Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash Reja
Oltingugurtli bo’yovchi moddalar bilan bo’yash texnologiyasi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Ma\'ruza
Oltingugurtli bo’yovchi moddalar bilan bo’yash texnologiyasi. Suvda
erimaydigan oltingugurtli bo’yovchi moddalar kub bo’yovchilar kabi eruvchan holatga o’tkaziladi. Ular disulfid guruhlari bo’yicha ishqoriy sharoitda oson qaytariladilar. Qaytaruvchi sifatida kuchsiz qaytaruvchi natriy sulfid ishlatiladi: Oltingugurtli bo’yovchi anioni eritmasi bilan mato shimdiriladi va tola ichiga diffuziya yakunlangach, yana suvda erimaydigan pigment hosil qilish uchun oksidlanadi. Oltingugurtli bo’yovchi moddalar asosan sellyulozali tola va matolarni uzlukli va uzluksiz bo’yashda ishlatiladi. Oltingugurtli bo’yovchi moddalar qatqruvchi ta’sirida eruvchan holatga o’tadi [4, 120]: Ip-gazlamalaктi uzluksiz bo’yash texnologiyasi 1.14-jadvalda keltirilgan. 1.14-jadva. Ip-gazlamalarni oltingugurtli bo’yovchilar bilan uzluksiz bo’yash texnologiyasi Jarayonlar Uskuna Eritma tarkibi, g/dm 3 Sharoit Shimdirish Shimdirish siqish mashinasi Bo’yov modda-15-50 Natriy sulfid (62%-li) -25- 120 Natriy gidroksid-8 SAM - 2 T=90-95 0 C Bug’lash Bug’lash kamerasi - T=101-102 0 C =40-50 s Oksidlash yuvish 1-vanna 2-vanna 3-vanna 4-vanna Sovuq oqar suv Issiq suv SAM - 2 Issiq suv T=10-25 0 C T=50-60 0 C T=70-80 0 C T=60-70 0 C Quritish Barabanli quritish mashinasi - T=105-110 0 C Oltingugurtli bo’yovchilar vaqt o’tishi bilan tolada parchalanadi, hosil bo’lgan oltingugurt sulfat kislota hosil qiluvchi SO 3 gacha oksidlanadi, sellyulozali tola gidrolizlanib, mexanik mustahkamligi susayadi. Oqova suvlarga tushgan oltingugurtli organik birikmalar suvni bioximik tozalash jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun oltingugurtli bo’yovchilar bilan chiqindisiz bo’yash texnologiyasi yaratish muammosi dolzarbdir. Bo’yash vannasi tarkibi. Oltingugurtli bo’yovchilar bilan bo’yashda eritma tayyorlash eng mas’uliyatli jarayon bo’lgani sababli u maxsus kimyoviy stansiyalarda tayyorlanadi. Konsentirlangan eritma tayyorlanib, uni kerakli konsentratsiyagacha suyultiriladi va trubalar orqali buyash mashinasiga yuboriladi. Natriy sulfid bo’yovchi massasiga nisbatan 50% atrofida olinadi. Bo’yovchini eritish kuchli ishqoriy sharoitda boradi, bunda natriy sulfid o’z qaytaruvchili xususiyatini namoyon qiladi: Na 2 S + H 2 O = Na H S + NaOH 2NaHS + 3H 2 O = 8H + Na 2 S 2 O 3 Tarkibida 50-100 g/dm 3 natriy sulfid, 1-3 g/dm 3 natriy gidroksid bo’lgan va isitilgan eritmaga 1-4 g/dm 3 SAM, va 100 g/dm 3 gacha bo’yovchi aralashmasi qo’shiladi. Eruvchanlikni oshirish maqsadida 0,2-2 g/dm 3 natriy karbonat qo’shiladi. Eritma qaynash temperaturasigacha qizitiladi va shu temperaturada to bo’yovchi eriguncha ushlab turiladi, suziladi. Uzlukli bo’yashda elektrolit (10 g/dm 3 ) va rang ravonlatgich qo’shiladi. Bo’yash 90 0 C da 45-60 min davom etadi, oksidlash 10-25 0 C da, 20-30 min davomida oqib turgan sovuq suv bilan amalga oshiriladi, issiq (70-80 0 C) va sovuq suv bilan yuviladi. ДЦУ yoki ДЦM -2 (3 g/dm 3 ) va sirka kislota (30% lidan 1 g/dm 3 ) eritmasida 50-70 0 C da 15- 20 min rang mustahkamlanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling