Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Ma\'ruza
Kub bo’yovchi moddalar bilan bo’yash usullari. Kub bo’yovchi
moddalar bilan uzlukli ishqoriy-qaytarish, leykokislotali va suspenziyali usullarda bo’yash jarayonlari amalga oshiriladi. 1. Uzlukli ishqoriy - qaytaruvchili 2. Uzluksiz ikki bosqichli yoki suspenziyali 3. Uzluksiz leykokislotali. Ishqoriy - qaytaruvchili usul. Bo’yovchi modda ishqor, natriy ditionit va biror ho’llovchi modda (glitserin) bilan 30-60 0 C haroratda yaxshilab aralashtiriladi. Eritish harorati bo’yovchi modda markasi bo’yicha tanlab olinadi. Qaytarilish jarayoni davomiyligi bo’yovchi moddaning erishiga bog’liq. Bo’yovchi modda eruvchan holatga o’tganda rang o’zgaradi. Eritish jarayoni tugagagach konsentrlangan eritma kerak bo’lgan konsentratsiyagacha suyultiriladi va tolali mato maqbul bo'lgan haroratda 1-1,5 soat davomida bo’yaladi. Bo’yalgan mato havoda oksidlanadi, sovuq suvda va oksidlovchi eritmasida ishlov beriladi. Rang ravonligini va mustahkamligini oshirish maqsadida sovunlash jarayoni bajariladi. Sovunlash SAM va soda eritmasida qaynash haroratida olib boriladi. Bu usulning kamchiligi ravon rang hosil bo'lishini qiyinligida, bunga sabab leykobirikmaning natriyli tuzini tolaga moyilligi, hamda bo’yash vannasida elektrolit konsentratsiyasining yuqoriligidir. Suspenziyali usul. Suspenziyali usulda bo’yovchi moddaning o’ta maydalangan kukunidan foydalaniladi. Bo’yovchi modda suspenziyasini tayyorlash uchun 5-50 g/l bo’yovchi modda 1-2 g/l dispergator bilan aralashtiriladi. Suspenziya bilan shimdirilgan mato quritiladi va rang chiqarish vannasida unga ishlov beriladi. Rang chiqarish vannasi 60 g/l qaytaruvchi, 70 g/l 52% li ishqor eritmalaridan tashkil topgan. Mato bug’latish kamerasida bug’latiladi, so’ng oksidlanib, sovunlash jarayonidan o’tkaziladi. Suspenziyali usulda ravon ranglar hosil qilish mumkin, lekin qimmatroq o’ta maydalangan bo’yovchi moddalar talab qilinishi, bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Leykokislotali usul. Oddiy kukun holatidagi kub bo’yovchi ishqor (0,5-3 g/l) va natriy ditionit (gidrosul’fit) (0,33-2 g/l) bilan yaxshilab aralashtirilib, suvda eruvchan holatga keltiriladi, so’ng dispergator (0,25-0,5 g/l) va СН 3 СООН (0,35 – 20g/l) eritmasi bilan aralashtiriladi. Bunda o’ta mayda suvda erimaydigan leykokislota dispersiyasi hosil bo’ladi. Mato hosil bo’lgan leykokislota dispersiyasi bilan shimdiriladi, keyingi jarayonlar huddi suspenziyali usul bo’yicha olib boriladi. Leykokislotaning tolaga moyilligi pastroq bo’lgani sababli rang ravon hosil bo’ladi. Bo’yash texnologiyasi quyidagicha: Shimdirish Ishqoriy Qaytarish Oksidlash sovunlash yuvish quritish Kub bo’yovchi moddalar bilan bo’yash texnologiyasi. Kub bo’yovchi moddalar bilan uzlukli (tola, pilik, kalava, ip va trikotaj polotno uchun) va uzluksiz (tola, mato) usullar yordamida bo’yaladi. Ishqoriy qaytarish usuli bilan bo’yashni, ham uzlukli, ham uzluksiz olib borish mumkin. Bunda bo’yash quyidagicha texnologik ketma-ketlikda olib boriladi: qaytarish va diffuziya oksidlanish sovunlash yuvish quritish eritish va sorblanish Bu usul bilan bo’yashda kub bo’yovchi moddaning dag’al kukun yoki bo’yash uchun kukun kabi chiqarilgan turlarini ishlatish mumkin. Avval konsentrlangan eritma tayyorlab, so’ng uni kerakli konsentratsiyagacha suyultiriladi. Kukun SAM bilan ezg’ilanadi, ishqor va suv qo’shiladi, kerakli temperaturagacha isitiladi va aralashtirgan holda natriy gidrosulfit qo’shiladi, bo’yovchi eriguncha (15-20 min) isitiladi. Har bir bo’yovchi modda uchun eng maqbul temperaturada bo’yaladi. Usulning kamchiligi o’rtacha va to’q ranglarni ravon hosil qilish qiyin. Shu sababli asosan och rang olish uchun qo’llaniladi. Ishqoriy qaytarish usuli tejamli va soddaroq bo’lgani sababli uning turli ko’rinishlari taklif etilgan. Masalan, ravon to’q ranglar hosil qilish uchun “oniy” usul. Bu uzluksiz shimdirish-qaytarish usuli bo’lib, bo’yovchi modda shunday bo’yashdan oldin qaytariladi, bo’yash va sorblanish bosqichlari 95 0 C da bir onda sodir bo’ladi. Tejamli va ravon bo’yashning yana bir usuli bu bo’yashni merserlash bilan birga olib borishdir. Bu rang to’qligi va sifatini oshirish imkonini beradi, lekin merserlash uchun ishlatilgan ishqor ifloslanadi. Bo’yash merserlash mashinasining ikkinchi ishqordan tozalagichda 10-15 0 C da va 90 0 C temperaturada amalga oshiriladi. Matoning oldingi vannadan 98 0 C da kelishi hamda leykokislota eritmasi bilan shimdirilgach, eritma ustidagi to’yingan bug’ ta’siriga uchrashi bo’yash jarayonini jadallashtiradi. Bo’yashdan keyingi jarayonlar odatdagidek amalga oshiriladi. Suspenzion usul - bu usul 1911-yilda M.A. Ilinskiy tomonidan yaratilgan. hozirgi vaqtda bu usulning turli retseptlari va texnologik variantlari ma’lum, lekin ularning barchasida ham bir xil fizik-kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Usulning mohiyati quyidagicha: kub bo’yovchi moddaning o’ta maydalangan pigmenti suspenziyasi shimdirilgan mato yuzasida ravon tarqaladi, so’ng qaytaruvchining ishqoriy eritmasi bilan shimdirilganda pigment zarrachalari eruvchan holga o’tadi va tola g’ovaklariga diffuziyalanadi. Pigment holida kub bo’yovchi moddaning tolaga moyilligi yo’q, shu sababli uning suspenziyasi tola yuzasiga bir tekis tarqalib shimiladi. Bu usulning kamchiligi - qimmatbaho, alohida maydalangan kukun talab qilinadi, bunday bo’yovchilar Rossiyada “D” ko’rsatkich bilan chiqariladi. Bo’yashni quyidagi ikki usul yordamida olib borish mumkin, lekin ko’proq ikki vannali usul ishlatiladi. 1. Bir vannali usul: 2. Ikki vannali usul: a) Shimdirish, g/dm 3 a) Shimdirish, g/dm 3 T=20-25 0 C T=45 0 C Bo’yovchi modda 15-20 Bo’yovchi modda 20 SAM 7,0 TEA 10 NaOH -30%-li) 20-140 ml/dm 3 SAM 2 Na 2 S 2 O 4 yoki DOTM 20-140 g/dm 3 b)Bug’lash b) Siqish yoki quritish v) Oksidlash v) Qaytaruvchi eritmasi bilan shimdirish: NaOH -100%) 26 g/dm 3 Na 2 S 2 O 4 50 g/dm 3 NaCI 5-40 g/dm 3 g) Yuvish g) Bug’lash d) Sovunlash d) Oksidlash e) Yuvish va quritish e) Yuvish f) Sovunlash j) Yuvish va quritish Oraliqdagi quritish yuqori sifatli och va to’q ranglar olish imkonini beradi. Qaytaruvchili shimdirish mashinasining hajmi iloji boricha kichik bo’lsa, desorbsiya kam bo’ladi. Shu maqsadga muvofiq keladigan kichik modulli shimdirish mashinasi “Mini-Fluid” “Tashienenfabrik GmbH g Co” firmasi tomonidan yaratildi va savdoga chiqarildi. Bu shimdirish mashinasida eritma matoga o’lchovchi raklya yordamida juda kam miqdorda shimdiriladi. Suspenziya tayyorlash uchun bo’yovchi suv bilan 5-50 g/dm 3 konsentratsiyagacha dispergator NF (1-2 g/dm 3 ) ishtirokida aralashtiriladi. Bo’yash vannasiga trietanolaminning (TEA) qo’shilishi rang ravonligiga erishish imkonini kuchaytiradi. Ikki vannali usul bilan orada quritmay bo’yashni ЛКС-140 (180) - 17 agregatida amalga oshirsa bo’ladi. Bunda ikkinchi vannaga biroz bo’yovchi suspenziyasi qo’shilsa yaxshi natija olinadi. Bir vannali usulda yuqoriroq temperaturada qaytarish xossasini namoyon qiluvchi qaytaruvchi ishlatib, shimdirish past temperaturada olib boriladi va eritma dozator yordamida berilib 5-7 min ichida butunlay yangilab turiladi. Shimdirish mashinasi kichik hajmli bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Qaytaruvchi sifatida formaldegid yorlamida qisman passivlashtirilgan natriy gidrosulfit va tiomochevina (II) oksid aralashmasi yaxshi natija beradi. Oxirgi yillarda maxsus tanlangan kub bo’yovchilar bilan poliefir tolalar termozol usulida bo’yalmoqda. Texnologiyasi quyidagicha: o’ta mayda quritish termoishlov yuvish sovunlash suspenziya berish, 30-60s, bilan shim- 200-210 0 C quritish dirish va siqish yuvish Leykokislotali usul - suspenzion usulning bir ko’rinishi bo’lib, o’ta maydalangan zarracha talab qilinmaydi. Bu usulda odatdagi kukun holidagi kub bo’yovchi modda bo’yashdan avval ishqoriy-sharoitda to’liq eritiladi va uni sirka kislotaning SAM li eritmasiga yaxshi aralashtirgan holda qo’yiladi. Bunda leykokislotaning yuqori dispers suspenziyasi hosil bo’ladi. Leykokislotaning tolaga moyilligi pastroq bo’lgani sababli rang ravon hosil bo’ladi. Bo’yash texnologiyasi quyidagicha: Leykokislota Ishqoriy qaytarish Oksidlash → yuvish → sovunlash → yuvish bilan shimdirish eritma bilan shim- (50 0 C) va siqish dirish (25 0 C) va quritish (80%) siqish (110%) Bo’yovchi modda matoga qaytarilgan holda shimdirilgani tufayli bug’lashning hojati yo’q, faqat oksidlashdan oldin biroz roliklar orqali ochiq havoda o’tkaziladi, bunda leykokislota qaytariladi va bo’kkan tola ichiga diffuziyalanadi. Keyingi jarayonlar huddi suspenzion usuldagidek amalga oshiriladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling