Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash Reja
Suvda qisman eruvchi bo‘yovchi moddalar bilan gidrofob tolali
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Ma\'ruza
Suvda qisman eruvchi bo‘yovchi moddalar bilan gidrofob tolali
materiallarni bo‘yash Dispers bo’yovchi moddalar. Dispers bo’yovchi moddalar oddiy, diazotirlanuvchilar va metalkomplekslilar guruhlariga bo’linadi. Turli dispers bo’yovchilarning suvda eruvchanligi 60-100 0 C da 0,1 - 150 mg/dm 3 ni tashkil qiladi. Shu sababli ular suvda monomolekulyar holatdan tortib turli o’lchamdagi zarrachalar va qattiq (pridon) fazagacha bo’ladi. Bu holatlarning nisbati dispers bo’yovchi moddaning fizik xususiyatlariga - disperslik darajasiga bog’liq. Boshqa barcha bo’yash sharoiti bir xil bo’lgan holda disperslik darajasi qanchalik katta bo’lsa, (zarralar o’lchami 1-2 mkm oshmasligi lozim) shuncha to’q va ravon ranglar hosil qilish mumkin. Dispers bo’yovchilar atsetat, poliamid va poliefir, ya’ni termoplastik tolalar uchun qo’llanilgani sababli bo’yash va gul bosishda ularni shishalanish temperaturasidan 40-50 0 C yuqorida ishlov beriladi. Dispers bo’yovchi moddalar bilan bo’yashning quyidagi texnologik sxemalari ma’lum: suvli dispersiyada, organik erituvchili eritmada, ikki fazali kolloid (koatservat) sistemada, termik usulda, azeotrop bug’li sharoitda. Suvli dispersiyada bo’yash eng ko’p qo’llaniladi va amalda asosan uzlukli usulda amalga oshiriladi. Turli o’lchamli zarrachalar muvozanatda bo’lgan dispers bo’yovchi suspenziyasiga bo’yaladigan to’qima material tushirilganda va shishalanish temperaturasidan yuqori isitilgan bo’lsa, tolaga moyillik namoyon qiluvchi monomolekulyar holatdagi bo’yovchi uning yuzasiga sorblana boshlaydi va erkin hajm mexanizmi bilan uning ichiga diffuziyalanadi. Suspenziyadagi muvozanat tiklanguncha, kattaroq zarrachalar parchalanib monomolekulalar hosil bo’ladi. Tashqi polidispers sistemadagi muvozanatning buzilishi va qayta tiklanishi tola bo’yovchi bilan to’yinguncha davom etadi. Tola suvli dispersiyaga nisbatan tola molekulyar filtr va faol dispergator bo’lib hizmat qiladi. Bo’yash jarayonini jadallatish dispers bo’yovchi eruvchanligini va uning tola ichiga diffuziya tezligini oshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Dispers bo’yovchilarni tolaga bog’lanishining ikki nazariyasi ma’lum: eritmali va sorbsion. Eritmali nazariyada tola bo’yovchi uchun yaxshi va qattiq erituvchi hisoblanadi. Oxirgi yillardagi izlanishlar natijasida sorbsion nazariya ko’proq targ’ibot qilinmoqda. Bunda dispers bo’yovchi molekulalari tola qutbli -polyar) guruhlariga sorblanadi: atsetil – OCOCH 3 ; amid - CONH-; efir - COOC - guruhlarga qutbli (polyar) va - OH, - NHR guruhlarga vodorod bog’lanish bilan bog’lanadi. Atsetat, triatsetat va poliamid tolalar suvli dispersiyada 100 0 C gacha temperaturada, atsetat tolalar 80 0 C gacha, triatsetat va poliamid tolalar 100 0 C va undan yuqori temperaturagacha sekin-asta ko’tarilgan holda 2-3 soat davomida bo’yaladi. Bo’yash eritmasi bo’yovchi va sirt aktiv moddadan (1-2 g/dm 3 ) tashkil topadi. Bo’yovchi kukuni (0,5 - 4%, tola massasiga nisbatan) kam miqdordagi sirt aktiv modda eritmasida pasta holigacha ezg’ilanadi va so’ng kerakli hajmda 45- 50 0 C li suv qo’shiladi. Poliefir tolalar qurilmasi zich bo’lgani sababli ularni bo’yash uchun quyidagi usullar ishlatiladi: 1. Yuqori temperaturali; 2. Intensifikatorli; 3. Termozol. Dispers bo’yovchi moddalar bilan yuqori haroratda bo’yash. Yuqori temperaturali bo’yash (120-130 0 C) bosim ostida ishlaydigan avtoklavlarda bo’yovchi, SAM va sirka kislotali (pH=5 - 5,5) eritmada 1,5 - 2 soat davomida olib boriladi. Tola yuzasiga sorblangan bo’yovchi qaytaruvchili ishlov yordamida toladan chiqarilib, rang mustahkamligiga erishiladi. Dispers bo’yovchi moddalar bilan poliefir tolalari qaynash temperaturasida bosim ostida 140 0 C da yoki intensifikatorlar yordamida bo’yaladi. Maxsus sharoitda - 140-200 0 C haroratlarda bo’yash usullari ham mavjud. Uzlukli usulda quyidagi texnologiya bo’yicha bo’yaladi: bo’yovchi modda tola massasiga nisbatan to 10% gacha, intensifikator 3-5 g/l, dispergator 1-2 g/l, 100 0 C haroratda 1-2 soat. Termozol usulda yoki bosim ostida bo’yalganda harorat 140-200 0 C gacha bo’lib, bo’yash davomiyligi 30-60 minutni (60-120 sekund termozol usul) tashkil etadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling