruv jarayonining funksional taxlili xar bir funksiya uchun ish xajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini belgilaydi, va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi. Jamiyat faoliyati uning rahbari tomonidan va Nizomga muvofiq boshqariladi hamda nazorat qilinadi. Jamiyatning ijroiya apparati shtatlarini tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Jamiyatning barcha xodimlari rahbar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadilar. Mehnat shartnomalarining shartlari ikki tomonning roziligi bilan belgilanadi va ijro qilinadi. Jamiyat rahbari korxona butun shaxsiy tarkibining bevosita boshlig‘i hisoblanadi. Rahbar amaldagi qonunlarga rioya qilgan xolda ishchi va xizmatchilarga maosh to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish yoki jarima solish to‘g‘risida qaror qiladi, buyruq va farmoyishlar beradi. Rahbar qabul qilgan buyruq va farmoyishlar korxona ishchi xodimlarini bajarishi uchun majburiydir. “DIVA-TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruv rahbari va bo‘g‘imlar tarkibi quyidagi 3.3-rasmda o‘z ifodasini topgan: Chizmadan ko‘rinib turibdiki, jamiyat rahbarining turli masalalar bo‘yicha muovinlari tashkil topgan. Ular: -ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosar; -ta’minot va sotish bo‘yicha o‘rinbosar; -buxgalteriya bo‘limi; -ishlab chiqarish texnik bo‘limi; -ta’minot va sotish bo‘limi; -kadrlar bilan ishlash bo‘limi; -marketing va reklama bo‘limi; -shartnomalar bilan ishlash bo‘limi. Jamiyatda ishlab chiqarish bo‘yicha turli muammolarni hal qilishda injener-texnik xodimlarning fikr va mulohazalari ustuvor hisoblanadi.20 Jamiyatda moliyaviy ishlar bo‘yicha rahbar muovini ko‘pchilik masalalarda raxbar va raxbarning boshqa muovinlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi va bu faoliyat o‘zini ustunlik jihatlarini doimo ko‘rsatib keladi. Direktor
Buxgalteriya bo‘limi Ta’minot va sotish bo‘limi Shartnomalar bilan ishlash bo‘limi Ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosar Ishlab chiqarish texnik bo‘limi Tayyor mahsulot bo‘limi Tayyorlov sexi Marketing va reklama bo‘limi Pardozlash sexi
Kadrlar bilan ishlash bo‘limi Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling