Мавзу: Сув хўжалиги ташкилотларида раҳбар ходимларнинг бошқарув қобилиятини ўстириш ва вақтдан фойдаланиш самарарадорлигини ошириш
I BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA KORXONALARDA MENEJMENT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Download 0.72 Mb.
|
БМИ Чуяндов М. лотин
I BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA KORXONALARDA MENEJMENT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Menejment samaradorligi tushunchasi, uning korxonalar faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati Ma’lumki, samaradorlik har qanday korxona va tashkilot faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. “Samara”, “samaradorlik”, “ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi2. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik muayyan chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Avvalo korxona va tashkilotlarda samaradorlik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va oqilona investitsion siyosat samaradorlikni oshirishning muhim omili va yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi. Menejment samaradorligi borasida izlanish olib borgan aksariyat tadqiqotchilar ishlab chiqarishning rivojlanishini yakuniy natijalariga bevosita boshqaruvning ta’sirini aniqlash lozim degan fikrni ilgari surganlar, jamiyatda ko‘plab omillar o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishligini ta’kidlaganlar. Lekin u yoki bu maqsadga erishishda menejmentning samarasi ulushini ajratib olish o‘ta murakkabligicha qolmoqda. Menejmentning samaradorligi - ko‘p qirrali kategoriyadir. U iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi3. Keng ma’noda menejment samaradorligi deganda, faoliyatning yakuniy natijasi, korxona jamoasining harakati, choralar majmui yaxlitligini tushunish mumkin4. Korxona va tashkilotlarda boshqaruv xodimlari mehnati unumli bo‘lib, bevosita ishchilar mehnatiga teng baholanadi, shu bilan birga sifat jihatidan ular mehnatidan farq qiladi, chunki intellektual faoliyat bo‘lib bevosita tayyor mahsulot yaratmaydi. Boshqaruv apparati xodimlari faoliyati axborotni yig‘ish, jamlash, saqlash, qayta ishlash va taqdim etish bo‘yicha mehnat jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. SHu tariqa, maqbul boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va ularni bajarilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan axborot jarayonlari boshqaruv xodimlari mehnati predmeti bo‘lib hisoblanadi. Menejment korxona va tashkilotlarda ma’lum ishlab chiqarish natijalariga erishishga qaratilgan, maqsadli yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Shu bois ham boshqaruv organlari ishining sifati, uni to‘g‘ri baholash va unga erishish yo‘llarini aniq belgilab olishga bog‘liqdir. To‘g‘ri va aniq qo‘yilmagan maqsadlar kutilgan ishlab chiqarish samarasini bermaydi. Menejmentning asosiy vazifasi ishlab chiqarishda maksimal samaraga erishish bo‘lganligi sababli, boshqaruv tizimi samaradorligi ham nafaqat boshqaruv jarayonining o‘zida balki boshqaruv ob’ektidagi o‘zgarishlarda ham aks ettirilishi lozim. Bu o‘rinda ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligining umumiy mezoni, boshqaruv ob’ekti oldidagi maqsadga kam xarajat evaziga erishishni ta’minlovchi, boshqaruv tizimi faoliyatining natijasi deb e’tirof etish mumkin. Samaradorlikning asosi avvalo xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirishdadir. Korxona xo‘jalik yuritishining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida mehnat mahsuldorligi, fond qaytimi va fond sig‘imi, material sig‘imi, mehnat sig‘imi, rentabellik va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Samaradorlik o‘z navbatida iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka bo‘linadi5. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o‘sishi, ular sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o‘sishi, jamg‘armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Albatta samaradorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi - foyda (daromad) o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallashda asosiy vazifalardan birini bajaradi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag‘larni kamaytirish yo‘li bilan ko‘paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o‘rnini yo‘qotishi natijasida inqirozga uchrashiga olib kelishi mumkin. Yuqoridan shunday xulosa kelib chiqarish mumkinki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi, shuningdek faqatgina pul ko‘rinishida o‘lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o‘zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llarini qidirish, xarajat va natijalarni to‘g‘ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyat turidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Korxonalarda iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish natijalarini, ularga erishish uchun sarflangan resurslar bilan taqqoslash orqali tavsiflanadi. U natijaviylik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy samaradorligini baholash faqatgina natijaviylik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshirilishi lozim. Korxona va tashkilotlarda menejment iqtisodiy samaradorligini asoslash ko‘p hollarda ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash masalasining bir qismi bo‘lib hisoblanadi va uni aniqlash umumuslubiy tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. Menejment samaradorligini aniqlashda, natijalarga erishishga sarflangan xarajatlar hisobga olinadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishni boshqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash, boshqaruv faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiquvchi va ishlab chiqarishni boshqarish tizimi natijaviyligini baholashga bevosita ta’sir etuvchi o‘ziga xos xususiyatlariga ega6. Boshqarish jarayonini avtomatlashtirish boshqaruv mehnati xarajatlarini tejash, ishlab chiqarishda boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini oshishini ta’minlaydi. Shuning uchun, boshqarishda texnika vositalarini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning uslubiy tamoyillari boshqaruv samaradorligini aniqlashning umumiy tamoyillariga asoslanishi lozim. Xulosa qilib aytganda, menejment samaradorligini oshirish har bir korxona va tashkilotda rahbar hodimning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan har bir rahbar hodim menejment samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zining aniq rejasiga ega bo‘lishi kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling