Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash Reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1660723
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Ma\'ruza



4-Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan 
bo‘yash 
 
Reja: 
1. Vaqtincha suvda eruvchan holatga o‘tuvchi bo‘yovchi moddalar bilan 
bo‘yash texnologiyasi.
2. Suvda qisman eruvchi bo‘yovchi moddalar bilan gidrofob tolali 
materiallarni bo‘yash.  
3. Pigmentlar bilan bo’yash. 
Vaqtincha suvda eruvchan holatga o‘tuvchi bo‘yovchi moddalar bilan 
bo‘yash texnologiyasi 
 
Kub bo’yovchi moddalar. Kub bo’yovchi moddalar bo’yash 
bosqichida vaqtincha suvda eruvchanlik beriladigan bo’yovchi moddalar 
bo’lib, aktiv bo’yovchilar kabi barcha suvda eruvchan bo’yovchilardan farqli 
suvli ishlovlarga chidamli va nurbardosh rang hosil qiladi. Buning sababi 
shuki, bo’yash yoki gul bosish yakunida tola g’ovaklari ichida suvda 
erimaydigan bo’yovchi modda - pigment hosil bo’ladi va u kuchsiz 
molekulalararo bog’lanishlar yordamida tolaga bog’lansa ham suvli
ishlovlarda erimaganligi sababli o’ta mustahkam rang hosil bo’ladi.
Kub bo’yovchi moddalar turli fizik-kimyoviy ta’sirlarga chidamli, turli-tuman 
ravshan ranglar hosil qiladi va Shu sababli to’qimachilik sanoatida keng 
qo’llaniladi. Lekin ranglar orasida ravshan qizil ranglar yo’q. Bu bo’yovchi 
moddalar asosan sellyulozali tolalarni bo’yash va gul bosishda, tabiiy ipak 
matolariga gul bosishda, atsetat va sintetik materiallarni ranglashda ishlatiladi.
Kub bo’yovchi moddalarga yana ularning suvda eruvchan hosilalari-
kubozollar va suvda eruvchan oraliq mahsulotlari - kubogenlar kiradi. 
Bu bo’yovchi moddalar o’z tarkibida kamida ikkita karbonil guruh 
=C=O tutgan bo’ladilar. Shu guruhlar bo’yovchi moddaga tolani bo’yash
xossasini beradi. Umumiy ko’rinishda kub bo’yovchi moddalarini R
b

(C=O)
2
holatda ifodalash mumkin. Kub bo’yovchi moddalar bilan 
sellyulozani bo’yashdan oldin u suvda eruvchan holatga o’tkaziladi, bo’yash 
jarayoni tugagach yana suvda erimaydigan holatga keltiriladi.


Kub bo’yovchi moddalarning leykobirikmasi turg’un bo’lmay, u havo 
kislorodi yoki biror oksidlovchi ta’sirida oson oksidlanadi va o’zining avvalgi 
holatiga qaytadi. 
H
2
O+O
2
R
b
(

C-ONa)
2

R
b
(=C=O)
2
Hosil bo’lgan ikki asosli leykokislota juda kuchsiz kislotali 
xususiyatga ega bo’lgani sababli suvda erimaydi va uni eritish uchun kuchli 
ishqoriy muhit (pH=9-11) kerak. Mana shu holat kub bo’yovchi moddalarni 
ishqoriy sharoitga chidamsiz tolalar uchun ishlatishni cheklaydi. 
Kub bo’yovchi moddalar bilan bo’yash va gul bosish bosqichlari bir 
xil bo’lib, ularning ketma-ketligi texnologik usulga bog’liq bo’ladi: 
1. qaytarish, eritish; 
2. tola tomon diffuziya; 
3. tola yuzasiga adsorbsiya
4. tola ichiga diffuziya; 
5. tolaga sorblanish; 
6. oksidlash - suvda erimaydigan holatga o’tkazish; 
7. yuvish; 
8. sovunlash; 
9. yuvish. 
Amalda kub bo’yovchi moddalarni qaytarish uchun quyidagi 
qaytaruvchilar ishlatiladi: 
Natriy gidrosulfit (natriy ditionit) - Na
2
S
2
O
4
Rongalit (natriy formal’degidsul’foksilat)-NaHSO
2
.
CH
2
O
.
2H
2
O
Tiomochevina –II-oksidi –C(NH
2
)
2
SO

Qaytaruvchilarning qaytarish qobiliyati ularning ikki elektrod orasida 
(standart va o’lchovchi) hosil qiladigan potensial bilan belgilanadi. Bu 
potensial-qaytarish potensiali deb ataladi. Kub bo’yovchi moddalarni ularning
leykopotensialidan 
qaytarish 
potensiali 
yuqori 
bo’lgan 
qaytaruvchilargina qaytara oladi. 
Sellyulozali tolalarga asosan kub bo’yovchilarning dinatriyli tuzlari 
sorblanadi. Shu sababli bo’yovchi eritmaga nazariy miqdordan ortiqcha 
ishqor qo’shish kerak. Eritmada ishqor miqdori oshgan sari bo’yovchi 
moddaning 
agregatlanish 
darajasi 
pasayadi, 
bo’yovchi 
modda 


konsentrasiyasining oshishi va eritma pH ning pasayishi esa agregatlanishni 
kuchaytiradi. 
Kub bo’yovchi moddalar tolaga fizik kuchlar: vodorod bog’lanish, 
Van-der-Vaal’s kuchlari yordamida sorblanadi.
Kub 
bo’yovchi 
moddalar 
leykokislotasi 
uning 
natriyli 
leykobirikmasiga qaraganda sellyulozaga nisbatan pastroq moyillik namoyon 
qiladi. Kub bo’yovchi moddaning esa tolaga moyilligi yo’q. 
Kub bo’yovchi modda leykobirikmasining sellyuloza tolasiga 
moyilligi bevosita bo’yovchilarga nisbatan biroz past bo’lishiga qaramay ular 
ko’pincha notekis (noravon) rang hosil qiladilar. Buning sababi shuki, kub
leykobirikmasining bo’yash eritmasi tarkibida elektrolit (NaOH, 
Na
2
S
2
O
4
, NaCl) miqdori juda (4-5 marta) yuqori bo’lganligi sababli 
leykobirikma bir zumda tola yuzasiga sorblanadi, ya’ni elektrolitlar ta’sirida 
eritmadan tolaga itariladi. Kub bo’yovchi moddalarning molekulyar o’lchami 
katta bo’lgani sababli leykobirikmaning tola ichiga diffuziya tezligi past 
bo’ladi, ya’ni bo’yovchi modda leykobirikmasi juda tez tola yuzasiga 
sorblanib, uning ichiga diffuziyalanib ulgurmaydi. Tola yuzasida ravon rang 
hosil qilish uchun bo’yovchi moddaning tolaga moyilligi bo’lmagan xinon 
formasi yoki kam moyillikka ega bo’lgan leykokislotasi holida qo’llab, 
eritmada elektrolit miqdorini kamaytirish lozimdir. Ana shu holatda 
sorblanish jarayonida bo’yovchi modda tola yuzasida bir tekis tarqaladi.
Bo’yovchi modda suvda eruvchan leykobirikma holida tola ichiga 
diffuziyalanib, uning aktiv markazlariga sorblangandan so’ng uni 
oksidlaydilar va albatta sovunlaydilar. Bunda quyidagi oksidlovchilar 
ishlatiladi: 
a) sovuq suv va havo kislorodi 
b) K
2
Cr
2
O
7
+ CH
3
COOH 
v) H
2
O
2
Kub bo’yovchi bilan bo’yalgan matoni 2-3 g/dm
3
li sovun yoki SAM 
eritmasida qaynatish (ayrim holatlarda 70-85
0
C da sovunlash deyiladi). 
Sovunlashdan maqsad: 
1. Tolaga bog’lanmagan bo’yovchi moddani yuvib chiqarish. 
2. Tola g’ovagidagi bo’yovchi moddani amorf holatdan kristall 
holatga o’tkazish va rang tusini turg’unlashtirish, rang tusi ravshanligini 
ko’tarish.
Sellyulozali tolalarga asosan kub bo’yovchilarning dinatriyli tuzlari 
sorblanadi. Shu sababli bo’yovchi eritmaga nazariy miqdordan ortiqcha
ishqor qo’shish kerak. Eritmada ishqor miqdori oshgan sari bo’yovchi 
moddaning agregatlanish darajasi pasayadi, bo’yovchi modda
konsentratsiyasining oshishi va eritma rn ning pasayishi esa 
agregatlanishni kuchaytiradi. 


Kub bo’yovchi moddalar tolaga fizik kuchlar: vodorod bog’lanish, 
Van-der-Vaals kuchlari yordamida sorblanadi. Molekulalararo bog’lanishda 
sellyulozaning gidratlangan qutbli (polyar) gidroksil guruhlari va kub 
bo’yovchi modda leykobirikmasining gidratlangan anionlari ishtirok qiladi va 
bunda ion-dipol almashuv sodir bo’ladi. Bo’yovchi moddaning tutash 
qo’shbog’ sistemasi uzaygan sari uning tolaga nisbatan moyilligi oshadi. 
Xuddi shu sababli tarkibida galoid atomi bo’lgan bo’yovchi moddalarning 
moyilligi yuqori bo’ladi. Sorblanishda vodorod bog’lanishning ham ahamiyati 
katta, bo’yovchi tarkibida amid guruhlar soni oshgan sari bo’yovchining 
tolaga moyilligi kuchayadi. 
Bo’yovchi moddaning tola yuzasiga adsorblanishida gidrofob o’zaro 
ta’sirning ahamiyati katta, bu bo’yovchi modda tola yuzasida sodir bo’luvchi 
Van-der-Vaals kuchlari miqdorini oshiradi. 
Kub bo’yovchi modda leykobirikmasining sellyuloza tolasiga nisbatan 
moyilligi bevosita bo’yovchilarga nisbatan biroz past bo’lishiga qaramay ular
ko’pincha notekis (noravon) rang hosil qiladilar. Buning sababi shuki, 
kub leykobirikmasining bo’yash eritmasi tarkibida elektrolit (NaOH, 
Na
2
S
2
O
4
, NaCl) miqdori juda (4-5 marta) yuqori bo’lganligi sababli 
leykobirikma bir zumda tola yuzasiga sorblanadi. Lekin kub bo’yovchi 
moddalarning molekulyar o’lchami katta bo’lgani sababli (ayniqsa, 
politsikloxinonlar, 40-50·10
-10 
m) leykobirikmaning tola ichiga diffuziya 
tezligi past bo’ladi, ya’ni bo’yovchi modda leykobirikmasi juda tez tola 
yuzasiga sorblanib, uning ichiga diffuziyalanib ulgurmaydi. Tola yuzasida 
ravon rang hosil qilish uchun bo’yovchi moddaning tolaga moyilligi 
bo’lmagan xinon formasi yoki kam moyillikka ega bo’lgan leykokislotasi 
holida qo’llab, eritmada elektrolit miqdorini kamaytirish lozimdir. Ana shu 
holatda sorblanish jarayonida bo’yovchi modda tola yuzasida bir tekis 
tarqaladi.
Bo’yovchi modda suvda eruvchan leykobirikma holida tola ichiga 
diffuziyalanib, uning aktiv markazlariga sorblangandan so’ng uni 
oksidlaydilar. Bunda quyidagi oksidlovchilar qo’llanadi: 
a) sovuq suv va havo kislorodi 
b) K
2
Cr
2
O
7
+ CH
3
COOH 
v) H
2
O
2
Rangning sifatli bo’lishi uchun oksidlash tezligining ahamiyati katta. 
Oksidlanish davomida kub bo’yovchi modda tola ichkarisidan tashqari tomon 
siljiydi. Oksidlanish tezligi past bo’lsa, to’qligi va mustahkamli past bo’lgan 
rang hosil bo’ladi. Shu sababli oksidlanishni yuqori tezlikda olib borgan
ma’qul. Oksidlanish davomida kub bo’yovchi modda tola 
g’ovaklarida kondensirlanib, yiriklashadi. 
Kub bo’yovchi bilan bo’yalgan mato 2-3 g/dm

li sovun yoki SAM 
eritmasida qaynatiladi (ayrim holatlarda 70-85
0
C da). Sovunlashdan maqsad: 
1. Tolaga bog’lanmagan bo’yovchi moddani yuvib chiqarish. 


2. Tola g’ovagidagi bo’yovchi moddani turg’un holatga o’tkazish va rang 
tusini turg’unlashtirish, rang tusi ravshanligini ko’tarish. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling