Mavzu. Suvda erimaydigan bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash Reja
Oltingugurtli bo‘yovchi moddalar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Ma\'ruza
Oltingugurtli bo‘yovchi moddalar. Birinchi bor fransuz kimyogarlari
Krausson va Brotone tomonidan 1873 yili yog‘och payraxasiga oltingugurt birikmalari bilan ishlov berish chog‘ida qora va jigarr ranglar hosil bo‘lganini sezib qolish orqali oltingugurtli bo‘yovchi moddalar kashf etilgan. YOg‘och payraxasi tarkibidagi lignin bilan oltingugurt tutgan birikmalar o‘zaro ta'sirlashuvi natijasija qora va jigarrang hosil bo‘ladi. Keyinchalik tarkibi va tuzilishi aniq bo‘lgan boshqa yarim tayyor maxsulotlardan oltingugurtli bo‘yovchi moddalarni olish mumkinligi aniqlangan, bular safiga aromatik aminlar, fenollar va nitrofenollarni kiritish mumkin. Xom ashyo va unga ishlov berish turiga kura oltingugurtli bo‘yovchi moddalarni 2 xil usul bilan olish mumkin. - organik mahsulotni oltingugurt bilan qizdirish, bunda natriy sulfid sistemada bo‘lishi xam mumkin, bo‘lmasligi xam mumkin; - qaytaruvchili sovutgich bilan organik yarim tayyor mahsulotni natriy polisulfidlar bilan suvli yoki spirtli muhitda qaynatish. 1985 yilda oltingugurtli bo‘yovchi moddalar sellyulozali materiallarni bo‘yash uchun ishlatilinadigan barcha bo‘yovchi moddalarning 30%ini tashkil etgan. Oltingugurtli bo‘yovchi moddalar bilan sellyulozali materiallarda tiniq, to‘q qora ranglarni olish mumkin, vaxolangki boshqa sinf byovchi moddalari bialan bu darajadagi to‘q qora ranglarni olib bo‘lmaydi. Oltingugurtli bo‘yovchi moddalarning afzalligi: - bo‘yovchi moddaning arzonligi, bo‘yash texnologiyasining osonligi va arzonligi; - bus inf bo‘yovchi moddalari bilan sariq. Qovoq sariq, oltin sariq, qizil, to‘q qizil, jigarrang, ko‘k va qora ranglarni olish mumkinligi; -yorug‘likka, terga va yuvishga bo‘lgan mustaxkamligini qoniqarlidan- yaxshigacha bo‘lishligi. Oltingugurtli bo‘yovchi moddalarning kamchiligi: -ranglarning xiraligi; Bo‘yash jarayonida qo‘lansa hidni ajralishi. Oltingugurtli bo‘yovchi moddalarning asosini quyidagilar tashkil etadi Ularning kombinatsiyalarida turli ranglar hosil qilinadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling