Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini


ELEKTR SATH O‘LCHAGICHLAR


Download 429.24 Kb.
bet8/12
Sana19.06.2023
Hajmi429.24 Kb.
#1622579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-Ma’ruza Мавзу suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash

ELEKTR SATH O‘LCHAGICHLAR




Elektr sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathning holati biror elektr signalga o‘zgartiriladi. Elektr sath o‘lchagichlar orasida eng ko‘p tarqalgani sig‘imli va aktiv qarshiliklarning o‘zgarishiga muvofiq o‘lchashga acoclangan asboblardir.


6.9 rasm. Sig‘imli sath o‘lchagichning sxemasi

Suyuqlik sathining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda elektrodlar orasidagi elektr sig‘im o‘zgarishiga asoslangan asbob sig‘imli sath o‘lchagich deb ataladi. Bunda, suyuqlikning diyelektrik xususiyatlari nazorat qilinadi. Suyuqlik sathini sig‘imli sath o‘lchagich yordamida o‘lchashning prinsipial sxemasi 6.6-rasmda ko‘rsatilgan. Bu o‘lchagich silindrik kondensator va o‘lchash asbobidan iborat. Sath o‘lchanishi kerak bo‘lgan suyuqlik quyilgan idishga izolyatsion material bilan qoplapgan elektrod 2 tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik kondensatorni hosil qiladi, uning sig‘imi suyuqlik sathi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Sig‘imning kattaligi elektron kuchaytirgich 3 orqali kuchaytirilib, signalizator yoki o‘lchash asbobi 4 ga uzatiladi.


Sig‘imli sath balandlik o‘lchagichlarni silindrik va plastinkali turda, shuningdek, qattiq sterjen ko‘rinishida chiqariladi.
O‘zgartkichning sig‘imi ikki qism sig‘imi - suyuqlikka botirilgan εs diyelektrik o‘tkazuvchanlikli va muhitda joylashgan εМ (havo uchun εМ=1) diyelektrik o‘tkazuvchanlikli qismlar sig‘imlari yig‘indisiga teng.
Silindrik o‘zgartkichning sig‘imi (6.6- rasm, b) quyidagicha ifodalanadi:

C C C
 0.24
ε с h
0.24 ε М  (H h) 0.24 ε c h ε M  (H h)
(6.18)

h H h

lg
D
d
D

lg
d
D

lg
d

     
bu yerda, h – sathning o‘lchanayotgan balandligi, sm; H – idish balandligi, sm; D va d – o‘zgartkich naychalarining tashqi va ichki diametrlari, sm; C silindrik o‘zgartkichning sig‘imi, пФ.
Agressiv, lekin elektr tokini o‘tkazmaydigan suyuqliklar sathini o‘lchashda o‘zgartkich qoplamalari kimyoviy turg‘un qotishmalardan tayyorlanadi yoki har bir qoplama korroziyaga qarshi modda (viniplast yoki ftoroplast) bilan qoplanadi. Bu qoplamalarning diyelektrik xususiyatlari hisoblashlarda e’tiborga olinadi. Elektr o‘tkazadigan suyuqliklar sathini o‘lchashda ham qoplamalar izolyatsion modda bilan qoplanadi.
Elektr sig‘imi, odatda, rezonans va ko‘prik sxemalari yordamida o‘lchanadi. Rezonans usulida o‘lchanayotgan sig‘im induktivlik konturiga parallel ulanadi va rezonans konturini hosil qiladi. Rezonans konturi o‘zgartkichning ma’lum boshlang‘ich sig‘imdagi ta’minlovchi chastota rezonansiga rostlanadi. O‘zgartkichning sig‘imi nazorat qilinayotgan muhit kerakli sathga erishgan yoki

erishmaganligini ko‘rsatadi. Bu sig‘im o‘zgarishi natijasida uning chastotasi o‘zgaradi va rezonans buziladi. Bu usul ko‘pchilik sig‘imli sath signalizatorlarida ishlatiladi.
Kuprik usulida nazorat qilinayotgan sig‘im ko‘prikning bir yelkasiga ulanadi. Sath o‘zgarishi bilan sig‘im o‘zgaradi va ko‘prikda nomuvozanat holat vujudga keladi. Nomuvozanatlik signali kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan ko‘rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi.
Ko‘prikli sxemalar eng sodda hisoblanadi. Sath o‘lchashni elektron indikatori (YEI) ning (6.10-rasm) sxemasi bunga misol bo‘la oladn. Ko‘prik Тр transformatorning ikkita ikkilamchi chulg‘ami I va II


Download 429.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling